Qisqichbaqasimonlar nima?

Qishichbaqasimonlarda umurtqa bo’lmaydi, shuning uchun ham ularning tanasi zirh va harakatlanuvchi birikma zirhli lappaklar bilan qoplangan. Ayrim qisqichbaqasimonlar, masalan, dafniyalar juda mayda bo’ladi: boshqalari — krevetkalar, langustlar, krablar yirikroq bo’ladi. Qisqichbaqasimonlarning aksariyati suvda: yo dengizda yo toza ko’llarda yashaydi. Ba’zi birlari quruqlikda yashaydi. Bunga zirhga bekinib oladigan eshakqurtlar kiradi.