19 noyabr kun tarixi

👉 BAYRAMLAR:

🌏 Xalqaro erkaklar kuni.
🇺🇳 Butunjahon hojatxonalar kuni.
🌏 Ayollar tadbirkorligi kuni.

🔹 MILLIY BAYRAMLAR:

🇮🇳 Hindiston – Milliy integratsiya kuni.
🇧🇷 Braziliya – Bayroq kuni.
🇷🇺 Rossiya – Oliy ta’lim xodimlari kuni.
🇷🇺 Rossiya, 🇺🇦 Ukraina – Shisha sanoati xodimlari kuni.
🇧🇾 Belarus, 🇷🇺 Rossiya – Raketa qo’shinlari va artilleriya kuni.
🇺🇦 Ukraina – Gidrometeorologiya xizmati xodimlari kuni.
🇰🇿 Qozogʻiston, 🇧🇾 Belarus, 🇺🇦 Ukraina – Qishloq xo’jaligi xodimlari kuni.
🇵🇷 Puerto-Riko – Puerto-Riko kashfiyoti kuni.
🇧🇿 Beliz – Garifuna turar-joy kuni.
🇲🇨 Monako – Milliy kun.

👉 VOQEALAR:

  • 636 – Iroqdagi Qodisiya jangida musulmonlar qo‘shini Sosoniylar imperiyasini mag‘lub etdi.
  • 1190 – Tevton ordeni ta’sis etildi.
  • 1493 – Xristofor Kolumb Puerto Riko oroliga yetib bordi.
  • 1819 – Madridda Prado muzeyi ochildi.
  • 1824 – Sankt-Peterburg tarixidagi eng katta toshqin sodir bo’ldi.
  • 1881 – Ukrainaning Odessa viloyatiga meteorit tushdi.
  • 1912 – Birinchi Bolqon urushida Usmonli davlati Makedoniyani qo‘ldan boy berdi.
  • 1919 – AQSh Senati Versal tinchlik shartnomasini ratifikatsiya qilishga qarshi ovoz berdi, natijada AQSh Millatlar Ligasidan chiqishga majbur bo’ldi.
  • 1920 – Nikaragua, Gonduras va Kosta-Rika oʻrtasida shartnoma imzolandi.
  • 1942 – Sovet qo’shinlarining Stalingrad yaqinida qarshi hujumi boshlandi (Stalingrad operatsiyasining boshlanishi).
  • 1946 – BMT Bosh Assambleyasining Diniy va irqiy ta’qiblarga qarshi rezolyutsiyasi.
  • 1946 – Afg‘oniston, Islandiya va Shvetsiya BMTga a’zo bo‘ldi.
  • 1965 – SSSR tashabbusi bilan BMT Bosh Assambleyasi tomonidan yadro qurolini tarqatmaslik to’g’risidagi rezolyutsiya qabul qilindi.
  • 1969 – amerikalik astronavtlar Pit Konrad va Alan Bin oy sathiga qadam qo‘yishdi.
  • 1969 – Pele o‘zining 1000 – golini urdi.
  • 1977 – Madeyra orolida Portugaliyaga qarashli yo‘lovchi samolyoti halokatga uchrashi oqibatida 131 kishi qurbon bo‘ldi.
  • 1985 – Jenevada AQSH prezidenti Ronald Reygan va SSSR rahbari Mixail Gorbachyov ilk bor uchrashdi.
  • 1991 – O‘zbekiston Respublikasining «Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida»gi Qonuni qabul qilindi.
  • 1999 – Istanbul shahrida bo‘lib o‘tgan YXHT yig‘ilishida Prezident Islom Karimov nutq so‘zladi.
  • 2002 – Prestij grek neft tashuvchisi Galitsiya qirg‘oqlari yaqinida cho‘kib ketishi oqibatida 76 ming kubometr neft dengizga oqib ketdi.
  • 2009 – Peshovarda (Pokiston) terakt. Sud binosi yaqinidagi portlashda 18 kishi halok bo’ldi, 44 kishi yaralandi.

👉 TAVALLUDLAR:

  • 1711 – Mixail Lomonosov (1765) – rus olimi, Moskva davlat universitetining asoschisi.
  • 1770 – Ivan Kruzenshtern (1846) – rus dengizchisi, admiral.
  • 1831 – Jeyms Abram Garfild (1881) – AQShning 20-prezidenti (1881-yil 4-martdan 19-sentyabrgacha).
  • 1875 – Mixail Kalinin (1946) – Sovet siyosatchisi, «Butunittifoq oqsoqoli».
  • 1887 – Sumner Jeyms Betcheller (1955) – amerikalik biokimyogar, Nobel mukofoti sohibi (1946).
  • 1888 – Xose Raul Kapablanka (1942) – kubalik shaxmatchi, diplomat, 3-jahon chempioni (1921-27).
  • 1896 – Georgiy Jukov (1974) – harbiy arbob, sarkarda, Sovet Ittifoqi marshali (1943), toʻrt marta Sovet Ittifoqi Qahramoni (1939, 1944, 1945, 1956).
  • 1900 – Aleksandr Novikov (1976) – Sovet harbiy qo’mondoni, havo marshali, ikki marta Sovet Ittifoqi Qahramoni.
  • 1912 – Jorj Emil Palade (2008) – amerikalik biokimyogar (millati rumin), Nobel mukofoti sohibi (1974).
    -1913 – Krishan Chandar (1977 ) – Hind yozuvchisi va jamoat arbobi. 
  • 1917 – Indira Gandi (1984) – Hindistonning uchinchi bosh vaziri.
  • 1917 – Nuriddin Muhitdinov – o‘zbek davlat va siyosat arbobi.
  • 1937 – Tamara Yunusova – raqqosa, O’zbekiston xalq artisti (1973).
  • 1949 – Muhsinjon Ashurov – Fizik olim.
  • 1954 – Abdulfattoh Sisiy – Misr prezidenti.
  • 1981 – Baxit Sarsekboyev – bokschi, xalqaro miqyosdagi sport ustasi (2002), «Oʻzbekiston iftixori» (2002).
  • 1999 – Yevgeniya Medvedeva – rossiyalik figurali uchish ustasi, jahon chempioni (2016, 2017), ikki karra Olimpiya o’yinlarining kumush medal sohibi (2018).
  • 2002 – Zaynab Dayibekova – qilichboz, O’zbekiston terma jamoasi aʼzosi.