Kapalak nima bilan oziqlanadi?

Ma’lumki, kapalaklarning hayoti bir necha davrga bo’linadi. Avval tuxum, keyin qurt, undan keyin g’umbak (qish bo’yi uxlaydi) va oxiri g’umbakdan kapalak paydo bo’ladi. Kapalaklar faqat bir davrda juda ko’p ovqat yeydi. Bu — qurtlik paytiga to’gri keladi. Kapalaklarning ayrim turlari uchun qurtlik davri hayotidagi birdan-bir oziqlanish davridir. Qurt ovqatlanadi va yiriklashib boradi, bir necha hafta ketma-ket ovqatlangach, u ilk davridagidan ko’ra ancha katta bo’lib qoladi. Umuman olganda, kapalaklar ovqat yeyishga juda moslashgan: chunki ularning boshi, ko’kragi, qorni bor. Ayrim kapalaklarning og’zi o’rniga xartumchasi mavjud, ana shu xartumchasi ovqatlanishdan to’xtagan paytlari soat prujinasiga o’xshab buralib turadi. Bu xartumcha gulning markaziga qadar kirib borib, uning nektarini so’radi. Tungi kapalaklarning xartumchasi uzunligi 15-20 santimetr atrofida bo’ladi va yirik naysimon gullarning ichiga kirib borishiga imkon beradi. Ayrim turlarining xartumchasi uchida pichoqha o’xshash tishlari mavjud. Mana shu tishlari bilan ular mevalar po’stini teshasi va sharbatini ichadi!