Nega sayyoralar har xil?

Sayyoralarning bizga har xil bo’lib ko’rinishi sababi ularning har biri turlicha moddalardan tashkil topgani bilan bog’liq. Ularning har biri Quyosh atrofida aylanishi va Quyosh sistemasining qismlari bo’lishiga qaramasdan, tarkibi bir-biridan farq qiladi.

Sayyoralar nimadan tarkib topgani to’g’risida ma’lumotlar juda kam va bu inson o’tkazilgan va o’tkazilajak kosmik tadqiqotlar yordamida javob olishga intilayotgan muammolardan biridir.

Keling, yaxshisi, har bir sayyoraning tarkibi haqidagi mavjud ma’lumotlarni bir-bir ko’zdan kechiraylik.

Merkuriy – kichik tog’li dunyo. Unda bir qancha qoramtir joylar va ko’plab kraterlar mavjud, ammo na atmosfera na suv yo’q.

Venera – Cho’lpon tumanli dog’lardan iborat oq shar. U deyarli butunlay oq bulutlar qatlami bilan qoplangan. U yerdagi oq bulutlar suv bug’laridan emas, tuz kislotasi bug’laridan iborat. Bulutlar ostida esa tarkibi nafas olish uchun yaroqsiz karbonat angidrid gazlaridan iborat atmosfera mavjud. Bu atmosfera ko’rpa singari Quyosh nurini yutadi, natijada sayyora yuzasidan temperatura Tselsiy shkalasi bo’yicha 500 darajaga ko’tariladi. Shuning uchun ham Cho’lponda suv yo’q.

Mars – Mirrix undagi sahrolar rangiga qarab qizil sayyora deb ataladi. U Yerdan ikki marta kichik, uning yupqa atmosferasi karbonat angidrid gazidan tarkib topgan. Bu gazda bulut hosil bo’ladi. Mirrixda biror-bir hayot nishonasi yo’q. Buning sababi undagi temperatura juda sovuqligi bilan bog’liq bo’lsa kerak.

Saturn – Zuhal, asosan, suyuq vodoroddan tarkib topgan. Uning atrofida bir qancha yorqin halqalar bor. Bu halqalar son-sanoqsiz zarralardan iborat. Zarralar sayyora atrofidagi o’z orbitasi bo’ylab kichik oylab singari harakat qiladi. Uranning ham Zuhalnikiga nisbatan qoramtir halqalari bor. Neptun – xira yashil sayyora. Pluton esa – Quyosh sistemasining eng mitti sayyorasi. Uning orbitasi cho’zinchoq ko’rinishda bo’lgani uchun ham ba’zan Neptunga nisbatan Quyoshga yaqinroq keladi. Olimlarning kosmosni sun’iy yo’ldoshlar va avtomatik stansiyalari orqali tadqiq qilishi Quyosh sistemasining har bir elementi – unsuri haqida ko’proq bilib olishlariga yordam beradi.