2 iyun kun tarixi

? BAYRAMLAR:

? Butunjahon ovqatlanish buzilishiga qarshi kurash kuni.

? MILLIY BAYRAMLAR:

?? Shveysariya, ?? Litva – Otalar kuni.
?? Italiya – Respublika kuni.
?? Vengriya – Oʻqituvchilar kuni.
?? Turkmaniston – To’qimachilik sanoati xodimlari kuni.
?? Islandiya – Dengizchilar kuni.
?? Kanada – Kanada kuchlari kuni.
?? Kanada – Dekoratsiya kuni.
?? Ozarbayjon – Fuqaro aviatsiyasi kuni.
?? AQSh, ?? Ukraina – Milliy saraton kasalligidan omon qolganlar kuni.
?? Tojikiston – Chakana savdo, maishiy xizmat ko’rsatish va kommunal xizmat ko’rsatish korxonalari xodimlari kuni.
?? Ukraina – Mahalliy sanoat xodimlari kuni.
?? Ukraina – Suv resurslarini boshqarish xodimlari kuni.
?? Bolgariya – Xristo Botev kuni.
?? Rossiya – Sohilni tozalash kuni.
?? Butan – To’rtinchi Druk Gyalponing toj kiyish kuni.
?? Hindiston ‐ Telangana kuni.

? VOQEALAR:

  • 1183 – Gempey urushi paytida Kurikara jangi sodir bo’lgan
  • 1474 – Kremlda tugallanmagan Uspenskiy cherkovi qulab tushdi.
  • 1625 – Ispaniyada Spinola qoʻmondonligidagi qo‘shin 9 oylik qamaldan so‘ng Breda shahrini ishg‘ol qildi.
  • 1652 – Xmelnitskiy qo’zg’oloni: Batog jangi bo’lib o’tdi.
  • 1800 – Napoleonning Ikkinchi Italiya kampaniyasi: fransuzlar Milanni qo‘lga kiritishdi.
  • 1842 – Gogolning „Oʻlik jonlar“ romani nashr etildi.
  • 1848 – Pragada Slavyan kongressi ish boshladi.
  • 1851 – Meyn (AQSh) birinchi bo’lib o‘z hududida “quruq qonun“ (suxoy zakon) ni joriy qildi.
    1857 – Virjiniya shtatidan Jeyms Gibbs bitta ipli tikuv tikuv mashinasini patentladi.
  • 1896 – Rossiya va Xitoy o’rtasida Xankoudagi rus konsessiyasi to’g’risida kelishuv.
  • 1896 – Italiyalik Guglelmo Markoni AQShda radioni patentladi.
  • 1910 – Gollandiyaning Yangi Gvineyasida Pigmey qabilasi topildi.
  • 1924 – AQSh ning hamma hindulari fuqarolik olishdi.
  • 1946 – Italiya Qirolligidagi referndumda mamlakatning Respublika boʻlishiga koʻpchilik ovoz berdi.
  • 1953 – Yelizaveta II Buyuk Britaniya Qirolichasi boʻldi.
  • 1955 – Boyqo‘ng‘ir (Байконур) kosmodromiga asos solindi.
    -1962 – Novocherkasskdagi qonli voqealar.
  • 1973 – Amsterdamda Vinsent van Gog muzeyi ochildi.
  • 2003 – Boyqo‘ng‘ir (Байконур) kosmodromidan „Mars-ekspress“ kemasi uchirildi.
  • 2010 – Kumbriya qirg’ini (Buyuk Britaniya). Derrik Berd 12 kishini otib tashlagan, 25 kishini jarohatlagan va keyin o’z joniga qasd qilgan.

? TAVALLUDLAR:

  • 1740 – Donasyen Alfons de Sad (1814) – fransuz yozuvchisi va faylasufi, zodagon, sadizm asoschisi.
  • 1743 – Alessandro Kaliostro (Juzeppe Balzamo, 1795) – italyan grafi, astrolog, mistik va avantyrist.
  • 1843 – Mixail Pevsov (1902) – rus sayohatchisi, Markaziy va O‘rta Osiyoda tadqiqot olib borgan.
  • 1857 – Karl Gjellerup (1919) – Daniyalik yozuvchi, Nobel mukofoti sohibi (1917).
  • 1904 – Jonni Vaysmyuller (1984) – amerikalik suzish ustasi, besh karra olimpiada chempioni, 67 ta jahon rekordini o‘rnatgan.
  • 1909 – Abdurauf Boltayev – aktyor, O‘zbekiston xalq artisti.
  • 1930 – Charlz Konrad (1999) – amerikalik astronavt, Oy sathiga qadam qo‘ygan uchinchi kishi.
  • 1930 – Andrey Saxarov – sovet va rossiyalik tarixchi.
  • 1940 – Konstantin II – Gretsiyaning so‘nggi qiroli (1964-1974).
  • 1942 – Eduard Malofeyev – sovet futbolchisi, sovet va Rossiya futbol murabbiyi.
  • 1952 – Uillyam Jon „Liam“ Neeson – irland millatiga mansub britaniyalik aktyor. 
  • 1961 – Liam Cunningham – irlandiyalik aktyor.
  • 1972 – Uentuort Miller – amerikalik aktyor, 
  • 1973 – Kevin Faygi – amerikalik produser va Marvel Studiosning asoschilaridan biri.
  • 1974 – Gata Kamskiy – amerikalik shaxmatchi, grossmeyster, SSSRda tug‘ilib o‘sgan.
  • 1981 – Nikolay Davidenko – rossiyalik tennischi.
  • 1988 – Serxio Aguero – argentinalik futbolchi, olimpiada chempioni.
  • 1998 – Durdona Qurbonova – oʻzbek kinoaktrisasi.
  • 2000 – Zarina Yoʻldosheva – Aktrisa.