O’lik dengizda hayot bormi?

O’lik dengiz dunyodagi eng g’alati suv havzalaridan biridir. Bundan million yillar muqaddam undagi suv sathi hozirgisidan 420 metr baland bo’lgan. Bu O’rta yer dengizining suv sathidan ham yuqori ko’rsatkichdir.

O’sha vaqtlar unda hayot bo’lgan. Ammo buyuk qurg’oqchilik davrida u nihoyatda ko’p suv bug’lanib ketishi oqibatida hozirgi ahvolga kelib qolgan. Dengizning o’ziga xos xususiyatlaridan biri tarkibida 23-25 foiz tuz mavjudligidir. Okean suvi tarkibida esa 4-6 foiz tuz bor. Agar uning suvini tatib ko’rmoqchi bo’lsangiz, u sho’rligidan tashqari xlorli magniyga mo’lligi sababli ko’nglingizni ham aynitadi, ushlab ko’rsangiz, kaltsiy xlorid ko’pligi sababli moy bo’yoqqa o’xshab ketadi. O’lik dengizda biror jonzot yashamaydi. Ko’pincha dengizga Iordan daryosidan oqib kelgan baliqlar tushib qoladi, ammo suvning sho’rligiga chiday olmay, halok bo’lishadi. Ularni dengiz sohilidan uya qurib olgan qushlar maza qilib yeyishadi.