Tumanlik nima?

Tumanlik nima?

Agar kitoblarda katta spiral, girdob va bulut ko’rinishidagi tasvirlarga ko’zingiz tushgan bo’lsa, shunga o’xshash manzarani osmonda ham ko’raman, deb ovora bo’lib yurmang. Aksariyat tumanliklarni teleskop yordamisiz ko’rib bo’lmaydi. “Tumanlik” so’zining paydo bo’lishi sabab munajjimlar avvallari zaif teleskoplar bilan osmonni kuzatishganda, ularning ko’ziga olisdagi g’uj-g’uj yulduzlar yoki chang va gazlar tumanli dog’lar bo’lib ko’ringan.

Tumanlik ikki xil bo’ladi: galaktika tumanligi, galaktikalardan tashqaridagi tumanlik. Galaktika tumanligini bizning galaktikamizda (Somon Yo’li) ham ko’rish mumkin. Ular chang va gazdan iborat. Galaktikalardan tashqaridagi tumanliklar bizning galaktikamizdan tashqarida joylashgan. Ular, asosan, yulduzlardan iborat.

2 mingga yetar-yetmas galaktika tumanliklari bor. Demak, sizu bizga ma’lum bo’lgan tumanliklarning aksariyati bizning galaktikamizdan tashqarida joylashgan. Ularning miqdori qancha? Somon Yo’lidan tashqaridagi fazoda millionlab tumanliklar bo’lishi mumkin.

Galaktikalardan tashqaridagi tumanliklar “koinot orolchalari” yoki “galaktikalar” deb ataladi. Buning ma’nosi shuki, agar kimdir bizning galaktikamizni ham o’sha tomonlardan kuzatsa, u ham tumanlikka o’xshab ko’ringan bo’lur edi. Galaktikalardan tashqaridagi tumanliklar turli xil ko’rinishlarga ega. Ba’zilari – noto’g’ri yoki ellips shaklida. Ularning aksariyat ko’pchiligi spiralsimon tumanliklardir. Bizning galaktikamizga o’xshash spiralsimon galaktikalar ko’plab yulduzlar, katta gaz bulutlari va chang bilan to’lgan bepoyon mintaqalardan iborat. Odatda, tumanlikning yadrosi bo’ladi va undan spiral shaklidagi shoxlar atrofga tarqaladi. Andromeda tumanligi Yerga eng yaqin, eng bepoyon va eng yorqin tumanlikdir. U bizning Quyoshga nisbatan 1 500 000 000 marta ko’p yorug’lik ajratib chiqaradi!

Tumanlik (bulutning lotincha so’zi) kosmosdagi gaz va chang bulutidir va ko’pini bizning galaktikamizda va koinotdagi galaktikalarda topish mumkin. Bulutsular yulduzlarning tug’ilishi va o’limida ishtirok etganligi sababli, kosmosning bu mintaqalari yulduzlarning qanday paydo bo’lishini va yo’q bo’lishini tushunishga intilayotgan astronomlar uchun muhimdir. Zamonaviy teleskoplar va kompyuterlardan foydalanish tufayli, mos keladigan kompyuter dasturlari yordamida ajoyib tasvirlarni olish uchun rang berish mumkin bo’lgan batafsil raqamli fotosuratlar yaratildi.

Koinot haqida bilasizmi?

Koinot cheksizmi?