Sabur o’zining nomini qanday olgan?

Bu o’simlikning ilmiy nomi «agava»dir, Sabur deyilishi esa xatodir! Ko’plar uni yuz yoshga kirganda gullaydi, deb hisoblashadi. Asl gap shundaki, uning gullashi har bir Saburning o’ziga xos xususiyatlari va u o’sayotgan shart-sharoitga bog’liqdir. Juda issiq mamlakatlarda Sabur bir necha yilda gullashi mumkin. Sovuq iqlimda esa u faqat 40 — 60 yoshda yetiladi. Agava yoki Sabur, asosan Meksikada o’sadi, ammo Qo’shma Shtatlarning janubi va g’arbida, shuningdek Janubiy Amerikaning Markaziy va tropik o’lkalarida ham uchraydi. Bu o’simlik eti qalin, uchi o’tkir barglari tufayli katta “rozetka” ga ega. Poyasi shu qadar kaltaki, barglari xuddi ildizidan unib chiqayotganday. Gullash davrida barglaridagi rozetkasi markazidan mayda-mayda gullar bilan mo’l qoplangan uzun poya, ya’ni «machta» o’sib chiqadi. Aftidan, bunday gullash o’simlikning katta mehnatlari evaziga keladi; mana shu yillar orasida u o’sib, gul yozishi uchun o’zining syeret barglarida oziq moddalarni yig’ib boradi. Agavaning g’ayriodatiy o’sishi uni qiziqarli tarzda qo’llash imkonini yaratadi. O’simlik novdalari juda tez rivojlanadi, bu jarayon yuz berayotgan payti o’simlik shirasi yosh novdalar poyasiga oqib kelishi kuzatiladi. Meksikaliklar bu novdani quloch ochishi bilan yulib tashlaydilar. Keyin ular o’simlikning o’rtasidan o’yishadi va shu yerga anchagina shirasini to’playdilar. Bu shira «aguamiel» deyiladi va uni cho’chqa terisidan qilingan idishlarda fermentlash uchun Markaziy omborga olib keladilar. Shira quyuq va oqimtir tus oladi. Suv tarkibidagi qand alkogolga aylanadi, pirovardida ko’plar foydali va to’yimli deb hisoblaydigan meksikaliklarning milliy ichimligi — «pulka» olinadi. Meksikaliklar kaktusning yana bir turi — opuntsiyni muqaddas o’simlik deb bilishadi. Shu boisdan u mamlakatning milliy gerbida aks ettirilgan. Meksikaning qadimiy afsonalarida aytilishicha, asteklar qabilasi tog’larda juda ko’p kunlik sargardonliklardan so’ng Teskoko ko’li bo’yiga hordiq chiqarishga o’tirishadi. Ular kichik bir orolda opuntsiyga qo’ngan burgutning panjalari bilan ilonni g’ajib o’ldirayotganini ko’rib qolishadi. Asteklar uchun bu yaxshilik alomati hisoblangan, ular tog’dan tushib kelganlar va burgutni ko’rgan joylarida Tenochtitlan shahriga — «muqaddas opuntsiy makoni» ga asos solganlar. Hozir ana shu joyda Meksikaning poytaxti, Mexiko o’rnashgan. Opuntsiyning nordon-shirin mevasini asteklar qadimdan ovqat o’rnida tanovul qilib kelganlar, keyinchalik yevropaliklar uni tikanli nok deb atashgan. Hahiqatan ham ular ko’rinishidan kichik nok yoki limonga o’xshab ketadi. Opuntsiy mevasining tikanini olib tashlab, ho’lligida ham, quritilgan va murabbo holida ham iste’mol qilishadi. Opuntsiy mevasidan olingan sharbatdan sirop, jele va boshqa ichimliklar tayyorlashadi. Meksikaliklar opuntsiy poyasini ovqatga ham soladilar, novdalarini esa milliy taomlar tayyorlashda ishlatishadi. Boshqa turdagi kaktus mevalarini ham ovqatga solishadi. Ular orasida eng shiralisi exinosereus mevasi sanaladi. Ularni ho’lligida ham, quritilgan va qaynatilgan holda ham eyishadi. Pilososereus mevasi, shuningdek, ferokaktus va melokaktsning sersuv poyasidan marmelad va konfetlar tayyorlashda ishlatishadi. Mirtillokaktus mevasi ta’mi golubika (shimol botqoqliklarida o’sadigan mevali buta va uning to’q ko’k mevasi) ni, dizokaktus malinani, oqsochli opuntsiy esa shaftolini eslatadi. Argentinaliklar ta’mi kartoshkanikiga o’xshash achakana ildizi va sersuv poyasidan jonjon deb ovqat tayyorlaydilar.