18 fevral kun tarixi

👉 BAYRAMLAR:

🌏 Butunjahon kitlar kuni.
🌏 Batareya kuni.
🌏 Pluton sayyorasi kuni.

🔹 MILLIY BAYRAMLAR:

🇮🇶 Iroq – Kurd talabalari ittifoqi kuni.
🇹🇲 Turkmaniston – Diplomatik xizmat xodimlari kuni.
🇸🇱 Syerra-Leone – Qurolli kuchlar kuni.
🇬🇲 Gambiya – Mustaqillik kuni.
🇳🇵 Nepal – Demokratiya kuni.

👉 VOQEALAR:

  • 1268 – Rakovor jangi, bunda Tevton ordeni Durba jangidan keyingi eng katta mag’lubiyatga uchradi.
  • 1405 – Amir Temur Xitoyga yurishi vaqtida O’tror shahrida vafot etdi.
  • 1762 – Pyotr III qiynoqlarni bekor qildi.
  • 1814 – Montro jangi.
  • 1861 – Viktor Emmanuil II Italiya qiroli boʻldi.
  • 1861 – Jefferson Devisning Amerika Konfederativ shtatlari prezidenti sifatida inauguratsiyasi.
  • 1885 – Mark Tvenning «Gekelberi Fin sarguzashtlari» asari nashr etildi.
  • 1911 – Pomirda koʻl hosil boʻldi.
  • 1911 – Hindistonda tarixda birinchi aviapochta parvozi amalga oshirildi.
  • 1913 – Frederik Soddi “izotop“ atamasini taklif qildi.
    -1918 – Moskvada Kiyev vokzali ishga tushdi.
  • 1921 – Armanistonda qoʻzgʻolon koʻtarilib, Sovet hukumati agʻdarib, muvaqqat hukumat tuzildi.
  • 1923 – “Mushtum”ning 1-soni (“Turkiston” gazetasiga ilova) 3 ming nusxada chop etilgan.
  • 1929 – “Oskar” mukofoti birinchi sohiblariga topshirildi.
  • 1930 – Klayd Tombo Quyosh sistemasidagi 9-sayyora – Plutonni kashf qildi.
  • 1960 – Skvo-Vellida VIII qishki Olimpiya o’yinlari ochildi.
  • 1965 – Gambiya mustaqillikka erishdi.
  • 1978 – Triatlon bo’yicha birinchi musobaqa bo’lib o’tdi, keyinchalik u Ironmanga aylandi.
  • 1979 – Sahroi Kabirda qor yogʻdi.
  • 1992 – Oʻzbekiston va Birlashgan Qirollik o’rtasida diplomatik aloqalar o’rnatildi.
  • 1995 – Toshkentda Oʻzbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasining birinchi taʼsis sʼyezdi boʻlib oʻtdi. Partiyaning Nizom va dasturi tasdiqlandi.
  • 2003 – Janubiy Koreyaning Tegu shahrida yongʻin sodir boʻldi.
  • 2004 – Nishopur (Eron) yaqinida xavfli yuklar bo’lgan poezdning portlashi. 300 ga yaqin odam halok bo’ldi, besh yuzga yaqin odam yaralandi.
  • 2014 – Kiyevdagi  Nezalejnost Maydonidagi vaziyatning keskin yomonlashishi, bu uch kun ichida 80 ga yaqin odamning o’limiga olib keldi.
  • 2015 – Debaltseve uchun janglarning tugashi, shahar ustidan DXRning nazorati o’rnatilishi.

👉 TAVALLUDLAR:

  • 1201 – Nasir ad-Din Tusiy (1274) – fors matematigi va astronomi.
  • 1404 – Leon Battista Alberti (1472) – italiyalik gumanist, yozuvchi, olim.
  • 1745 – Alessandro Volta (1827) – italyan fizigi va fiziologi, elektr asboblari (elektrofor, elektrometr, kondensator, elektroskop va b.)ni ixtiro qilgan.
  • 1838 – Ernst Max (Mach) (1916) – avstriyalik faylasuf, fizik va mexanik.
  • 1898 – Enzo Ferrari – italiyalik konstruktor, avtomobil kompaniyasining asoschisi
  • 1921 – Oskar Feltsman (2013) – sovet va rus bastakori, Rossiya xalq artisti.
  • 1932 – Toni Morrison (2019) – amerikalik yozuvchi, Nobel mukofoti sohibi (1993).
  • 1933 – Yoko Ono Lennon – yaponiyalik va amerikalik rassom, qo’shiqchi, Jon Lennonning bevasi.
  • 1938 – Ishtvan Sabo – vengriyalik kinorejissyor, ssenariynavis va yozuvchi.
  • 1940 – Husan Amirqulov – O‘zbekiston xalq artisti (1997), Xalqaro Ahmad Yassaviy mukofoti laureati (1993).
  • 1950 – Mirmahmud Rahmatov – ganchkor usta, Oʻzbekiston xalq ustasi (2002).
  • 1952 – Aleksandr Barikin – sovet va rus qo’shiqchisi, bastakor, gitarachi.
  • 1953 – Arkadiy Ukupnik – rus bastakori, pop qo’shiqchisi va prodyuseri, Rossiyada xizmat ko’rsatgan artist.
  • 1954 – Jon Travolta – amerikalik aktyor, raqqos va qo’shiqchi.
  • 1970 – Yosir ibn Usmon al-Rumayyan – Saudiyalik boʻlgan tadbirkor, Suveren investitsiya fondi (SIF) boshqaruvchisi, Nyukasl Yunayted futbol klubi (Angliya) va Saudiya Aramco kompaniyasi raisi.
  • 1974 – Yevgeniy Kafelnikov – rossiyalik tennischi, olimpiya chempioni (2000).
  • 1975 – Igor Dodon – moldaviyalik siyosiy arbob, Moldaviya prezidenti (2016-2020).
  • 1993 – Daniel Yul – shveytsariyalik tog’ chang’isichi, Olimpiya va jahon chempioni.