15 noyabr kun tarixi

👉 BAYRAMLAR:

🌏 Qamoqdagi yozuvchilar kuni.

👉 MILLIY BAYRAMLAR:

🇵🇸 Falastin – Mustaqillik kuni.
🇱🇰 Shri-Lanka – Daraxt ekish kuni.
🇺🇸 AQSH – Milliy baraban chalish kuni.
🇺🇸 AQSH – Milliy ta’limni qo’llab-quvvatlash mutaxassislari kuni.
🇯🇵 Yaponiya – Sity-Go-San – Bolalar kuni.
🇮🇩 Indoneziya – Dengiz piyodalari korpusi tashkil topgan kun.
🇰🇿 Qozog‘iston – Milliy valyuta – tenge kuni.
🇷🇺 Rossiya – Muddatli harbiy xizmatchilar kuni.
🇧🇪 Belgiya – Qirollik bayrami.
🇧🇪 Belgiya – Nemis hamjamiyati kuni.
🇨🇮 Kot-d’Ivuar – Milliy tinchlik kuni.
🇧🇷 Braziliya – Respublika kuni.

👉 VOQEALAR:

  • 1315 – Morgarten jangi bo’lib o’tdi.
  • 1697 – ashtarxoniylar sulolasidan bulgan Muhammad Muqimxon Balx taxtiga o’tirdi.
  • 1700 – Filipp V Anjuyskiy Ispaniya qiroli boʻldi.
  • 1887 – Karl Gessner o’zi ixtiro qilgan ruxli batareya uchun patent oldi.
  • 1889 – Deodoru da Fonseka Braziliyada monarxiyani agʻdardi, Braziliya respublika deb e’lon qilindi.
  • 1896 – Toshkentda «Mehnatsevarlar uyi» ochildi.
  • 1899 – Uinston Cherchill burlarga asir tushdi.
  • 1904 – Amerikalik King Kemp Jillette tig‘lari almashtiriladigan ustara uchun patent oldi.
  • 1906 – Qo’qon shahrida Turkiston o’lkasidagi birinchi fond birjasi – Qo’qon birja qo’mitasi ochildi.
  • 1920 – Jenevada Millatlar Ligasining birinchi assambleyasi ochildi
  • 1932 – Leningraddagi Qozon soborida Din tarixi muzeyi ochildi.
  • 1933 – Moskvada trolleybuslarning muntazam harakati boshlandi.
  • 1934 – SSSRda birinchi ovozli televizion tomosha bo’lib o’tdi.
  • 1935 – Filippin Federatsiyasi tashkil etilganligi e’lon qilindi.
  • 1955 – Sankt-Peterburgda metropoliten ishga tushdi.
  • 1960 – «Polaris» raketasi sinovi.
    -1969 – K-19 va Gato suvosti kemalari to’qnashib ketdi.
  • 1971 – Intel o’zining birinchi mikroprosessori – Model 4004 ni chiqazdi.
  • 1975 – Bask, Katalan va Galisiya tillari Ispaniyada milliy tillar sifatida tan olindi.
  • 1983 – Shimoliy Kipr Turk Respublikasi tashkil etilganligi e’lon qilindi.
  • 1988 – Mustaqil Falastin davlati butun dunyoga e’lon qilindi.
  • 2002 – 59 yoshli Xu Szintao Xitoyning yangi rahbariga aylandi.
  • 2003 – “Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik” partiyasi ta’sis etildi (2003).
  • 2003 – Istanbul markazida terakt; 28 ta qurbon.

👉 TAVALLUDLAR:

  • 1741 – Yoxann Kaspar Lafater – Shveytsariya yozuvchisi, dinshunos va shoir
  • 1793 – Mishel Chall – fransuz geometriya va matematika tarixchisi.
  • 1738 – Vilyam Gershel – Ingliz astronomi va optigi.
  • 1862 – Gerxart Iogann Robert Gauptman (1946) – nemis dramaturgi va romannavisi.
  • 1874 – August Krog (1949) – daniyalik fiziolog, Nobel mukofoti sohibi (1920).
  • 1875 – Vladimir Rusanov – rus qutb sayohatchisi.
  • 1887 – Marianna Mur (1972) – amerikalik modernist shoira.
  • 1899 – Iskandar Mirza (1969) – Pokiston general gubernatori (1955-1956), 1-prezidenti (1956-1958).
    Kun tarixi kanalidan olindi.
  • 1915 – Konstantin Simonov – Rus yozuvchisi va jamoat arbobi. 
  • 1913 – Obid Sodiqov (1987) – Kimyogar olim, jamoat arbobi.
  • 1954 – Aleksander Kvashnyevski – polyak siyosatchisi, Polsha Respublikasining Prezidenti (1995-2005).
  • 1961 – Nasiba Abdullayeva – O’zbek xonandasi, O’zbekiston xalq artisti (1993).
  • 1970 – Ushi Dizl – nemis biatlonchisi, ikki karra Olimpiya chempioni, 8 karra jahon chempioni
  • 1973 – Muhammadqodir Abdullayev – bokschi, 63.5 kg vaznda Olimpiada va jahon chempioni, O’zbekiston chempioni (1993, 1996-98), xalqaro toifadagi sport ustasi (1998). 
  • 1991 – Sheylin Vudli – amerikalik kino va televidenie aktrisasi, model.