O’simliklarga shudring nima uchun kerak?

Ko’pincha daraxtlar, o’t-o’lanlar va boshqa o’simliklar tong chog’lari shudring bilan qoplangan bo’ladi. Ularga shudring ham tushishi mumkin, ammo o’simliklarning o’zi ham suv ajratib chiqaradi yoki nafas oladi. Shunday qilib, o’t ustidagi tomchilar yo shudring, yo suvning o’simlik tanasidan bug’lanishi (transpirasiya)dir. Shudring havodagi suv bug’ining kondensatsiyasi — sovishi natijasida vujudga keladi. U kechasi sovigan tuproq va undagi narsalarga tushadi. O’simliklargina emas, yo’ldagi toshlar, o’rgimchak to’ri va boshqa narsalar ham shudring tomchilari bilan qoplanadi. Daraxtlar va o’t-o’lanlar, gullar iliq kechalari o’zini qizib ketishdan saqlash uchun suv ajratib chiqaradi. Ushbu tomchilar faqat o’simliklarda paydo bo’ladi va ularni shudring bilan aralashtirish kerak emas.