TANK QO’SHINLARI

TANK QO’SHINLARI – quruqlikdagi qo’shin turi. Tank, motoo’qchi (mexanizasiyalashgan, motopiyoda), raketa, artilleriya va boshqa bo’linma, qism, qo’shilmalardan tarkib topgan. Tank qo’shinlari qudratli o’t ochish, kuchli zarba berish va tez harakat qilish imkoniyatiga hamda ishonchli zirxli himoyaga ega. Bu qo’shinlar asosiy yo’nalishlarda yalpi harakat kilib, mustakil va b. qo’shinlar bilan hamkorlikda dushman mudofaasini yorib o’tish, yuksak manyovrli jangovar harakatlar olib borish, dushman mudofaasi ortida xarakat qilib, uning zahiralarini tormor etish, eng muhim marralarni egallash va uni himoya qilish hamda jang va operatsiya maqsadlariga tezkorlik bilan erishishni ta’minlash va boshqalarga qodir. O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida Tank qo’shinlari mavjud.