Dum aksariyat hayvonlarning yakkayu yagona qurolidir. Qora dengizda g’alati maxluq — dumi ingichka, yapaloq baliq yoki dengiz mushugi yashaydi. Bu baliqlar zohiran katta dastali-dumli tovaga o’xshaydi. Dumg’azasi tagidan uzun, yassi, chetlari kertiklangan va nayzaday o’tkir tikanak o’sib chiqadi. Dengiz mushugi xavfli vaziyatlarda dumi bilan quturib savalaydi va «nayzasi» bilan jarohat yetkazadi. Egridum baliqlar — meshqorni tashi pichoqning o’tkir tig’iday zirh bilan himoyalangan, gavdasi chiroyli mayda maxluq. Shu bois uning ustara degan ikkinchi nomi ham bor. Ortida dum suzgichi o’rniga meshqorni tomon egilib turuvchi tikanak o’sib chihqan. Atrof osoyishta bo’lgan chog’larda baliqchalar boshini egib sekin suzadi, ittifoqo dushman chiqib qolsa, tikanagi va zirh tig’ini u tomonga buradi. O’rta Osiyo cho’l va sahrolarida yashaydigan yirik kaltakesaklar — echkiemarlar yirtqichni dumi bilan savalab, o’zini himoya qiladi. Zarbasi suyakni sindiradigan darajada kuchli. Ho’kizlar, otlar, zebralar, eshaklar, antilopalar hatto bahaybat fillar, pashsha, chivin, mayda chivin, so’na va boshqa hasharotlardan o’zlarini dumi yordamida himoya hiladi. Hasharotlar rosa xiralik qilayotgan payti prjevalskiy oti o’zini chir aylanib mudofaa etadi, mayda tajovuzkorlar qurshovida turib, dumini silkitaveradi. Mayda jonivorlar yirtqichlar changaliga tushib qolganlarida «ehson berib qutilishga» harakat qiladilar. Bunday vaziyatda kaltakesaklar va yer salamandrlari maxsus mushaklarini taranglashtirib, dumg’azasi tagidagi bo’g’imlardan birini uzib tashlaydi. Tajovuzkor ilanglayotgan bo’gimdan talvasaga tushib qoladi, uning egasi esa qochishga kirishadi. Bu tur hayvonlarda dumdan ayrilish qayg’uli emas, chunki u yana o’sib chiqadi. Bordiyu yirtqich sichqonning dumidan tutib olsa, uning xafa bo’lib o’tirishiga hojat qolmaydi. Siyrak tukli dum terisi oson, xuddi paypoq misoli dumdan ajralib tushadi va dushman og’zida qoladi, sichqon esa dumsiz juftak rostlab qoladi. Teri qayta o’sib chiqmaydi, dumining yalang’och qolgan uchi qurib tushadi. Axir dumsiz ham yashash mumkinda!

Inson terisi har 27 kunda to’liq yangilanadi

Lasos balig’i miya faoliyati uchun o’ta foydalidir

Bodring og’izdagi hidni ketkazishda katta yordamchi hisoblanadi

Kola va Pepsi tanaga suv emas, balki kislota bo’lib kiradi

Bir kechaning o’zidayoq burun bitishini yo’q qilishning oddiy usul bor

Nonushta vaznni nazorat qilishga yordam beradi

Olimlarning aytishicha, qahvaga qo’shilgan shakar miya faoliyati uchun kuchli rag’batlantiruvchi ta’sir ko’rsatadi

Agar urg’ochi tulki vafot etsa, erkak tulki o’ziga boshqa juft qidirmaydi

Agar organizimingizga bir oy davomida shakar kirmasa nima bo’ladi?
