1 dekabr kun tarixi

?? BMT — Xalqaro OITS ga qarshi kurash kuni.
? Xalqaro nevrologlar kuni.
? Antarktida kuni.

? MILLIY BAYRAMLAR:

?? O‘zbekiston – Qoraqalpoq tili kuni.
?? Islandiya – O’z-o’zini boshqarish kuni.
?? Qozog‘iston – Birinchi prezident kuni.
?? Rossiya – Sinop jangi kuni.
?? Yaponiya – Kino suratlari kuni.
?? Rossiya – Xokkey kuni.
?? Panama – O‘qituvchilar kuni.
?? Ukraina – Prokurorlar kuni.
?? BAA – Xotira kuni.
?? Marshall orollari – Xushxabar kuni.
?? Tailand – Damrong Rajanubhab kuni.
?? Gana – Milliy fermerlar kuni.
?? Kosta Rika – Harbiy to‘ntarish kuni.
?? Chad – Ozodlik va demokratiya kuni.
?? Ruminiya – Buyuk birlashish kuni.
?? Portugaliya – Mustaqillikning tiklanishi.
?? Markaziy Afrika Respublikasi – Respublika kuni.

? VOQEALAR:

  • 1640 – Lissabonda Iberiya uniyasi bekor qilindi.
  • 1828 – Argentinada Dekabristlar inqilobi boshlandi.
  • 1879 – Moskva yaqinida poyezd portlatildi.
  • 1887 – Sherlok Xolms haqidagi  ilk kitob e’lon qilindi.
    Lotin Amerikasidagi ilk metro Buenos Ayresda ishga tushdi.
  • 1918 – Islandiya Qirolligi Daniyadan mustaqillikka erishdi.
  • 1918 – Yugoslaviya Qirolligi e’lon qilindi.
  • 1924 – Estoniyada inqilob boshlandi.
  • 1929 – O‘zbekiston arab xatidan lotin alifbosiga o‘tdi. 
  • 1925 – Saodat jurnali chiqa boshlagan.
  • 1933 – Zangiota tumani tashkil etildi.
  • 1934 – Kirovning o’ldirilishi ortidan Katta terror boshlandi.
  • 1941 – Ikkinchi jahon urushi: Yaponiya imperatori AQShga qarshi urush e’lon qildi.
  • 1943 – Ikkinchi jahon urushi: Tehron konferensiyasi nihoyasiga yetdi.
  • 1945 – Ayollar butunjahon demokratik federatsiyasi tashkil etildi.
  • 1958 – Markaziy Afrika Republikasi o‘z-o‘zini boshqarish huquqini qo‘lga kiritdi.
  • 1958 – Chikagodagi maktabda sodir bo‘lgan yong‘inda 92 nafar o‘quvchi qurbon bo‘ldi.
  • 1960 – Paul McCartney va Pit Best hibsga olindi.
  • 1971 – Saratovda An-24 samolyoti qulab tushishi natijasida 57 kishi qurbon bo‘ldi.
  • 1973 – Papua Yangi Gvineya Avstraliyadan o‘z-o‘zini boshqarish huquqini oldi.
  • 1974 – Virjiniyadagi Dalles xalqaro aeroportida Boing 727 samolyoti halokatga uchrashi oqibatida 92 kishi qurbon bo‘ldi.
  • 1981 – Korsikada yo‘lovchi samolyoti qulashi tufayli 180 kishi halok bo‘ldi.
  • 1989 – Filippinda harbiylarninig samarasiz davlat to‘ntarishiga urinishi bo‘lib o‘tdi.
  • 1989 – Sharqiy Germaniya parlamenti Kommunistik partiyaning rahbarlik rolini bekor qilidi.
  • 1990 – 40 metrlik chuqurlikdagi Fransiya va Angliyani bog‘lab turuvchi suvosti tunneli ishga tushirildi.
  • 1991 – Ukrainada Sovet ittifoqidan ajralib chiqish bo‘yicha referendum bo‘lib o‘tdi.
  • 1991 – Ukrainada birinchi prezident saylovi bo’ldi.
  • 1991 – Qozog‘istonda birinchi prezidentlik saylovi bo‘lib o‘tdi.
  • 1999 – Toshkentda «Kabul-O‘zbek» O‘zbekiston-Janubiy Koreya to‘qimachilik qo‘shma korxonasi ishlab chiqarish majmuining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
  • 2006 – Qatar poytaxti Doha shahrida XV Osiyo o‘yinlari boshlandi.
  • 2011 – Olma-ota metrosi ishga tushirildi.
  • 2019 – Uxanda koronavirus infeksiyasi avj olishining boshlanishi.

? TAVALLUDLAR:

  • 1743 – Martin Genrix – nemis kimyogari, uran, sirkoniy, titan, seriy, tellurni kashf qilgan.
  • 1792 -Nikolay Lobachevskiy – rus matematigi.
  • 1873 – Bryusov Valeriy (1924) – rus yozuvchisi, dramaturg.
  • 1888 – Vasiliy Blyuxer – sovet harbiy, siyosiy va partiya arbobi, Sovet Ittifoqi Marshali.
  • 1896 – Georgiy Jukov – Sovet armiyasi qo‘mondoni, 4 marta Sovet Ittifoqi qahramoni.
  • 1905 – Ibrohimov Sobirjon (1974) – O’zbekistonda xizmat ko’rsattgan fan arbobi (1972).
  • 1913 – Mansurov Rustam – aktyor, O’zbekiston xalq artisti (1952).
  • 1918 – Boymuhamedov Hosil (1990) – akademik (1979), Ozbekistonda xizmat korsatgan fan arbobi (1976).
  • 1918 – Shayx Zayd ibn Sulton al Nahayon – BAAning birinchi prezidenti.
  • 1925 – Martin Rodbell – amerikalik biokimyogar va endokrinolog, Nobel mukofoti sohibi (1994).
  • 1937 – Vayra Vike-Freyberga – Latviyaning 6-prezidenti.
  • 1945 – Gennagiy Xazanov – aktyor, kulgu janri ustasi.
  • 1982 – Xasan Baroyev – yunon-rim kurashchisi, olimpiya chempioni 2004), ikki karra jahon va Yevropa chempioni.
  • 1991 – Sun Yan – xitoylik suzuvchi, uch karra olimpiya va 11 marta jahon chempioni.
  • 1992 – Sitora Alimjonova – O’zbek kino aktrisasi, qo’shiqchi.‌‌