Ilk reptiliyalar qachon paydo bo’lgan?

Ilk reptiliyalar yer ustida 300 000 000 yil burun sayru sayohat qilib yurgan. O’sha zamonlarda quruqlikda yashovchi hayvonlar orasida eng kattasi amfibiya bo’lgan. Ammo ular tuxumini suvga qo’ygan. Ilk reptiliyalar amfibiyalarga o’xshab ketsa-da, tuxumini quruqlikka qo’ygan. Ularning nasllari o’pka va oyoqqa ega bo’lgan, havodan nafas olgan. Ular o’rmonlar zaxliklarida tentirab yurgan va hasharotlarni tutib egan. Keyinroq reptiliyalar jussali va kuchli bo’la borgan. Ular sirtdan kaltakesak va toshbahalarga o’xshagan. Shuningdek, kalta dumli, yo’g’on oyoqli va boshi katta reptiliyalar ham yashagan. Kaltakesakka o’xshaydigan, ammo orqa oyoqlarida yura oladigan ilk reptiliya turlaridan biri o’z avlodlari uchun juda e’tiborli ish qilgan. Mana shu maxluqlardan reptiliyalarning yangi bir turi urchidi. Ularning ayrimlarida qanot bor edi. Boshqalari pat chiqardi va issiqqon bo’ldi. Reptiliyalarning ayrim turlaridan timsoq va ilk dinozavrlar urchidi. Bir vaqtlar reptiliyalar yerda yashovchi asosiy hayvonlardan edi. Millionlab yillar orasida reptiliyalarning anchagina qadimiy turlari qirilib ketdi. Buning qanday yuz berganini isbot etuvchi turli nazariyalar yuradi. Asosiy sabab, ayni hayvonlarning yashashiga yerda muhit va iqlimning o’zgarib ketishi imkon bermagan, deb ko’rsatilmohda. Botqoqliklar qurib qolgan, reptiliyalar esa quruqlikda yashay olmagan. Ularning ozuqasi ham tamom bo’lgan. Iqlim issiq yozdan sovuq qishga almashinadigan mavsumiylik kasb etgan. Ko’pgina reptiliyalar bunday o’zgarishlarga moslasha olmagan va natijada qirilib ketgan.