Daraxtlar qanday changlanadi?

Erta bahorda daraxtlarni kuzatsangiz, olcha, o’rik, shaftoli kabi daraxtlar, hali yaproqlar paydo bo’lmay turib, gullaganini ko’rasiz. Bu tasodif emas. Barcha daraxtlarning o’z yordamchilari bor. Gullar va boshqa ko’pgina mayda o’simliklarga changlanishda kapalak va arilar yordam beradi. Ammo katta daraxtlarga bunday mitti yordamchilarning yordami kifoya qilmaydi. Yana bir tomoni, ular yerga yahin uchishadi. Shu sababdan gul pashshalari ham daraxtlarni changlay olmaydi. Daraxtlarga gulchangni tashishda kim yordam beradi? Ma’lum bo’lishicha, bunday beminnat yordamchi shamol ekan. Ammo shamolni yorqin gullar bilan ham, o’tkir va xush bo’ylar bilan ham jalb etib bo’lmaydi. Shuning uchun unga moslashish lozim. Olcha, o’rik, shaftoli daraxtlari shamolga moslashib olishgan. Shuning uchun ham ular yaproq yozmay turib gullashadi. Shoxlar orasidan bemalol o’ta oladigan shamol gulchangni uchirib, chor-atrofga yoyadi. Shunday qilib, shamol hasharotlar o’rniga daraxtlarni changlaydi, yo’qsa, urug’lar paydo bo’lmas edi. Ammo shamol gulchangni butunlay boshqa tomonga ham uchirib ketishi mumkin. Daraxtlar buning ham yo’lini topishgan ekan. Ularda ko’p miqdorda gulchang paydo bo’lgani uchun ham, uning bir qismi nobud bo’lgani bilan hech narsa o’zgarmaydi. Ayrim daraxtlarning guli ko’zga ko’rinmagani bilan esa shamolning ishi yo’q.