? BAYRAMLAR:
?? BMT – Butunjahon donorlar kuni.
? Xalqaro veb-bloggerlar kuni.
? Xalqaro hammom kuni.
? MILLIY BAYRAMLAR:
?? AQSh ‐ AQSh armiyasining tug’ilgan kuni.
?? Polsha – Nemis fashistlari konslagerlari qurbonlarini xotirlash kuni.
?? Latviya, ?? Estoniya, ?? Litva ‐ Motam kuni.
?? Armeniya ‐ Qatag’on qurbonlarini xotirlash kuni.
?? AQSh – Bayroq kuni.
?? Folklend orollari – Ozodlik kuni.
?? Kuba – Ernesto Che Gevara kuni.
?? Litva – Umidlar kuni.
?? Rossiya – Migratsion xizmat xodimlari kuni.
? VOQEALAR:
- 325 – Nikeya shahrida xristianlik tarixidagi ilk sobor ochildi.
- 1325 – 25 yashar Ibn Battuta haj safariga chiqdi, u 24 yillik safardan soʻng Xitoyga kelib qolgan.
- 1498 – Xuroson hukmdori Sulton Husayn Boyqaro va uning o‘gʻli Badiuzzamon Mirzo oʻrtasida jang bo‘lib o‘tdi.
- 1647 – Buxoro xonligi qo‘shinlari va boburiylar o‘rtasida Temurobod mavzesidagi jang.
- 1775 – AQSh armiyasi tuzildi.
- 1777 – AQSh bayrog’i tasdiqlandi.
- 1797 – Fransiya istilosidan so’ng Liguriya Respublikasi tashkil etilganligi e’lon qilindi.
- 1800 – Qohirada Napoleon generali, Misr gubernatori Jan-Batist Kleber musulmon mutaassib tomonidan o’ldirildi.
- 1807 – Fridland jangi. Rus qo‘shinlari Napoleon tomonidan yakson qilindi.
- 1839 – Angliyada birinchi Qirollik regatasi Xenleyda bo‘lib o‘tdi.
- 1846 – Kaliforniya respublikasi tuzilganligi eʼlon qilindi.
- 1895 – Chechniya Rossiyaga qo‘shib olindi.
- 1900 – AQSH Gavayi orollarini anneksiya qildi.
- 1905 – “Potyomkin” bronenosetsida qo‘zg‘o‘lo‘n bishlandi.
- 1919 – Vengriya sovet respublikasi konstitutsiyasi qabul qilindi.
- 1938 – AQSh da Benjamin Grushkin xlorofillga patent oldi.
- 1940 – Nemislar Parijni bosib oldi.
- 1941 – Sovet hukumati tomonidan Latviya, Litva va Estoniya aholisi ommaviy qatag‘on va qamashga tortildi.
- 1951 – Vashingtonda birinchi kompyuter – “UNIVAC 1” sotuvga chiqarildi.
- 1956 – ingliz qo‘shinlari Suvaysh kanalini tark etdi.
- 1973 – K-56 suvosti kemasi halokatga uchradi.
- 1982 – Folklend urushi tugadi.
- 1985 – Shengen kelishuvi imzolandi.
- 1995 – Shamil Basayev boshchiligidagi to’da Budyonnovsk shahridagi kasalxonada 1600 dan ortiq odamni garovga oldi.
- 1999 – AQSh Oliy sudi kazino telereklamalariga 65 yillik taqiqni bekor qildi.
- 2014 – Luganskda IL-76 halokati.
? TAVALLUDLAR:
- 1736 – Sharl Ogyusten Kulon (1806) – fransuz fizigi, harbiy injener, – 1785-yil elektrostatikaning asosiy qonuni (Kulon qonuni) ni kashf qilgan.
- 1835 – Nikolay Rubenshteyn (1881) – rossiyalik pianinochi, Moskva konservatoriyasiga asos solgan.
- 1856 – Andrey Markov (1922) – rus matematigi.
- 1864 – Alois Alsgeymer (1915) – nemis psixiatri va nevrologi, presenil psixozi uning nomi bilan atalgan.
- 1868 – Karl Landsheytner (1943) – avstriyalik va amerikalik immuniolog vrach, infeksionist va ximik, inson qon gruppasini birinchi bo‘lib aniqlagan, Nobel mukofoti sohibi (1930).
- 1871 – Fyodor Tokarev (1968) – rus o‘qotar qurol konstruktori, Sotsialistik Mehnat qahramoni.
- 1882 – Yon Antonesku (1946) – rumin harbiy va davlat arbobi, Ruminiya diktatori (1940-1944).
- 1928 – Ernesto Che Gevara (1967) – lotinamerikalik inqilobchi.
- 1946 – Donald Tramp – amerikalik milliarder, AQSh ning 45-prezidenti (2017-2021).
- 1949 – Bertran Lavye – fransuz rassomi, “aksilsan’at” namoyondasi.
- 1968 – Yasmin Blit – amerikalik aktrisa, fotomodel.
- 1969 – Shteffi Graf – mashhur nemis tennischisi.
-1978 – Maxset O’temuratov -qoraqalpogʻistonlik estrada xonandasi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist, Qoraqalpogʻiston xalq artisti. - 1983 – Davron Fayziyev – Oʻzbekistonlik sport jurnalisti va sharhlovchisi, teleboshlovchi, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining matbuot va media departamenti direktori (2019-yildan).
- 1990 – Regina Todorenko – ukrainalik teleboshlovchi, qo‘shiqchi, kompozitor.
- 1991 – Sardor Rashidov – O’zbekistonlik futbolchi.
- 1999 – Tzuyu – Janubiy Koreyada istiqomat qiluvchi tayvanlik qoʻshiqchi.