Oy nima?

Oy – sayyora, Yerning yo’ldoshi. U yer shari atrofida, Yer esa o’z navbatida Quyosh atrofida aylanadi. Oy 29,5 kecha-kunduzda yer atrofini bir marta to’liq aylanib chiqadi. Shu bilan bir vaqtda, u o’z o’qi atrofida ham aylanadi. Shuning uchun ham biz oyning faqat bir tomonini ko’ramiz. Ammo 1959 yilda uchirilgan sovet uchish apparati oyning biz shu vaqtgacha hech qanday tasavvurga ega bo’lmagan orqa tarafini suratga tushirishga muvaffaq bo’ldi.

Oy — o’lik osmon jismi: unda na atmosfera, na suv yo’q. Binobarin, unda hayot bo’lishi ham mumkin emas.

Oy nuri Quyoshdan kelayotgan yorug’likning zaif aksidir. Shuning uchun ham u bir oy davomida o’z qiyofasini ko’p marta o’zgartiradiganga o’xshab ko’rinadi.

Quyosh oyning orqa tomonini yoritganda, u bizga ko’rinmaydi. Oy — nisbatan chog’roq Sayyora. Uning diametri yernikiga nisbatan 4 marta kichik. Yerdan oygacha bo’lgan masofa — 384 400 km. 1969 yil 20 iyuldan 21 iyulga o’tar kechasi amerikalik astronavtlar Armstrong va Oldrin oyga qadam qo’yishdi. Bu parvoz va avtomatik kemalar yordamidagi keyingi tadqiqotlar oy tuprog’idan yerga namuna olib kelishga va bu yo’ldosh haqida ko’p narsalarni bilib olishga imkon berdi.