Qushlarning qaysi biri birvarakay ham oldini, ham orqasini ko’ra oladi?

O’rmon loyxo’ragi ko’p yillardan buyon olimlar diqqatini o’ziga tortib kelmoqda. Yashirinish bo’yicha o’rmon loyxo’ragiga teng keladigan hush topilmaydi. Uning patlarini ko’rib, niqobga xaltaning naq o’zi deysiz. Oq va qora xolli, qo’ng’ir tusli patlari yelkasini va qanotlarini o’rab olgan. Bu olachiporlik qushchani barglar va maysalarga qoplangan o’rmonning to’shalma manzarasida bildirmay qo’yadi. Uning qayerda turganini bilsangiz ham, ko’zingizga yarq etib ko’rinavermaydi. Ko’kragini kulrang patlar qoplab olgan, qanot osti patlari sariq-qizg’ish tusda. Shuning uchun ham o’rmon loyxo’ragi kutilmaganda ertaklardagi olov gulchadek uchib keladi. Uning ko’zlari ham g’alati: hammayoqni birday ko’ra oladi. Buning uchun u boshini qimirlatishi shart emas. O’rmon loyxo’ragining chiroyli ko’zlari periskop (pana joydan turib kuzatishga moslangan kuzatuv asbobi) ga o’xshaydi. Ko’rish a’zolarining ichkarida, yelkasida joylashgani bilan o’rmon qushchasi bir vaqtning o’zida oldi va orqasini nazorat eta oladi. Tabiat hayvonat olamining ayrim vakillariga ana shunday jumboq va qobiliyatni in’om etgan. Bu qushning g’ayrioddiy tomonlari haqida gapirar ekanmiz, ajoyib tumshug’i haqida to’xtalmasdan ilojimiz yo’q. Tumshug’i ham ko’zi kabi mukammal asbobni eslatadi. O’rmon loyxo’ragi, odatda, oqshomlari ovqatlanadi. Ular o’rmon to’shamasi ustida tentirab, har xil lichinkalarni saralaydi. Tuproq qurtlari ularning suygan taomidir. O’rmon loyxo’ragi qulay joyga tumshug’i-nayini tuproqqa tiqib, ko’zi tushgan chuvalchangni olmaguncha qo’ymaydi. Tumshug’i haqiqiy jonli pintset bo’lib, juda sezgirdir. Uning yuqori qismida mo’jaz kavagi bor, ana shuning sharofati bilan nayini tuproqqa tiqadi va qisib oladi. O’rmon loyxo’raklari birgina Rossiyada emas, Amerika qit’asida ham yashaydi. Ular, ayniqsa, AQSh va Kanada shimolida ko’p uchraydi.