Olimlar Quyoshning tarkibini qanday aniqlashgan?

Biz Quyosh keskin darajada qizigan gazlarning bir necha qatlamidan iborat ulkan shar ekanini yaxshi bilamiz. Lekin bu haqda va Quyoshda ro’y berayotgan boshqa hodisalar to’g’risida qanday qilib bilib oldik?

Munajjimlar maxsus asboblar yordamida Quyosh to’g’risida ko’plab ma’lumotlar yig’ishgan. Bunday asboblardan ayrimlarini sanab o’tish mumkin: spektograf, spektogeliograf, koronagraf, radioteleskop va kosmik zondlar.

Spektografdan keskin darajada qizigan Quyosh gazlarini o’rganishda foydalaniladi. Uning yordamida Quyosh taratayotgan ranglar qaysi kimyoviy moddalarga bog’liq ekanini bilib olish mumkin. Spektograf olimlarga Quyosh nuri spektrini doimiy sur’atda yozib borish imkonini beradi.

Munajjimlar spektrogelioskop yordamida Quyoshdagi turli moddalar qay darajada taqsimlanganini aniqlashadi. Bu asbobga suratga oluvchi moslama o’rnatilgach, spektrogelioskop deb ataladi.

Koronograf – teleskop maxsus turi. Munajjimlar koronograf yordamida, Quyosh tutilishini kutib o’tirmasdan, uning tojini suratga olishlari mumkin.

Radioteleskop esa olimlarga Quyoshdan taralayotgan radioto’lqinlarni o’rgani imkonini beradi. Yer atmosferasi sayyoramizga yetib keladigan Quyosh radiatsiyasining asosiy qismini yutish sababli olimlar asboblarni atmosferadan yuqoriga o’rnatishadi. Bunday kosmik zondlar Quyosh to’g’risida ko’proq ma’lumot yig’ishga imkoniyat tug’diradi. Garchi mazkur asboblarning texnik tavsiflari keltirilmayotgan bo’lsa-da, bu bilan siz Quyosh to’g’risida ko’plab ma’lumotlar yig’ish imkonini beradigan asboblar mavjudligiga ishonch hosil qilishingiz mumkin.