Meduza nima?

Meduza hayotning dengizda topilgan eng g’alati shakllaridan biridir. Avvalambor u baliqqa o’xshamaydi! Uning skeleti yo’q va shu boisdan u umurtqasiz hayvonlarning katta sinfiga kiradi. Meduzaning o’ndan to’qqiz qismi asosan oshqozon bo’shlig’idan iborat bo’lgan yelimshaksimon moddadan tarkib topgan. Mabodo meduzani suvdan olib chiqsangiz, u darrov qurib qoladi, chunki tanasining 98 foizini suv tashkil etadi. Meduzaning na miyasi va na qon tomirlari bor. Jimitday meduzalar mavjud, ammo diametri yarim metr keladiganlari ham uchraydi. Ular ham shakli va rangidan farq qiladi, ayrimlari titrayotganda yanayam tiniqlashib ketadi. Meduzaning g’alatiroq turlaridan biri «Meduza» deb nomlanadi. Bu so’z boshida soch o’rniga ilon o’sib chiqqan afsonaviy meduza degan maxluqning nomidan kelib chiqqan. Meduza ko’rinishidan zontikka o’xshab ketadi, tanasida paypaslagichlari va ko’plab mayda ko’zchalari joylashgan. Meduzaning og’zi tanasining o’rtasida, ost qismidadir. Paypaslagichlari bilan meduza odamlarni juda qattiq chaqadi. U ayni usulda o’ziga o’lja topadi. Juda mayda dengiz maxluqlari meduzalarga yem bo’ladi, ular o’z o’ljasiga nish sanchib, falaj qiladi. Shundan so’ng o’lja paypaslagichlari yordamida og’izga tushadi. Ayrim meduzalarning nish sanchuvchi a’zolari hatto oshqozonida ham bo’ladi. Meduza qancha kichkina bo’lsa, uning nishi ham shunchalik og’riqsiz kechadi. Kattalari chaqqanda xiyla og’irdir. Mutaxassislarning aytishicha, tanasining diametri 4, paypaslagichlari uzunligi 30 metrga yetadigan meduzalar uchrar ekan. Agar meduza sizni «quchoqlab olsa», nafas olishingiz biroz qiyinlashadi, qisman oyoq-qo’llaringiz ishlamay qolishi mumkin. Eng yirik meduzalardan sanaladigan portugal askari butun boshli makrel (kichikroq dengiz balig’i) ni o’ldirishi va yeb qo’yishi mumkin. Avstraliya sohillarida Meduza dengiz arisi uchraydi, u ko’p hollarda voqeani fojiali tugallaydi. Meduzaning paypaslagichlari xavflidir. Ularning ba’zilari qurbonining tanasiga kira oladigan tikanlar bilan ta’minlangan. O’ljasini o’ldiradigan yoki falaj qiladigan tikanlar zaharli beziga tutashgan.