Mangro daraxti nima?

Tropiklardagi daryolarning loyqa cho’kib qolgan sohillarida doimiy yashil mangro daraxti chakalaklari bor. Ularning suvga tushirilgan ildizlari tanani yerdan bir necha metr yuqorida tutib turadi. Ko’rib, haqiqiy yog’ochoyoqlar ekan, deyishingiz mumkin. Ular nam loyqa tuproqda, shuningdek, loyqa yig’ilib qolgan dengiz sayozliklarida ham o’saveradi. Mangro daraxtining mevasi daraxtdan tushmay turib ham unib chiqaveradi: dastlab ichidan o’tkir ildizcha o’sib chiqadi va nayza kabi loyqa yerga sanchiladi. Kunlardan bir kun Kazamans daryosining (Senegal) quyilish joyida tirik ustrisalar ortilgan kema cho’kib ketadi. Mollyuskalar mangro chakalaklarida xuddi tabiiy qo’riqxonadagi kabi tez sur’atlar bilan ko’paya boshladi.