17 mart kun tarixi

🔹 MILLIY BAYRAMLAR:

🇧🇩 Bangladesh – Bolalar kuni.
🇵🇭 Filippin – Ramon Magsaysay xotirasi kuni.
🇺🇦 Ukraina – Mobilizatsiya xodimlari kuni.
🇹🇭 Tailand – Milliy Muay Tay boksi kuni.
🇧🇩 Bangladesh – Shayx Mujibur Rahmon tavallud kuni.
🇮🇪 Irlandiya –  Avliyo Patrik kuni.

👉 VOQEALAR:

  • Mil. av. 45 – Munda jangi.
  • 1400 – Amir Temur Damashqni egalladi.
  • 1776 – Amerika qo‘shinlari Bostonni egallashdi.
  • 1825 – Dominikan Respublikasi tuzilganligi e’lon qilindi.
  • 1845 – Angliyalik Stiven Perri kanselyariya o‘chirg‘ichiga patent oldi.
  • 1861 – Italiya qirolligi tuzildi.
  • 1861 – Aleksandr II ning krepostnoylik huquqini bekor qilish haqidagi manifesti e’lon qilindi.
  • 1899 – Dengizdagi halokat haqidagi birinchi radiosignal uzatildi.
  • 1899 – Amerikalik astronom Uilyam Pikering Saturnning yo‘ldoshi Febuni kashf qildi.
  • 1929 – Ispan hukumati talabalar chiqishlari sabab Madrid universitetini yopib qo‘ydi.
  • 1948 – G‘arbiy harbiy-siyosiy ittifoq tuzish to‘g‘risidagi Bryussel akti imzolandi.
  • 1950 – AQShda 98-kimyoviy element – kaliforniy kashf qilindi.
  • 1958 – „Avangard-1“ yoʻldoshi orbitaga chiqdi.
  • 1959 – Dalay-lama XIV va uning tarafdorlari tunda Tibetdan Dxaramsala (Hindiston) shahriga qochishdi.
  • 1980 – Angliya parlamenti Moskva olimpiadasini boykot qilish uchun ovoz berdi.
  • 1991 – SSSRni saqlab qolish haqidagi referendum boʻldi. Ovoz berganlarning 3/4 qismi SSSRni saqlab qolish uchun ovoz berishgandi.
  • 1992 – Referendumda oq tanli aholi JARning yangi konstitutsiyasini qabul qildi.
    -1992 – Oʻzbekiston Ispaniya va Gretsiya davlatlari bilan diplomatik aloqalar oʻrnatdi.
  • 1995 – Ozarbayjon poytaxti – Bokuda OPON va armiya bo’linmalari o’rtasida qurolli to’qnashuvlar.
  • 2001 – Uzunligi 224 kilometr bo‘lgan «Miskin – Uchquduq» temiryo’li qurilishi yakunlandi.
  • 2004 – Kosovoda ikki kunlik falon-taroj qilish boshlandi, natijada 34 ta cherkov va monastir yoqib yuborildi.
  • 2004 – “O‘zbekkino” Milliy agentligi tashkil etildi.
  • 2021 – Hindistondan koronavirusga emlash uchun vaksina olib kelindi.

👉 TAVALLUDLAR:

  • 763 – Horun ar-Rashid (809) – Abbosiylar sulolasidan bo‘lgan Bag‘dod xalifasi.
  • 1473 – Yakov IV (1513) – Styuartlar sulolasidan bo‘lgan Shotlandiya qiroli (1488-1513).
  • 1834 – Gottlib Daymler (1900) – nemis muhandisi, konstruktor va sanoatchi, 1-motosiklni ixtiro qilgan.
  • 1856 – Mixail Vrubel (1910) – rossiyalik rassom.
  • 1881 – Valter Gess (1973) – shveysariyalik fiziolog, Nobel mukofoti sohibi (1949).
  • 1883 – Maks Penson (1959) – fotograf, Oʻzbekistonda foto sanʼati asoschilaridan.
  • 1891 – Matvey Manizer (1966) – rus haykaltaroshi.
  • 1908 – Boris Polevoy (1981) – sovet yozuvchisi.
  • 1941 – Davron Salimov (2009) –
    operator, rejissyor, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi.
  • 1946 – Sidni Rom – italyan aktrisasi, xonanda.
  • 1948 – Uilyam Gibson – amerikalik fantast yozuvchi.
  • 1951 – Kurt Rassel – amerikalik kinoaktyor.
  • 1961 – Mamarizo Nurmurodov – Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruv Raisi (2017-yildan).
  • 1972 – Oksana Grishchuk – sovet va rossiyalik figurali uchish ustasi, muz ustida raqs yo‘nalishida birinchi ikki karra olimpiya chempioni.
  • 1997 – Keti Ledeki – amerikalik suzuvchu, 5 karra olimpiya, 14 karra jahon chempioni.