Losos uvuldiriq sochayotganida nega oqimga qarshi suzadi?

Ko’p hayvonlarning tug’ishi va o’z zo’ryodlarini muhofaza etishi biz uchun juda g’alati tuyuladi. Bu qushlarning o’z uyasini qanday qurishi yoki ayrim hayvonlarning o’z naslini dushmanlaridan muhofaza etishi kabi qiziq emasmi? Bolalash va bolalarini xavf-xatarsiz o’stirish qayg’usi lososni oqimga qarshi uzoq masofa bosib o’tishga majbur etadi. Lososlar oilasiga mansub baliqlarning hammasi ham uvuldiriq sochish uchun oqimga qarshi suzavermaydi. Ayrimlari quyida qoladi. Misol tariqasida pushti lososni olaylik. U uvuldirig’ini dengizning sho’r suvidan bir necha chaqirim uzoqlikda sochadi. Shox losos esa buning butunlay aksi: u dengizdan daryo bo’ylab yuqoriga, 5 chaqirimcha masofani suzib o’tadi. Losos uchun eng qulay sharoit chuchuk suvdir, u bu yerda voyaga yetadi, kuch to’playdi va yetiladi. Ammo u chuchuk suvga tushishi bilan oziqlanishni bas qiladi. Ba’zan u uvuldiriq sochadigan joyni izlayverib, mutlaqo ozib-to’zib ketadi. Chunki ular suzayotgan ko’p daryolarda sharsharalar, qoyalar bo’ladi, losos uvuldiriq sochadigan paytgacha holdan toyib, darmonsizlanib qoladi. Biroq tinch okeani lososi qanchalik oriqlab ketmasin yoki durkun turmasin, uvuldiriq sochadigan joyga jon-jahdi bilan intiladi. O’sha joyga yetgach (bu joy, odatda, uning tug’ilgan joyi bo’ladi), urg’ochi baliq tanasi, dumi, suzgichlari yordamida shag’al yoki qum orasidan kavak qaziydi. So’ng u bu «uyaga» uvuldirig’ini tashlaydi, nar baliq esa uni urug’lantiradi. Shundan keyin nar baliq uvuldiriqni ko’mib tashlaydi. Shundan so’ng, lososlarning yashashga qiziqishi qolmaydi. Ular oqim bo’ylab pastga enadilar va tez orada nobud bo’ladilar. Endi, oradan taxminan 60 kun o’tib, dunyoga yangi kelgan baliqlar keladi. Yosh losos chuchuk suvda bir necha oy yoki yil qolib ketadi, so’ng oqim bo’ylab dengizga tushadi. Ularning hayoti shu tarzda aylanib kelaveradi.