10 may kun tarixi

👉 BAYRAMLAR:

🇺🇳 Xalqaro Argania kuni.
🌍 Butunjahon qizil yuguruk kuni.

🔹 MILLIY BAYRAMLAR:

🇲🇻 Maldiv orollari – Bolalar kuni.
🇸🇻 Salvador, 🇬🇹 Gvatemala, 🇲🇽 Meksika – Onalar kuni.
🇺🇸 AQSh – Mehnatkash onalar kuni.
🇺🇸 AQSh – Konfederatsiyani xotirlash kuni.
🇷🇴 Ruminiya – Mustaqillik kuni.
🇩🇪 Germaniya – Kitoblar kuni.
🇹🇭 Tailand – Milliy mangrov o’rmoni kuni.
🇺🇸 AQSh – Harbiy turmush o’rtog’ini qadrlash kuni.
🇺🇸 AQSh – Milliy bog’lar kuni.
🇰🇬 Qirg‘iziston — Bank xodimlari kuni.
🇹🇭 Tailand – Qirollik shudgorlash marosimi.
🇫🇲 Mikroneziya — Konstitutsiya kuni.
🇦🇿 Ozarbayjon – Gullar bayrami.

👉 VOQEALAR:

  • 1497 – Amerigo Vespuchchining Yangi dunyoga ikkinchi sayohati boshlandi.
     – 1503 – Xristofor Kolumb Kayman orollarini ochdi.
  • 1811 –  Angliyada ilk qog‘oz pullar muoamalaga chiqarildi.
  • 1844 – Kanada poytaxti Kingstondan Monrealga ko‘chirildi.
    -1857 – Hindistonda Sipohilar qoʻzgʻoloni.
  • 1871 – Frankfurtda Fransiya va Germaniya o‘rtasida sulh shartnomasi imzolandi.
    -1877 – Ruminiya Usmonlilar imperiyasidan mustaqil boʻldi.
  • 1881 – Ruminiya qirollik deb e’lon qilindi.
  • 1906 – Rossiya davlat Dumasining birinchi majlisi ochildi.
  • 1913 – Dunyodagi birinchi toʻrt motorli samolyot parvozi.
  • 1932 – Leningradda “Kominter” zavodi dastlabki 20 ta sovet televizorini chiqardi.
    -1933 – Germaniyada ommaviy kitob yoqishlar boshlandi.
  • 1940 – «Gʻalati urush»ning tugashi.
  • 1940 – Georg IV Cherchillni rasman premyer-minstrlikka tayinladi.
  • 1950 – Gaitida davlat to’ntarishi sodir bo’ldi, natijada prezident Dyumars Estime ag’darildi. Harbiy xunta hokimiyatga keldi.
  • 1965 – Quddusda “Isroil muzeyi” ochildi.
    -1992 – Oʻzbekiston va Eron, Pokiston, Yaman, Bahrayn davlatlari oʻrtasida diplomatik aloqalar oʻrnatildi.
  • 1993 – Qirg‘iziston milliy valyutasi som muomalaga chiqarildi.
  • 1995 – rubl Tojikistonnig milliy valyutasiga aylandi.
  • 2000 – Gretsiyada Sidney-2000 Olimpiada mash’alasi o‘t oldirildi. 
  • 2005 – Koreya Respublikasi Prezidenti No Mu Xyon rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi. 
  • 2008 – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroy qarorgohida  “Korean Air” aviakompaniyasi raisi Yang Xo Choyni qabul qildi. 
  • 2008 – Yevropadagi eng ulkan vulqon – Etna uyg‘ondi.
  • 2010 – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroy qarorgohida Ummon Sultonligi tashqi ishlar bo‘yicha davlat vaziri Yusuf bin Alaviy bin Abdullanni qabul qildi.

Bugun 10-may 2024-yil, juma.

👉 TAVALLUDLAR:

-1760 – Klod Rujye de Lill (1836) – fransuz shoiri va bastakori, “Marseleza” ijodkori.

  • 1795 – Ogyusten Tyerri (1856) – fransuz tarixchisi.
  • 1850 – Tomas Lipton (1931) -angliyalik tadbirkor, yirik choy ishlab chiqarish kompaniyasi asoschisi.
  • 1891 – Mahmud Muxtor (1934) – misrlik haykaltarosh.
  • 1903 – G‘afur G‘ulom (1966) – Atoqli o‘zbek adibi, shoir, akademik.
  • 1909 – Yo‘ldosh A’zamov (1985) – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, kinorejissyor, SSSR xalq artisti (1979).
  • 1910 – Ashot Petrosyans – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, dirijyor, pedagog. 
  • 1923 – Geydar Aliyev (2003) – Sovet va ozarbayjon partiya va siyosiy arbobi, Ozarbayjonning 3-prezidenti (1993-2003).
  • 1935 – Shahob Hamrayev – ortopedtravmatolog olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1999).
  • 1937 – Xotam Fayziyev – Mashhur o‘zbek kinooperatori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi.
  • 1938 – Tilash Xoʻjamberdiyev (2001) – sozanda (chang), bastakor, Oʻzbekiston xalq artisti (1998).
  • 1939 – Asqar Xolmurodov (1997) – biotexnolog olim. 
  • 1949 – Miuchchia Prada Bianki – taniqli italyan modelyeri, Prada moda imperiyasining asoschisi Mario Pradaning nabirasi, milliarder.
  • 1956 – Vladislav Listyev (1995) – rossiyalik jurnalist, teleboshlovchi, ORT ning birinchi bosh direktori.
  • 1960 – Bono – irlandiyalik rok-musiqachi, U2 guruhining sardor-vokalisti.
  • 1962 – Anvar Chingizug’li – Ozarbayjon yozuvchisi, tarixchi va jurnalist.
  • 1969 – Denis Bergkamp – golland futbolchisi.
  • 1985 – Odette Juliette Annable – amerikalik aktrisa va model.
  • 1995 – Gabriela Papadakis – fransuz figurali uchish ustasi (muz ustida raqs), 4 karra jahon chempioni.