TARASH MASHINASI

TARASH MASHINASI (to’qimachilikda) — tolali materiallar (paxta, jun va boshqalar) tutami (xolst)dan pilta hosil qiladigan mashina; yigirish jarayonining asosiy mashinasi. Tarash mashinasida tolalar to’g’rilanadi, bir-biriga parallellanadi, xascho’p va kalta tolalar qisman tarab tashlanadi, pilta tazga taxlanadi. Tarash mashinasi quyidagicha ishlaydi. Xolst mashinaning xolst Vali G’ga keltiriladi. Val aylanishi natijasida xolst stol 2 ustida yozilib, tsilindr 3 ostidan o’tadi va tez (450-700 aylg’min) aylanib turgan qabul barabani 4 ga keladi. Bunda xolst baraban ostiga o’rnatilgan pichoqlar 5 yordamida xascho’plardan tozalanadi, panjara 6 orqali mashinaning ostiga tushadi. So’ngra tolalar asosiy baraban 7 va shlyapka 9 lar orasidan o’tib, to’g’rilanadi, taraladi va bir-biriga parallellanadi. Asosiy barabandan ajratuvchi baraban 10 ga o’tgan tolalarni tez (1000-1500 aylg’min) tebranuvchi «eshkak» 11 urib tushiradi; natijada mahsulot yupqa qatlamli taram shakliga keladi. Taram voronka 12 ga to’planadi, so’ngra vallar 13 orqali o’tib, zichlanadi va pilta shaklida taz 14 ga taxlanadi. Tazdan piltalar tayyor mahsulotlar omboriga jo’natiladi.