19 avgust kun tarixi

👉 BAYRAMLAR:

🇺🇳 Butunjahon gumanitar yordam kuni.
🌎 Butunjahon fotosuratlar kuni.
🌏 Xalqaro uysiz hayvonlar kuni.
🌍 Xalqaro orangutan kuni.

🔹 MILLIY BAYRAMLAR:

🇳🇴 Norvegiya – Valiahd malika Mette-Maritning tug’ilgan kuni.
🇻🇳 Vyetnam – Avgust inqilobini xotirlash kuni.
🇺🇸 AQSh – Aviatsiya kuni.
🇺🇸 AQSh ‐ Milliy asalarilar kuni.
🇺🇦 Ukraina – Asalarichilar kuni.
🇳🇷 Nauru ‐ Qabilalar kuni.
🇦🇫 Afg’oniston – Mustaqillik kuni.

👉 VOQEALAR:

  • 1071 – Imperator Roman IV Diogen va Saljuqiylar sultoni Alp Arslon qo’shinlari o’rtasida Mansikert jangi bo’lib o’tdi.
  • 1692 – Massachusets shtatida beshta ayol jodugarlik uchun osildi.
  • 1722 – Inchxe daryosidagi jang.
  • 1812 – Valutina Goradagi jang.
  • 1874 – Telnyashka Rossiya flotida dengizchi formasi sifatida tasdiqlandi.
  • 1856 – Amerikalik Geyl Borden quyultirilgan sut ishlab chiqarish usulini patentladi.
    1887 – Dmitriy Mendeleyev havo shari bilan yuqoriga ko’tarilgan  va quyosh tutilishi hodisasini kuzatgan kun.
  • 1914 – Sharqiy Prussiyada harbiy operatsiya boshlanishi.
  • 1919 – Afg‘oniston Britaniyadan mustaqilligini e’lon qildi.
  • 1934 – Germaniyada referendum orqali reyxprezident va reyxkansler lavozimlari birlashtirildi.
  • 1941 – Germaniya va Ruminiya o‘rtasida Tiraspol shartnomasi imzolandi.
  • 1944 – Parijda fashistlarga qarshi qo‘zg‘olon boshlandi.
  • 1945 – Yaponiyaning Kvantun armiyasi Manchjuriyada taslim bo‘ldi.
  • 1945 – Vetnam kommunistlari Xanoyni egallab olishdi.
  • 1947 – A vitamini (retinol) birinchi marta sintez qilindi.
  • 1960 – SSSR»   Sputnik-5″ kosmik  kemasida Belka va Strelkani fazoga uchirdi.
  • 1981 – SSSR da maxsus “Vimpel” otryadi tuzildi.
    -1991 – SSSRda davlat toʻntarishiga  urinish.
  • 1991 – Islom Karimov Hindiston safaridan qaytib kelib, Toshkentda faollar yig‘ilishi o‘tkazdi
  • 2004 – Google o’z aktsiyalarini fond bozorida sotishni boshladi.

👉  TAVALLUDLAR:

  • 1646 – Jon Flemstid (1719) – ingliz astronomi, Grinvich rasadxonasining birinchi direktori.
  • 1780 – Pyer Jan De Beranje (1857) – fransuz shoiri, qo’shiqlar muallifi.
  • 1871 – Orvil Rayt (1948) – amerikalik konstruktor, aviatsiya kashshoflarinig kichkinasi.
  • 1879 – Viktor Aleksandrovich Uspenskiy (1949)  – kompozitor, etnograf, pedagog, musiqachi, jamoat arbobi.
  • 1883 – Gabrielle «Koko» Shanel (1971) – fransuz dizayner ayoli, modalar asoschisi.
  • 1886 – Aleksandr Volkov (1957) – rassom.
  • 1939 – Alan Beyker (2018) – britaniyalik matematik. 
  • 1946 – Bill Klinton – AQShning 42-prezidenti (1993-2001).
    -1946 – Firuz Yusupovich Gʻarib – immunolog olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1998).
  • 1967 – Satya Nadella – asli kelib chiqishi hindistonlik boʻlgan amerikalik  top menejer. 2014-yil 4-fevraldan Microsoft bosh direktori lavozimida faoliyat yuritmoqda.
  • 1975 – Treysi Toms – amerikalik kinoaktrisa.
  • 1987 – Niko Xulkenberg – germaniyalik poygachi, Formula-1 haydovchisi.
  • 1994 – Nafissatu Tiam – belgiyalik sportchi, yettikurash bo’yicha ikki karra Olimpiada chempioni (2016, 2020).
  • 1995 – Syuy Szyayuy – xitoylik suzuvchi, ikki karra jahon chempioni, ikki karra Olimpiada sovrindori.
  • 1995 – Kim Ji-Yeon – Bona  bilan mashhur, Janubiy Koreyalik qoʻshiqchi va aktrisa.