Fauna nima?

Barcha hayvonlar — eng kattasidan eng kichkinasigacha, fildan tortib kolibri (Amerikada yashaydigan mitti qush)ga qadar, hamma-hammasini bir so’z bilan fauna deb ataymiz. Yer yuzi mintaqalari turlicha bo’lgani kabi faunalar ham turlichadir. U ko’p jihatdan flora va atrof muhit bilan belgilanadi. Masalan, hasharotxo’r hayvonlar o’zlari oziq oladigan hasharotlar qayerda ko’p bo’lsa, o’sha joyda juda yaxshi yashaydi. Agar o’sha hasharotlar yo’qolib ketsa, ular qatorida hayvonlar ham qirilib ketadi. Ularning o’rniga esa o’laksaxo’r hayvonlar keladi. Hasharotxo’r hayvonlarning yangi sharoitga moslasha olganlarigina tirik qolishi mumkin. Ekologiya shuning uchun ham o’simlik va hayvonlar hamda atrof muhit o’rtasidagi aloqalarni o’rganadi.