«Nur sochuvchi qovoq» qayerda yashaydi?

Dengiz va okeanlarda nur sochuvchi (olimlar tili bilan aytganda, lyuminestsentsiyaga ega bo’lgan) baliqlarning mingdan oshiq turi yashaydi. Ular orasida mayda, 7-8 santimetr keladigan fotoblefaron baliqchasi juda ulkan qobiliyatga ega. Fotoblefaronning tarjimasi «nur sochuvchi qovoq» ma’nosini beradi. Uning «miltiroq baliqcha» degan nomi ham bor. Komor orollarida tadqiqot o’tkazayotgan fransuz g’ovvoslari unga «mitti pejo» degan laqab qo’iishdi, chunki «nur sochuvchi qovoqlar» bu mashhur mashinaning chiroqlariga juda o’xshab ketadi. «Miltiroq baliqlar»ning nur taratadigan a’zolari — fotoforlardir; uning tarkibida behisob (bir millilitrda 10 milliard!) lyuminessentsiyalanuvchi eng yorqin bakteriyalar mavjud. Bakteriyalar baliqchalar qonidan qand va kislorodni yutib, o’rniga nur «qaytaradi», uning yordamida fotoblefaronlar o’ziga ovqat izlab topadi, yirtqichlarni yo’ldan chalg’itadi va hatto… o’zaro «gurung» qiladi. Gap shundaki, «nur sochuvchi qovoqlar» qanchalik hayron qoldirmasin, miltillab turadi. Qovoq (baliqlarda bu bo’lmaydi) ko’zni yopgani misol terisining maxsus qatlari har 20 sekundda fotoforlarni to’sib qo’yadi. Zarur chog’larda, baliqshunoslarning fikriga qaraganda, fotoblefaron bir daqiqada 75 marta ochilib yopiladi, ya’ni bezovtalik signali beradi. «Miltiroq baliqcha» o’z dushmanlariga quyidagicha chap beradi: shitob bilan ta’qibdan qutilgach, kutilmaganda fotoforlarini yopib qo’yib, o’z yo’nalishini keskin o’zgartiradi. Yana nur sochib, boshqa yoqqa buriladi. Bu illyuminasiyani bitta o’zi emas, balki butun galasi bilan bajaradi. Bundan yirtqichning boshi qotib qoladi. Indoneziyaning banda oroli aholisi «nur sochuvchi qovoqlar»dan baliq ovlashda foydalanishadi. Ulardan olingan suyuqlikni qarmoqlarga qo’yilgan ovqatga surtishadi. Qarmoqqa qo’yilgan yemni yeb bo’lmasa-da, soatlab miltirab turadi va katta baliqlarni hech bir nayrangsiz o’ziga jalb etadi, chunki u miltirab turadi.