Nechta galaktika bor?

Butun Koinot bo’ylab sochilik ketgan yulduzlar g’uj-g’uj to’plangan yerlar galaktika deb ataladi. Bizning Quyosh esa Somon Yo’li galaktikasidagi yulduzdir. Ushbu galaktikada ham milliardlab yulduzlar bor. Yorug’lik galaktikamizning bir burchagidan ikkinchi bir burchiga yetib borishi uchun, taxminan, yuz ming yil kerak bo’ladi. (yorug’lik bir yilda 9 500 000 000 000 kilometr masofani bosib o’tadi!)

Munajjimlar teleskoplar yordamida bizning galaktikamizdan boshqa yana millionlab galaktiklar borligini aniqlashgan. Bizga ma’lum galaktikaning 3 turi ma’lum. Somon Yo’li kabi spiral ko’rinishiga ega bo’lgan galaktikalar spiralsimon galaktikalar deb ataladi. Ularning eng yaqini, taxminan, Yerdan ikki million yorug’lik yili uzoqlikda joylashgan. Bu Andromeda burjidagi katta spiralsimon galaktikadir. Kuzatiladigan eng yorqin galaktikalarning 17 foizga yaqinini ellipssimon galaktikalar tashkil etadi (ellips cho’zinchoq aylanadir, ya’ni tuxumga o’xshaydi). Bunday galaktikalar, asosan, yulduzlardna tashkil topgandir. Ularda gaz va changlar oz miqdorda bo’lishi yoki, umuman, bo’lmasligi ham mumkin. Ba’zi galaktikalar noto’g’ri galaktikalar deb ataladi, chunki ularning muayyan shakli yo’q. Bunday galaktikalar yulduzlardan, chang va gazlardan tashkil topgandir. Somon Yo’liga eng yaqin ikki galaktika noto’g’ri laktikalar turkumiga mansub.

Shu bilan bir qatorda, bir nechta kichik galaktikalar ham mavjud, ular “mittivoylar” deb ataladi. Ulardan eng kichiklarining o’lchami bir necha yuz yorug’lik yiliga teng bo’lib, bir necha ming yulduzlardan tashkil topgan.

Koinotda katta galaktikalarga nisbatan “mittivoylar” ko’p bo’lishi ehtimoldan holi emas.

Galaktikalar bir-biridan yuz minglab yorug’lik yili uzoqda joylashgan. Ular, odatda, guruh-guruh yoki klaster (inglizcha (gujum”, “turkum” degani) lar holida mavjuddir. Guruh yoki klasterlar bir necha o’ndan tortib ko’p ming galaktikalardan iborat.

Kuzatish mumkin bo’lgan eng uzoq klasterlar bizning Somon Yo’li galaktikamizdan trillionlab yorug’lik yili olisda joylashgan. Yerdan shu darajada uzoq galaktikalar borki, ulargacha bo’lgan masofani tasavvur qilishning o’zi nihoyatda qiyin. Shuning uchun ham: “Koinotda nechta galaktika bor?” degan savol jumboqligicha qolaveradi.

Quyosh va barcha sayyoralar joylashgan bizning Quyosh sistemamiz Somon yo’li deb nomlanuvchi galaktikaning bir qismidir. Qadimgi davrlarda hech kim osmonni kesib o’tgan bu oqish chiziq nimani anglatishini bilmagan va shuning uchun uni sutli yo’l deb atashgan. Aslida, galaktika va Somon yo’li nomlari bir kelib chiqishi bilan bog’liq. Yunonlar, yulduzlar Gerkulesni ovqatlantirish paytida ma’buda Gera sepgan sut tomchilari ekanligiga ishonishgan.

Shuningdek o’qing: galatika haqida yana qiziqarli ma’lumotlar

Koinot haqida bilib oling