Yerning og’irligi qancha?

Yer koinotda muallaq turgani uchun uning vaznini tarozi pallasiga qo’yib o’lchab bo’lmaydi. Yerning vazni to’g’risida gapirilganda, avvalo, u tarkib topgan moddalar miqdori nazarda tutiladi.

Yerning massasi, taxminan, 5,976 sekstillion tonnani tashkil etadi. Yaxshiroq tasavvur qilishingiz uchun ushbu raqamni to’la keltiramiz: 5 976 000 000 000 000 000 000 000. Olimlar yerning massasi aynan shuncha ekanini qanday aniqlashgan?

Ular buni aniqlash uchun ikki jismning o’zaro tortishish qonunidan foydalanishadi. Gravitasiya kuchi aynan shu tortishishga bog’liq. Oddiy so’z bilan aytganda, ikki jismning o’zaro tortishishi ularning massasi va o’rtasidagi masofaga bog’liq. Narsalar qancha katta bo’lsa, ular bir birini shuncha katta kuch bilan tortadi. Ular bir-biridan qancha olisda bo’lsa, bu kuch shuncha kichik bo’ladi.

Yerning vazni quyidagicha o’lchanadi: kichkina bir yuk ipga osib qo’yiladi, so’ngra bu yukning holati o’lchanadi. O’sha yukning yoniga bir tonna qo’rg’oshin qo’yiladi. Yuk va qo’rg’oshin o’rtasida tortishish paydo bo’ladi, natijada yuk bir oz chetga og’adi. (Bu og’ish amalda 0,000 02 mm.ni tashkil qiladi. Shuning o’ziyoq o’lchov qanchalik aniq bo’lishi lozimligini ko’rsatadi.) Olimlar bunday o’lchashlardan keyin matematika yordamida yerning vaznini hisoblab chiqishdi. Ular yerning vazniga nisbatan tortish kuchini o’lchashdi hamda bir tonna qo’rg’oshin osig’liq turgan yukni o’ziga tortishini o’lchashdi. Hisoblab chiqilgan nisbiy farq yerning massasini ko’rsatadi.

Massa nimadan hosil bo’ladi? Unga qattiq tog’ jinslaridan iborat qobiq, mantiya deb ataladigan qattiq jinslardan iborat qatlam, so’ngra ichki qism — yadro kiradi.