? BAYRAMLAR:
? Choʻqqilarni zabt etish kuni.
? MILLIY BAYRAMLAR:
?? Qozog’iston – Mustaqillik kuni.
?? Tailand – Sport kuni.
?? Eron – Tadqiqotlar kuni.
?? Ozarbayjon – Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari kuni.
?? Bangladesh – G‘alaba kuni.
?? JAR – Yarashuv kuni.
?? Bahrayn – Milliy kun.
? VOQEALAR:
- 1237 – Botuxon Ryazanni qamal qilishni boshladi.
- 1431 – Angliya qiroli Genrix VI Parijda Fransiya qiroli taxtiga o‘tirdi.
- 1598 – Imjin urushida Li Sunsin yapon flotini yakson qildi.
- 1631 – Vezuviy vulqoni otilishi.
- 1641 – Jiulio Mazarini Papa Urban VIII dan kardinal unvonini oldi.
- 1773 – «Boston choyxo‘rligi» nomi bilan tarixga kirgan Amerika mustamlakachilarining norozilik namoyishi.
- 1809 – Napoleon I Senatni Jozeffina Bogarnedan ajrashishi uchun ruxsat berishga majbur qildi.
- 1838 – Burlarning Nkome daryosi bo‘yida zuluslar bilan jangi (Qonli jang).
- 1880 – Birinchi Ingliz-Bur urushining boshlanishi.
- 1899 – «Milan» futbol klubi tashkil etildi.
- 1931 – «Romen» lo’li teatr – studiyasi professional teatr maqomini oldi.
- 1946 – Kristian Dior Parijda modalar uyini ochdi.
- 1948 – Kambodja mustaqilligi e’lon qilindi.
- 1986 – Almatida yoshlar namoyishlari.
- 1991 – Turkiya Republikasi jahon mamlaklari ichida birinchi bo‘lib O‘zbekiston Respublikasi suverenitetini tan oldi.
- 1991 – Qozog‘iston o‘z mustaqilligini e’lon qildi.
- 1992 – O’zbekiston Respublikasi Xalqaro Futbol Federatsiyasiga (FIFA) a’zo bo’ldi.
- 2002 – Ashxabadda O‘zbekiston elchixonasiga bostirib kirildi.
- 2008 – Jenevadaghi BMT bo‘limi binosida joylashgan Millatlar Saroyida poytaxtimiz Toshkent shahrining 2200 yilliga bag‘ishlangan “Toshkent: bugun va ertaga” deb nomlangan ko‘rgazma ochildi.
- 2011 – Janaozen (Qozog‘iston) shahridagi tartibsizliklar.
- 2014 – Peshovar shahrida sodir etilgan terakt natijasida 145 kishi halok bo’ldi, ularning aksariyati 10 yoshdan 18 yoshgacha bo’lgan maktab o’quvchilari edi.
? TAVALLUDLAR:
- 1770 – Lyudvig Van Betxoven (1827) – nemis bastakori, pianinochi, dirijyor.
- 1775 – Jeyn Osten (1817) – ingliz yozuvchisi.
- 1866 – Vasiliy Kandinskiy (1944) – rus rassomi, mavhum san’atning asoschilaridan biri.
- 1882 – Koday Zoltan (1967) – Venger kompozitori, pedagog, zamonaviy venger kompozitorlik maktabi asoschilaridan.
- 1883 – Maks Linder (1925) – fransuz komediyachisi, ssenariynavis va ovozsiz filmlar rejissyori.
- 1897 – Galina Benislavskaya – Sovet jurnalisti, Sergey Yeseninning do’sti va adabiy kotibi.
- 1928 – Erkli Malikboyeva – aktrisa, O`zbekiston xalq artisti.
- 1932 – Rodion Shchedrin – sovet va rus bastakori, pianinochi, o’qituvchi, SSSR xalq artisti.
- 1935 – Svetlana Drujinina – sovet va rus aktrisasi, rejissyor, ssenariynavis, Rossiya xalq artisti.
- 1946 – Benni Andersson – shved bastakori, musiqachi, prodyuser, ABBA guruhining a’zosi.
- 1948 – Yuriy Nikolaev – sovet va rus teleboshlovchisi, aktyor, Rossiya xalq artisti.
- 1956 – Abdujabbor Abduvohidov – oʻzbek davlat arbobi, olim va diplomat, tarix fanlari nomzodi.
- 1964 – Salim Ashur – shoir.
- 1988 – Mats Xummels – nemis futbolchisi.
- 1997 – Zara Mariya Larsson – shved qoʻshiqchisi.