Makkajo’xoriga ipaksimon kokil nimaga kerak?

Makkajo’xorining ipak popugi urug’ishlab chiqarish uchun kerak. U chiqish tartibi quyidagichadir: makkajo’xori qattiq poyasining uzunligi 2 — 6 metrga boradi. Uning tepasida popuk paydo bo’ladi. Bu erkak guldir. Quyiroqda esa bir yoki bir nechta o’smalar — kelgusi so’talar tugunchasi yoki urug’doni hosil bo’ladi. Bunday tugunchalarning har biri ipakday mayin tolalardan iborat kokil chiqaradi. Bular urg’ochi gulchalardir. Har bir tola urug’kurtak deb atalgan homiladan o’sib chiqadi. Ular bo’lg’usi so’taning atrofida qator-qator bo’lib joylashadi. Agar ipaksimon tolalar erkak gulning changi bilan urug’langan bo’lsa, ulardan har biri don — urug’ishlab chiqaradi. Changni tutib olish uchun so’tani o’rab turgan yaproqlar orasidan mayin va nozik tolalar o’sib chiqadi. Gullash vaqti yetganida erkak gullarning kokili mayda sarg’ish chang ishlab chiqaradi. Yoz epkini chang bilan qoplangan boshoqni silkitadi va u har tomonga uchib ketadi. Shamol changni chor atrofga yoyganida u poyaning quyiroq qismida joylashgan ipaksimon tolalarga ham tushadi. Tolalar uchidagi og’izcha chang zarralarini tutadi. Chang tolalar ichidan urug’kurtakka o’tadi va uni uruglantiradi. Tuguncha katta so’taga, urugэkurtak esa donga aylanadi. O’sayotgan don sutsimon suyuhlik va yumshoq sarih po’stlohdan tarkib topadi. Makkajo’xori pishishi bilan ular qattiqlashadi va kraxmalga to’ladi.