ELEKTR ZANJIRI

ELEKTR ZANJIRI — elektr energiyasi manbalari, qabul qilgichlari (iste’molchilari) va ularni bir-biriga tutashtiruvchi o’tkazgichlar (simlar) majmui. Elektr zanjiri tarkibiga ulabuzgichlar (viklyuchatellar), qayta ulagichlar (pereklyuchatellar), saqlagichlar, himoyalash va kommutatsiya (uzibulash) apparatlari, o’lchash va nazorat asboblari va boshqalar ham kiradi. Elektr zanjiri yordamida elektr energiyasi (elektromagnit energiya yoki zanjirida elektr toki, elektr yurituvchi kuch EYUK, potentsiallar farqi mavjud bo’lgan boshqa tur energiya) uzatiladi, tarqatiladi hamda kuchlanishi pasaytiriladi yoki oshiriladi. Elekt energiyasi manbalarida biror turdagi energiya (suv, issiqlik va boshqalar energiyasi) elektr energiyasiga, qabul qilgichlar (iste’molchilar)da elektr energiyasi issiqlik, mexanik va boshqalar tu| energiyaga aylantiriladi. Elektr zanjiri rejim» (ish maromi) barcha qismalardagi tok va kuchlanish qiymatiga bog’liq bo’ladi. Elektr zanjiridagi tok, EYUK va kuchlanish o’rtasidagi munosabat Kirxgof qonunlari bilan tushuntiriladi. Elektr zanjiri o’zgaruvchan va o’zgarmas tok zanjirlariga bo’linadi. Elektr zanjirining asosiy elementlari: rezistor, induktivlik g’altagi, elektr kondensator va boshqalar.