ELEKTR IZOLYATSIYA MATERIALLARI

ELEKTR IZOLYATSIYA MATERIALLARI — elektr qarshiligi yuqori bo’lgan materiallar. Gazsimon, suyuq va qattiq xillarga bo’linadi. Gazsimon Elektr izolyatsiya materiallariga havo, freon21 (dixlorftormetan), elegaz (oltingugurt geksoftorid) kiradi. Suyuq Elektr izolyatsiya materiallari turli moylar va kremniyorganik suyuqliklardan iborat. Qattiq Elektr izolyatsiya materiallari kimyoviy tarkibiga ko’ra, organik (smolalar, plastmassalar, parafinlar, to’qimalar, karton, qog’oz, yog’och va boshqalar) va anorganik (ko’p tarqalganlaridan smola, shisha, sopol) materiallardan iborat bo’ladi. Sintez yo’li bilan olinadigan organik Elektr izolyatsiya materiallari keng qo’llaniladi. Bu materiallar zarur fizik-kimyoviy va mexanik xususiyatli qilib ishlab chiqariladi. O’tkazgich (sim) lar, elektr jihozlari, radiotexnika apparatlarini himoyalashda, kondensator va elektron texnikasi elementlarida dielektrik sifatida ishlatiladi. Moddalar molekulalarining elektr xossalariga ko’ra, Elektr izolyatsiya materiallari kugbiy (dipol) va noqutbiy (neytral) bo’lishi mumkin. Qutbiy materiallar: bakelit, sovol, galovaks, polivinilxlorid, ko’pchilik kremniyorganik materiallar; noqutbiy materiallar: yudorod, benzol, karbon (M) xlorid, polistirol, parafin va boshqalar umuman barcha Elektr izolyatsiya materiallarini tabiiy va sun’iy (sintetik) xillarga bo’lish mumkin. Sun’iy materiallarning tabiiy materiallardan afzalligi shundaki, amalda zarur elektr va fizik-kimyoviy xossali Elektr izolyatsiya materiallarini sun’iy ravishda tayyorlash mumkin. Elektr izolyatsiya materiallari kabellar va turli elektr apparatlar yasashda, elektr uzatish liniyalarida, elektr mashinasozligida, radiotexnikada, uy-ro’zg’orda va texnikaning ko’p tarmoqlarida qo’llanadi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.