Jarqaldirg’och nega janubga erta uchib ketadi?

Jarqaldirg’ochlar janubga nafaqat erta uchib ketadi, balki kech uchib keladi ham. Jarqaldirg’ochlar uchib kelishi hamono ishga kirishadilar. Uyani tezroq qurib olishlari, tuxum qo’yib, nafaqat ochish, balki polaponlari o’zlari bilan janubga uchib keta oladigan qilib o’stirishlari kerak. Buning uchun esa vaqt tig’iz. Polaponlar ko’z yordi, demak, ular boshqa ota-onalar qatori bolalari uchun ovqat qidirishga tushadilar. Ular hasharotlar bilan oziqlanadi, ammo ularni tutish boshqa qushlarga qaraganda, jarqaldirg’ochlar uchun qiyinroq kechadi. Jarqaldirg’ochlarning oyog’i kalta, ular yerda chopolmaydi, ustiga ustak uzun qanotlar yerga sudralib xalaqit beradi va ucholmay holadi. Shu sababdan ular hasharotlarni daraxtzor va butazorlardan izlay olmaydi, chunki qanotlari daraxtlarga o’ralashib holadi. Shu bois ular hasharotlarni havodan tutish uchun osmonda uchgani uchgan. Ammo ularning tezligiga bas kela oladigan qushlar topilmaydi. Jarqaldirg’ochlar tezligini 100 kilometr-soatga yetkaza oladi. Ular ucha-ucha hasharotlar tutadi, ammo darrov uyalariga qaytib kelmaydi, ularni jig’ildonida to’playdi. Jig’ildonini hasharotlar bilan to’ldirgach, ularni polaponlariga berish uchun uyalariga qaytib keladi. Biroq havo ochiq bo’lmagan kunlar hasharotlar uchmaydi, jarqaldirg’ochlar polaponlariga hech narsa olib kelolmaydi. Bu paytda polaponlar nima qiladi? Ma’lum bo’lishicha, ularni tabiatning o’zi asraydi. Yog’in kunlari jarqaldirg’ochlar bolalari serrayib qotib qolarkan, tabiiy jarayonlar sekinlasharkan va ular bir necha kun ovqatsiz yashay olarkan. Bu paytda ota-onalari quyosh charaqlab turgan, havoda hasharotlar mo’l bo’lgan uzoq joylarga uchib ketarkan. Jarqaldirg’ochlar ovqat topishda qiynalib qolmasligi uchun hammadan oldin janub tomonlarga yo’l oladi. Bu jarhqaldirg’ochlarning faqat oldini ko’rishi bilan izohlanadi. Ularning yon nigohi yo’q. Yozning oxirlarida saratonning issiq kunlaridagidek havoda hasharotlar kamayib qoladi, ko’z oldida guvillab uchib yurmaydi, jarqaldirg’ochlar ovqat topish ilinjida anchagina kuch sarflaydi. Shu bois ular bizga kech, kunlar ancha isib qolganda qaytib keladi va hammadan erta uchib ketadi. Mana shu qisqa vaqtda ham jarqaldirg’ochlar ko’p hasharot yeydi, agar ularni bir-biriga ulab chiqsangiz, bir necha kilometrga yetadi.