Okeanlar oqimining sababi nima?

Dengizlarning ko’p miqdordagi suvi hamisha bir joydan boshqa joyga ko’chib yuradi. Ularning aylanishi juda murakkab, chunki suvni harakatga keltiradigan sabablar ko’p. Shunday sabablardan biri zich suvning pastga enishi, yengilroq suvning esa yuqoriga ko’tarilishidir. Okeandagi eng zich suv sovuq va sho’r suvlardir. Shimoliy muz okeanidagi va Antarktida yaqinidagi dengizlar suvi muzlaganda, shunday hol yuz beradi. Shunday muzlash natijasida hosil bo’lgan muzning tarkibida tuz juda kam. Muz hosil bo’lganidan keyin qoladigan sovuq sho’r suv dengiz ostiga tushadi. Okeandagi eng sho’r suvlar tropiklar mintaqasidadir. Bu suv juda iliq va sho’r. Ostki qatlamlardagi suvning sho’ri kamroq bo’lgani bilan zich va sovuqdir. Shuning uchun ham tuz okean yuzasida qoladi. Sho’r suv shamollar yordamida u yoqdan bu yoqqa suzib yuradi.

Ba’zan shamol va sohildagi suv bilan quruqlik tutashgan chiziq suvning harakatlanayotgan massasini birlashtiradi. Suv esa oqim hosil qilib, tezroq oqa boshlaydi. Oqimlar daryoning dengizga oqib tushishini eslatadi. Eng mashhur oqim Golfstrimdir. Uni Benjamin Franklin kashf etgan. Golfstrim Atlantika okeanidagi ekvatordan uncha uzoq bo’lmagan joydan boshlanadi. Ekvator yaqinidagi doimiy shamollar deyarli hamisha sharqdan esadi. Ular iliq sho’r suvni Karib orollari yonidan haydab o’tib, Florida yarim oroli va Amerika Qo’shma Shtatlarining sharqiy sohillari o’rtasida paydo bo’lgan bepoyon ko’rfazga kamaydi. Suv bu yerda to’planadi va so’ngra shimolga Gatteras burni tomon oqa boshlaydi. Bu yerda Golfstrim ensizroq bo’lib qoladi va tezroq oqa boshlaydi. Uning tezligi soatiga bir necha kilometrga etadi. Bu yerda oqimning eni 16 km, chuqurligi esa 550 metrga boradi. Golfstrim ham quruqlikdan oqib o’tadigan daryo singari okean ustida o’zini u yoqdan bu yoqqa tashlab oqadi. Ammo aniq bir yo’nalishi bo’lmagani uchun u daryoga o’xshab, bir joyda turmaydi. Golfstrim singari yuzaki oqimlarning ostida ham bir necha oqim bo’ladi. Ular qarama-qarshi oqimlar deb ataladi. Ular asosiy yuzaki oqimning yo’lidan teskari harab oqadi. Yerning o’z o’qi atrofida aylanishi ham oqimlar hosil bo’lishiga ta’sir ko’rsatadi.