12 avgust kun tarixi

👉 BAYRAMLAR:

🇺🇳 Xalqaro yoshlar kuni.
🌏 Butunjahon fillar kuni.

🔹 MILLIY BAYRAMLAR:

🇺🇦 Ukraina ‐ Yoshlar kuni.
🇵🇭 Filippin ‐ Milliy politsiya xizmati kuni.
🇰🇬 Qirg’iziston – Jazoni ijro etish tizimi xodimlari kuni.
🇷🇺 Rossiya – Harbiy havo kuchlari kuni.
🇹🇭 Tailand – Qirolicha onaning tug’ilgan kuni va Onalar kuni.
🇮🇳 Hindiston – Kutubxonalar kuni.

👉 VOQEALAR:

  • 1121 – Didgor jangi, Gruziya qirolligi qo’shinlari va saljuqiy-turk qo‘shinlari o’rtasida.
  • 1323 – Novgorod va Shvetsiya o’rtasidagi o’ttiz yillik urushdan so’ng, ular o’rtasida Orexov tinchlik sulhi tuzildi.
  • 1399 – Vorsla jangi.
  • 1499 – Zonkio jangi .
  • 1759 – Kunersdorf jangi bo’lib o’tdi.
  • 1851 – Eyzek Zinger tikuv mashinasi uchun patent oldi.
  • 1865 – Ingliz shifokori Jozef Lister birinchi marta jarrohlik asboblari va qo’llarini dezinfektsiya qilish uchun fenolni ishlatdi. Keyinchalik, bunday muolajalar natijasida operatsiyadan keyingi o’lim uch baravar kamaydi.
  • 1973 – Xiva xonligi va Rossiya imperiyasi o‘rtasida Gandimiyon shartnomasi imzolandi.
  • 1877 – Mars yoʻldoshi – Demos kashf qilindi.
  • 1883 – Amsterdamdagi zooparkda dunyodagi oxirgi kvagga oʻlib qoldi.
  • 1898 – Gavayi orollari AQSh tomonidan anneksiya qilindi.
  • 1912 – Kanadaga qora tanlilarning immigratsiyasi bir yilga taqiqlandi.
  • 1952 – Moskvada qatl qilingan shoirlar kechasi.
  • 1953 – Semipalatinsk poligonida dunyodagi birinchi vodorod bombasi muvaffaqiyatli sinovdan o’tkazildi.
  • 1960 – Seylonda matbuot senzurasi joriy etildi.
  • 1978 – Yaponiya va Xitoy tinchlik va do’stlik to‘g‘risidagi shartnomani imzoladilar.
  • 1981 – IBM firmasi shaxsiy kompyuter ishlab chiqara boshladi.
  • 1992 – O‘zbekiston Respublikasi Janubiy Afrika Respublikasi bilan diplomatik munosabatlarni o‘rnatdi.
  • 2000 – Barens dengizida «Kursk» suvosti kemasi halokatga uchradi.
  • 2018 – NASA quyosh shamolini o’rganish uchun Quyoshning atmosferasiga Parker Quyosh zondini uchirdi.
  • 2026 – Rossiya hududida kuzatilishi mumkin bo’lgan to’liq quyosh tutilishi sodir bo’ladi.

👉 TAVALLUDLAR:

  • 1681 – Vitus Bering (1741) – kelib chiqishi daniyalik rus dengiz sayyohi, qutb tadqiqotchichi, Bering bo’g’ozini ochgan.
  • 1801 – Jon Kedberi (1889) – ingliz tadbirkori, shokolad ishlab chiqaruvchi, Kadberi kompaniyasining asoschisi.
  • 1822 – Geynrix Lui d’Arre (1875) – Nemis astronomi, Neptun sayyorasini kashf etuvchilardan biri.
  • 1866 – Xasinto Benavente – i – Martines (1954) – Ispan dramaturgi, Nobel mukofoti sovrindori (1922).
  • 1887 – Ervin Shreddinger (1961) – avstriyalik fizik, kvant mexanikasining asoschisi, mikrozarralar harakati nazariyasini ishlab chiqqani uchun Nobel mukofoti sohibii (1933).
  • 1903 – Muhiddin Rahimov (1985) – kulol, sanʼatshunos. Oʻzbekiston xalq rassomi (1944).
  • 1924 – Muhammad Ziyo- ul-Haq (1988) – pokistonlik siyosatchi, general, Pokiston prezidenti (1978-1988).
  • 1924 – Bo‘riboy Ahmedov (2002) – manbashunos-olim, tarixchi-sharqshunos, tarix fanlari doktori  (2002).
  • 1935 – Yoʻldosh Sulaymon – bolalar shoiri, yozuvchi.
  • 1938 – Nosir Otaboyev – rejissyor, Oʻzbekiston (1983) va Qoraqalpogʻiston Respublikasi (1999) sanʼat arbobi.
     – 1940 – Fozilbekov Adhambek (2012) – Oʻzbekiston davlat arbobi, Toshkent shahar hokimi (1990—1994).
  • 1954 – Matlyuba Alimova – sovet va o’zbek kino aktrisasi.
  • 1954 – Fransua Olland – fransuz siyosatchisi va davlat arbobi, Fransiya prezidenti (2012-2017).
  • 1971 – Pit Sampras – amerikalik tennischi, «Katta dubulg’a» ning 14 karra g’olibi.
  • 1979 – Raʼno Shodiyeva – oʻzbek kinoaktrisasi.
  • 1980 – Dominik Sueyn – «Lolita» filmida bosh rolni ijro etgan amerikalik aktrisa (1997).
  • 1983 – Meryem Uzerli – turk-nemis aktrisasi.
  • 1990 – Mario Balotelli – italiyalik futbolchi, Yevropa chempionatining kumush medali sovrindori (2012).
  • 1992 – Kara Deleven – britaniyalik supermodel va kino aktrisasi.
  • 1994 – Nurxon Qurbonova – paralimpiyachi, 2020-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlarining kumush va bronza medali sohibi.