Savol javoblar t.me/Eski_Savollar_Bazasi telegram kanalidan olingan.
101. Bu so’z siz bilan bizga juda yaxshi tanish so’z. Arabchada esa » Nozik fahm, yaxshi fikrlash » degan ma’nolarni anglatadi. Savol: bu qaysi so’z?
Javob: Zakovat
102. Bir donishmanddan so’rashibdi: «Sizga do’stingiz yaqinmi yo aka- ukalaringizmi?». Dono shunday dono javob beribdiki, bu javobdan do’sti ham, aka-ukasi xam ranjimabdi. Savol: qanday javob qilgan?
Javob: aka ukam agar menga do’st bo’lsa
103. Amerikaliklar Linkolnni juda badbashara bo’lsa ham u yerda Avraam juda chiroyli ko’rinadi – deb hazillashishadi. Linkoln qayerda juda ko’rkam ko’rinadi?
Javob: 5 $ Dollarlik pulda
104. XVI – asrda yashagan Rui Lopes nomli ispan ruhoniysi o’z shogirdlariga: «Shunday o’tiringki, quyosh raqibingizning ko’ziga tushsin» deb maslahat berardi. U nima to’g’risida maslahat berardi?
Javob: Shaxmat o’ynash
105. 1995 yili Vetnamda sichqon va kalamushlar ko’payib ketadi. Shu darajada ko’payib ketadiki, hukumat maxsus qaror chiqaradi. Maʻlum muddat restoran va oshxonalar menyusidan olib tashlashgacha borishadi. Savol: qanday taomlar olib tashlanadi?
Javob: Mushuklardan tayyorlanadigan taomlar
106. Oktavio Paz aytgan edi: «Bechora Meksika! Xudodan shunchalar uzoq va…… ga bu qadar yaqin». Nimaga bu qadar yaqin?
Javob: AQSh
107. O’rta asrlarda o’limga mahkum etilgan jinoyatchi qonli bolta ko’targan jallod yoniga olib chiqilganda o’limga mahkum odam jallodga choychaqa (pul mikdori) bergan. Jallod bu pul evaziga nima qilishi kerak edi?
Javob: bir zarbada boshini uzib tashlab oson o’ldirishi uchun
108. L.N.Tolstoyni buyuk yozuvchi sifatida bilamiz. U juda serharakat kishi bo’lgan. Yoshi 70 dan o’tganda, o’sha paytda endi ommalashib borayotgan bir sport bilan yolg’iz o’zi shug’ullangan. Xatto o’sha sportchilar jamiyatining faxriy prezidenti etib ham saylangan. Savol: qariya Lev Nikolayevich qaysi sport turi bilan shug’ullangan?
Javob: Velosport
109. Feodalizm davri Xitoyda birmuncha og’ir kechgan. Ayniqsa, dexqonlar har tanob yer uchun jonlarini berishlariga to’g’ri kelgan. Nixoyat davlat siyosati o’zgarib har bir dexqonnga foydalanishi uchun ma’lum mikdorda yer ajratib berishgan. Dexqon bu yerga sholi, makkajo’xori va boshqa ekinlar ekishi mumkin. Shartnomaga muvofiq o’sha yerning bir qismi bog’ qilinishi va shu bog’ga albatta Xitoyga hos bo’lgan bir daraxtdan ekish talab qilingan.
Savol: Xitoyga hos bo’lgan daraxtning nomini ayting?
Javob: Tut daraxti
110. Dunyoda kasblar ko’p. Lekin insonlar umrining oxirigacha bir kasbni bajarib o’tadi. Insonlar tug’ilganidan to umrining oxirigacha qanday kasbni bajarib keladi?
Javob: Aktyorlik
111. Prussiya qiroli Paganiniga sovg’a qilgan buyumida quyidagi so’zlar bayon etilgan edi: «har biri jarohatlaydi, ammo so’nggisi xalok etadi». Sovg’a qilingan buyum nima edi?
Javob: Soat
112. XX asr boshlarida bir asar qaxramonini 33 kg-mu 400 gram olma evaziga ishga qabul qiladi. Savol kimni shuncha olma evaziga ishga qabul qilishadi?
Javob: Qoravoy Shum bola
113. Marko Polo degan sayyoh Xitoyga borib, u mamlakat boyligini ifodalash uchun bir so’zni ishlatadi. XIII-XIV asrlargacha u so’z ishlatilmagan. O’sha davlat boyligini ko’pligini bildirgan bu so’z. O’sha ko’p narsani bildiruvchi so’zni nomi nima?
Javob: Million
114. Ovqat pishirganda eng ko’p isrof bo’ladigan narsa bor, o’shaning nomini ayting?
Javob: Energiya
115. Yaponiyaning jahonga dong’i ketgan bir qancha kompaniyalari mavjud va ular haqida juda ko’p eshitganmiz. Ana o’sha kompaniyalardan biri, o’tgan asrning 40- yillarining oxirida 7 kishidan iborat bo’lgan velosipedlarni ta’mirlovchi kichik kooperativ sifatida o’z faoliyatini boshlagan. Hozirgi kunda bu kompaniyaning maxsulotlarining turi juda xilma-xildir va jahonning barcha davlatlarida savdo qilinadi.
Yuqorida keltirilgan ta’rif Yaponiyaning qaysi kompaniyasiga taalluqli?
Javob: Yamaha
116. Barcha insonlar yosh go’daklarni ovutish uchun yo uxlatish uchun yonboshiga yotqizib, yelkalariga qo’llari bilan asta-sekin urib ovuntirishadi. Negadir go’dak ham tezda tinchiy qoladi. Bir o’ylab ko’ringchi, nega shu holatda bola tez ovunadi?
Javob: Bola ona qornida 9 oy yurak urishini eshitadi yelkasiga urishsa u o’zini xavfsiz sezadi.
117. Birinchi sukut saqlaydi keyin kuylay boshlaydi so’ngra handon otib kula boshlaydi va oxirida yig’laydi. Hurmatli bilimdonlar bu ta’rif nimaga berilgan?
Javob: Samovar
118. XIX asrda Qo’qon xonligida xonning shunday farmoni bo’lgan unga ko’ra, shahar maqomiga da’vogar aholi punktida, aholi soni emas aynan ularning soni 32 tadan kam bo’lmasligi muhim bo’lgan. Diqqat savol ularnig nomini toping?
Javob: Hunarmandchilik. Hunarmandlar soni
119. Yozuvchi Mirmuhsin » Cho’ri qissasi» asarida unga shunday ta’rif bergan. Uzoqdan qarasangiz u harsang toshga o’xshaydi, aslida u dashtdagi eng gavjum joy, u joyni hatto qushlar ham yaxshi tanishadi, u shu atrofdagi jonivorlar un eng yoqimli joy hisoblanadi. Diqqat savol: yozuvchi dashtdagi qaysi joyga bu ta’rifni bergan?
Javob: Sardoba
120. 1⃣. Qaysi davlatda tuya ustida o’tirib baliq ovlash qonun bn ta’qiqlangan?
2⃣. Qaysi shahr tarjima qilinganda «Farishtalar shahri» degan ma’noni bildiradi?
3⃣. Dunyodagi eng baland minora bu …?
Javob 1⃣. AQSH
2⃣. Los Angelos
3⃣. Burj Halifa
121. Nobel mukofoti laureati Gabriel Garsia Markesning «Takabburlik bilan ham mehr muhabbat qozonish mumkin» epigrafli asari qahramoni Plasida Linero fikriga ko’ra tushda nimaning «ko’rishi» faqat yaxshilik alomatidir?
Javob: Qush ko’rish
122. Alisher Navoiy o’zining «Hayrat ul abror» dostonida qaysi kasallikni «suvdagi baliqqa tikilish» bilan tuzatish mumkinligini aytgan?
Javob: Sariq kasaligi
123. Paulo Koeloning «Alkimyogar» asarida Xaridor UNI sotib olayotganida «Bunaqa narsalar xotinimning xayoliga ham kelmaydi!»-dedi. Shu kecha unikiga keladigan mehmonlarni ULAR bilan dong qoldirmoqchi ekan.Boshqasi esa u bilan choy yanada xushtam bo’lishini, Sharqda qadim qadimdan uning sehrli kuchi borligini haqida gapirilishini ta’kidlardi.
Savol: U nima?
Javob: billur piyola
124. Men dovyuraklikdan ko’ra donishmandlik afzal degan o’yda edim.Ammo X ning donoligidan nafratlanishar va uning so’zlarini tinglamas ekanlar.
Savol: Kimning …?
Javob: kambag’alning
125. Qadimgi rusda askar boshlig’i Revolutsiyadan ilgari me’ros bo’lib o’tadigan yoki alohida xizmatlari uchun berilgan faxriy unvon Revolutsiyadan oldingi Rossiyada inperator o’g’li, aka ukasi yoki nabirasining unvoni O’rta asrlarda Hindistonda viloyat hokimi kim deb yuritilgan?
Javob Knyaz
126. U kimdir uchun ofat
Yana kimdir uchun baxt,
Yana kimdir uchun esa or nomus himoyachisi(Ufqda)
Birovlar uchun vijdon yechimi (Chinorda)
Kimlargadir visol go’shangasi(I Q)
Kim uchundir tarbiya mevasi(P)
Yana kimgadir bemehrlik nafray oynasi (( A B) Tohir Malik)
Savol: Nima?
Javob: o’lim
127. Bu mahsulot dunyoda aynimaydigan yagona mahsulot hisoblanib,Misr firavnlari sag’analarida topilganida uni tatib ko’rgan arxeologlar uni yesa bo’ladi, deb baholashgan.
Savol: Bu qaysi mahsulot?
Javob: asal
128. Ular o’liklarni ko’mishmas, ochiq osmon qo’yniga qoyib ular chirib ketgunga qadar o’sha joyda saqlashar, keyin suyaklarni esa «Ostadon» ga saqlashar edi
Savol : Ular kimlar …?
Javob: zardushtiylar
129. Erkaklarda uchraydigan ushbu yetishmovchilikni asl sababchilari ayollardir. Erkaklar bu yetishmovchilikdan doimo siqilib yurishsa, ayollar unchalik Ham e’tibor berishmaydi. Savol: u qanday erkaklardagi yetishmovchilik?
Javob: Tepakallik
130. Antik dunyo teatrida bir udum bo’lgan. Niqob bilan rol o’ynash. Antik teatrlar juda katta maydonlarda qo’yilar edi. Aktyorning yuz ifodasi tomoshabinlarga yetib bormagani bois, niqobda o’ynash tomoshabinga ham qulay edi. U salbiy yo ijobiy qaxramon ekanligi niqobdan ko’rinib turar edi. Niqobda rol o’ynash aktyorlar uchun ham qulay edi. Savol: u qanday qulaylik?
Javob: Niqobning aktyor uchun qulayligi aktyorlar bir pesada bir necha rollar o’ynashlari mumkin bo’lgan.
131. Ilgari xonlar saroylarida Bakovullar bo’lgan. Savol Bakovullar Qanday vazifani bajarilgan?
Javob: Ularning saroyda bitta vazifalari bo’lgan: xonga tortiladigan taomlarni taʻmini totib berishgan. Taom mazasi yoki unga zaxar solingan yo solinmaganini bilib yuruvchi kishilar bo’lishgan
132. Bilasiz, quldorlik davrida qullarga juda past munosabatda bo’lishgan. Ammo Parfiya davlatida qullarga do’stlarcha munosabatda bo’lishgan. Savol nima uchun?
Javob: Chunki bu davlat armiyasining asosini qullar tashkil etgan. Harbiy Qo’shni juda katta kuch bo’lgani uchun ham ulardan cho’chishgan.
133. Ilgaridan o’zbeklar imorat solishganda, negadir to’sinni toq tashlashadi, ya’ni 7 ta, 9 ta va hakoza. Buni albatta ramziy ma’nosi bor. Nima uchun to’sinlar toq tashlangan?
Javob: Bundan maqsad o’sha uyning erkagi ham oilaning to’sini, suyanchig’i, ya’ni to’sinlarning jufti mana shu erkak hisoblangan.
134. Aleksandr Dyumaning “45” romani qahramoni qariya, faylasuf Deymosning fikrini yozib oling. “Men 2 ta buyuk eritmani bilaman, 1-chisi toshni eritadi, 2-chisi g‘ururni eritadi. Har ikkala eritma nomini toping.
Javob: 1-chisi suv toshni eritadi. Gʻururi baland insonni vaqt g’ururini ravon qiladi. Bu erda g’ururni eritmasi ramziy maʻnoda – eritma deb atagan. Albatta inson g’ururini eguvchi suyuqlik yo’qligi tayin.
135. O’zlari sport mutaxassisi bo’lganlari uchun u kishini sport tarixi qiziqtirar ekan. 1891 yildan AQShda basketbol o’yinidan musobaqalar o’tkazila boshlangan. Maydonda 2 ta jamoa aʻzolari va hakamlardan boshqa yana 2 kishi ham bo’lgan. Aytingchi, ular maydonda qanday vazifani bajarishgan?
Javob: Basketbol biroz takomillashgandek, so‘ng ularni xizmatidan voz kechilgan. Avval boshda basketbol to‘pini haqiqiy savatga joylashgan tagida teshik bo‘lmagan. Ular 2 ta ustida savatga tushgan to‘plarni olib berib turishgan.
136. Chilidagi mayya qabilasi bilan eskimoslarni ham hayotlari o’xshash. Ikkalasi ham dengiz bo’yida yashaydi. Ikkalasi ham ovchi, chorvador. Ammo dehqonchilik borasida mayya qabilasi ustaroq. Chunki eskimoslar tundrada yashashadi, ular dehqonchilikni eplay olishmaydi. Savol: umuman boshqa narsa xususida mayya qabilasidagilar qoyillatib bajargan bir ishni, hunarni, eskimoslar umuman bilishmaydi. Savol: qaysi hunarni?
Javob: Suzish
137. Buyuk Britaniya, Niderlandiya, Lyuksemburg, Chad, Portugaliya, Shvesiyada u joyda ayollarga joy topilgan. AQSh, Belgiya, Rossiya kabi davlatlarda esa yo’q. Savol qayerda?
Javob Banknotalarda. Ya’ni ayollar surati bilan bog’liq
138. Polyak xalq afsonasiga ko‘ra, Visla daryosi bo‘yida yashagan bir eru- xotinni asosiy vazifasi, odamlarni u qirg‘oqdan bu qirg‘oqqa olib o‘tib qo‘yish bo‘lgan. Ularni ismi…….. Xotinini ismi Sava bo‘lgan. Erini ismi nima bo‘lganligini siz topasiz?
Javob: Erni ismi Var yoki Vars bo‘lgan. Ularni qayiqlari turgan joyni Var bilan Savaning joylari deb atashgan. Borib-borib bu joy Varshavaga aylangan.
139. Ushbu savolga maksimal aniqlikdagi javobgina qabul qilinadi. Hindlar shaxmatda bu figurani turgan joyidan bir qadam oldinga va dioganal bo’yicha to’rtta tarafga bir qadamdan yurgizishgan. Savol bu qaysi shaxmat figurasi va nima uchun shunday harakatlantirishgan?
Javob: Fil
140. U 1919 yili 10 fevral kuni Alyaskaning Nom shahrida dunyoga kelgan. Bir necha yil shaharga oziq-ovqat olib kelish bilan shug‘ullangan. Hayotining so‘nggi damlarini Klivlendda o‘tkazdi. Nyu-Yorkda unga o‘rnatilgan haykal tagida uchta so‘z bo‘lib, ulardan biri “chidamlilik” so‘zidir. Savol: uni toping.
Javob: Balto
141. Franklin o‘z biznesidan tashqari poygachi otlarga juda qiziqqandi. Tennesi shtatidan yer sotib olib 30 ta otxona, poyga uchun trek, hayvonlar uchun ko‘rgazma maydoni tashkil qilgan. O‘limidan keyin bo‘lsa ham 1940 yilda uning xo‘jaligidan Gallahadion (Gallaheydon) laqabli ot “Kentukki Derbi” poygasida g‘alabaga erishdi. Savol, Franklinning eng mashhur brendini toping.
Javob: Snikers
142. Sevimli shoirimiz Sirojiddin Sayyidning ushbu she’ri bilan bugungi o‘yinimizni boshlaymiz: Diqqat, savolda o‘zgartirish bor.
Yarqiragan tog‘larimni
Oq tumanlar qurshab ketdi.
Ko‘kka qarab chopgan yo‘llar
Endi bari nishab ketdi.
Daraxtlarim horiganday,
Bir-birini ushlab ketdi.
Dil bog‘iga kirdi kuzak,
Kecha xazon to‘shab ketdi.
Ko‘zlarimning atroflari
Ariqlarga o‘xshab ketdi.
Til gohida ta’til so‘rar,
Tish ham ishdan bo‘shab ketdi.
Ushbu she’rda ikkita so‘z til va tish so‘zlari bilan almashtirilgan. Shu ikkala so‘zni ayting.
Javob: Bosh va soch
143. AQSHning Luiziana shtati fuqarosi Uilbert Raydo “Layfer” nomi shaxsiy gazetaning egasi sanaladi. 2000 yili u tomondan ishlangan film Amerika kinoakademiyasi tomonidan “Oskar” mukofotiga tavsiya etiladi. Lekin unga mukofot nasib etmadi, buning eng katta sabablaridan biri shunda ediki, Uilbertga mukofot bilan birga yana bir qimmatli narsani berishga to‘g‘ri kelardi. Savol quyidagicha, o‘sha qo‘shimcha mukofot nima edi?
Javob: ozodlik
144. Polineziya orollarida alfalarga cho’chqa go’shti, toshbaqa go’shti, tunets balig’i, tovuq kabi lazzatli taomlar iste’mol qilish man etiladi. Kimlar haqida gap ketdi?
Javob ayollarga
145. Afrikadagi Sahroyi Kabirda yasho’vchi Tubu qabilasida qiziq maqol bor : » Tubuga har kuni alfaning 1 ta mevasi ham yetadi. – Ertalab uning po’chog’ini,
-Kunduzi etini,
-Kechqurun esa danagini yeydi » .
Afla nima?
Javob: Xurmo
146. Bu narsa bizni yanada ko’rkamroq ko’rinishimizni ta’minlaydi. U dastlab 1470-yilda paydo bo’lgan. Lekin 1890-1894-yillardan boshlab hozirgi ko’rinishiga ega. Nima haqida gap ketdi?
Javob: dazmol
147. Bu narsa bizni yanada ko’rkamroq ko’rinishimizni ta’minlaydi. U dastlab 1470-yilda paydo bo’lgan. Lekin 1890-1894-yillardan boshlab hozirgi ko’rinishiga ega. Nima haqida gap ketdi?
Javob: dazmol
148. Indoneziyada Bali orolida yashovchi har bir inson umrida 3 marotaba ibodatxonaga zambilda keltirilar ekan.
1- marta qiz yoki bola balog’atga yetganida.
2- marta nikoh to’yi bo’layotganida.
3- martasini esa siz ayting?
Javob: O’g’il farzandli bo’lganida
149. Yer yuzida ular soni 6000 tacha degan taxminlar ham bor. Ammo har yili ular ichidan 25-30 tasi yo’q bo’lib bormoqda. Borib borib yo’q bo’lib ketadi dersiz? -Yo’q. Yer yuzida hayot bor ekan u yo’q bo’lmaydi. Savol: U nima?
Javo. Til. Язык
150. Qirg’iz xalq maqolidan. Men uni qornini to’ldirib chiqarib yuborsam, uyga bo’m-bo’sh qaytib keladi. Siz ham ertalab uydan chiqishingizda 1 qarasangiz u to’la bo’ladi. Uyga qaytib kirib qarang, yana bo’m-bo’sh. Hammamizda bor bo’lgan ochofatni sandiqcha ichiga solib qo’yganmiz. Savol : sandiqcha ichida nima bor?
Javob: Poyabzal
151. Moviy ko’llari va daryolarining betakror go’zal manzarasi, bu davlat qarag’ayining nafis, yam-yashilligi tufayli bu davlatni qadimdan. «Tonggi musaffolik mamlakati» deb atashadi. Gap qaysi davlat haqida ketmoqda?
Javob: Korea
152. «Kristallos» so’zi yunonchada tarjima qilinganda qanday ma’no anglatadi?
Javob: Muz
153. Xaros Mann yozgan : U arqonga o’xshaydi. Biz uni kundan kunga bittadan o’qib boraveramiz. Ohir oqibat uni uzish uchun bizning kuchimiz yetmay qoladi. So’nggi savol Xaros Mann u deb nimani nazarda tutgan?
Javob: odat
154. Ro’yxatni eshiting:
237000 fotosurat olinadi.
4000 chashka qahva yoki 18000 piyola choy damlanadi.
950ta sms yoziladi.
1 dona injil nashr etiladi.
Diqqat savol. Yuqoridagilarning barchasini birlashtirib turuvchi ikki so’zni ayting.
Javob 1 soniya
155. Islandiyaliklar o’zlarini judayam aqlli deb hisoblaydilar. Bu bejiz emas. Sababi Islandiyada har 1 millionta odamga 3ta «U» to’g’ri keladi. Diqqat savol. U-?
Javob: Nobel mukofoti
156. Bundan deyarli 10 yilcha avval issiq yoz kunlarining birida Portugaliyaning Lissabon shahrida bir ajoyib tadbir tashkil etiladi. Ushbu tadbirda Krishtianu Ronaldu, Jennifer Lopes, UNESCO sobiq bosh direktori Federiko Mayor, kosmonavt Nil Armstronglar ham qatnashadi. Tadbirdan tushgan mablag’ Afg’onistondagi vayron etilgan Budda haykalini tiklash uchun aarflanadi. Diqqat savol. Yuqoridagi tadbir qanday ekanligini tushingan bo’lsangiz unda g’olib bo’lganlar ichidan kamida ikkita Osiyo vakilini ayting?
Javob: Buyuk Xitoy devori
157. Uning «dunyoga kelishi» haqida turlicha fikrlar mavjud. Ba’zilar uning Suriyada «tug’ilganini» aytsalar, qolganlar turkiyada «tug’ilgan» deydi. Yana bir manbaga ko’ra Muntadar uni Misrda uchratgan. Ammo Muntadarning akasi Darg’amning aytishicha u Iroqlik emish. Xullas uning taqdiri ayanchli uning qayerlik ekaniga aniqlik kiritish imkonini bermagan. O’z qurboniga intilgandan so’ng u AQSH xavfsizlik xodimlari tomonidan tilka pora qilib tashlanadi. Diqqat savol. Uning o’sha mashxur qurboni-?
Javob: Jorj Bush.
Izoh. Gap mashxur Bush tuflisi haqida ketayotgandi. U shunchalar mashxurlashib ketganki, hamma bu tuflini o’ziniki qilishga intilgan. Ammo uning qayerda ishlab chiqarilganini bilish imkonsiz edi. Sababi undan portlovchi modda izlagan xavfsizlik xodimlari uni tilka pora qilib tashlaydi.
Ma’lumot uchun. Bu tuflini o’ziniki deb e’lon qilgan «Bayden shoes» turk firmasiga zakaz shu qadar ko’payib ketadiki qo’shimcha 100nafar xodim yollaydi. Hatto Iroq va AQSHdan ham zakazlar bo’lganligi aytiladi.
158. Noqonuniy tug’ilgan bu bolakayning yoshligi qiyinchiliklar bilan o’tadi. Onasidan yetim qolgach esa kambag’allar uchun boshpanalarda yashashga hamda tasodifiy kundalik maoshlarga kun ko’radi. Aynan shu paytlarda o’zining bir qancha akvarellarini sotadi. Ammo mazkur qiyinchiliklar uning buyuk shaxs bo’lib yetishishiga to’sqinlik qilolmaydi. Urushda muvaffaqiyatli qatnashib bir qancha ordenlarni ham qo’lga kiritadi. Diqqat savol. Bu bolakay kim?
Javob: A.Gitler
159. Uning razmeri 157×67 mm bo’lib, old tomoni kulrang, orqa tomoni yashil rangda. XVIII asr oxirlarida uning tarkibida 1,6 gr sof oltin yoki 24,06 gr sof kumush bo’lgan. Keyinchalik bu miqdor yo’qolib ketgan. U ko’pchiligimiz uchun sevimli. Yana qolgan ko’pchiligimiz uning sevimliligini o’zimizcha rad etamiz. Diqqat savol. U-?
Javob: AQSh dollari
160. U ishlab chiqarilganda 349donagacha ishlab chiqariladi va oldindan maxsus zakaz bergan kishilargagina yetkazib beriladi. U boshqa bir kompaniya tarkibida bo’lsada, obro’ jihatdan manaman degan korporatsiyalar bilan tenglasha oladi. Bundan tashqari yuqoridagi 349 kishining oxirgisi albatta italyan bo’lishi shart. Diqqat savol. U-?
Javob. Ferrari.
U sanoqli ishlab chiqariladi hamda unga erishish uchun oldindan zakazlar beriladi. Partiyalarining maksimal miqdori 349 ta ekan. Vatanparvarlik jihatidan so’nggi mijoz albatta italyan bo’lishi kerak ekan. Aytgancha, Ferrari Fiat tarkibiga kiradi.
161. Uning otasi AQSH prezidenti Reyganni ham aktyor ham siyosatchi sifatida hurmat qilardi. Shu sababli o’g’liga uning sharafiga ism bermoqchi bo’ladi. Ammo onasiga boshqa ism ko’proq yoqardi. Oxir oqibat ikkalalari murosa qiladilar va farzandlariga shu ismni berishadi. Diqqat savol. Bu inson kim edi?
Javob. C.Ronaldo
162. Premyer liga o’yinlaridan birida muhlislar tomonidan kamdan-kam uchraydigan bir ish amalga oshiriladi. Yaqindagina onasi vafot etgan darvozabonga hamdardlik bildirish uchun hattoki M.Yu ning sodiq muhlislari ham o’zlari uchun naqadar og’ir bo’lmasin kuylashga majbur bo’lishadi. Diqqat savol. Nimani?
Javob: You will never walk alone yoki Liverpool madhiyasi
163. «Hayrat ul-abror» dagi maqolatlarning birida to’g’rilik haqida so’z yuritiladi. Unda aytilishicha «X to’g’ri bo’lganligi uchun so’fiylar uni yaxshi ko»rishadi. Agar u egri bo’lsa, tanbeh uchun qulog’i buraladi» deyiladi. Boshqa bir hikoyada esa X bir insonning sirini hammaga oshkor qiladi. Diqqat savol. X-?
Javob. Nay.
Izoh. Iskandarning shohi borligi haqidagi qissada qamishdan yasalgan nay uning sirini oshkor etgandi. Nayni ovozi yaxshi chiqmasa sozlash uchun qulog’i buralarmish.
Manba: «Hayrat ul-abror» dostoni
164. Qadimgi Xitoyda odam o’ldirganlar turlicha jazolangan. Ayol kishini o’ldirganlar o’limga hukm qilingan bo’lsa, erkak kishini o’ldirgan odam bir xonaga umrbod qamab qo’yilgan. Bu Qadimgi Xitoyda mavjud bo’lgan bir qoida bilan bog’liq edi. Keyinchalik bu qoida bekor qilingach erkak kishini o’ldirganlar uchun ham o’lim jazosi belgilanadi. Diqqat savol. O’sha bekor bo’lgan qoidani ayting.
Javob. Ayol kishi eri o’lgach qayta turmushga chiqmasligi.
Izoh. Erkak kishini o’ldirgan odam ayol kishini umrbod yolg’izlikka mahlum etardi va aynan shu sababdan o’zi ham shunday yolg’izlikni his qilishi uchun bir xonaga umrbod qamab qo’yilardi. Keyinchalik ayollarga qayta turmush qirishga ruxsat beriladi.
165. Tarixchi professor Neudning huzuriga talabalaridan biri qog’ozda yozilgan xatni olib keldi. Talabaning aytishicha bu xat shishaning ichida bo’lgan va uni dengizdan topib olishgan. Professorni mot qilmoqchi bo’lgan talabalar bu xar qaysi kemaning kapitani tomonidan yozilganligini so’rashadi. Xatda shunday yozilgandi:
«Mening kemam juda katta va antiqa. Unda hamma narsa mavjud. Hech narsa bilan savdo qilmayman. Hech narsani boshqasiga alishmayman. Duch kelgan shamolga bo’ysunib ketaveraman. Borar manzilim qayerligini ham umuman bilmayman. Ammo anchadan beri quruqlikka chiqishga mushtoqman.» Professor Neud xotirjamlik bilan mazkur savolga javob berdi. Diqqat savol. Bu kemaning kapitani kim edi?
Javob: Nux alayxissalom.
166. Peterburgdan hikoyalar.
Avvaliga «U» janob Lemarjga uncha e’tibor qaratmadi. Ammo xushchaqchaq va so’zamol bu yosh janob tobora Annaning e’tiboriga tushib bordi. «U» bor kuchi bilan Annaning e’tiborini tortishga harakat qilar, Anna esa bahona topib janob Lemarj tomon oshiqardi. O’sha kungi oqshomda esa Lemarj janoblari uning bilimsizligi ustidan ochiqchasiga kuladi: «Hijolat bo’lmang janob. Sizdan yaxshigina adabiyotchi chiqsa kerak». Tez orada janob Lemarj va Annaning to’ylari bo’ladi. «U»ni ham taklif etadilar. Ammo u kasalligini bahona qilib to’yga bormaydi. Diqqat savol. Mazkur hikoyaning mashxur qahramoni bo’lgan «U»-kim?
Javob: Alfred Nobel.
Izoh. Janob Lemarj o’sha mashxur matematik (aslida mashxur bo’lmasada, matematiklarga nobel berilmasligiga sabab bo’lgan inson)
167. Ushbu so’zning ma’nosi lotinchada «vassalning yer mulki» degan ma’no anglatishi ko’pchiligimizga qorong’u bo’lsa kerak. Ba’zi xorijiy mamlakatlarda o’rta ma’lumotga ega bo’lib, oliy o’quv yurtiga kirib o’qish huquqiga ega bo’lgan shaxs shunday ataladi. Bizning ichimizda ham bunday nomga erishganlar ham borligini bilgan holda o’sha biz so’rayotgan so’zni ayting.
Javob: Bakalavr.
Manba. O’zbekiston Milliy ensiklopediyasi. B harfi.
168. Bir yapon firmasi o’zining tez tayyor bo’ladigan makaron mahsulotlarini (rolton kabi) reklama qilarkan bir mashxur jamoa a’zolarining 3tasidan foydalanishdi. Ular ushbu makaron mahsulotlarining juda tez pishishini reklama qilarkan reklama posterida «Biz 3 daqiqani sevamiz» degan yozuvni ko’rishimiz mumkin edi. Diqqat savol. Ushbu jamoani va ularning 3 daqiqani sevishlariga sabab bo’lgan voqeani ayting.
Javob. Manchester Yunayted.
1999-yilgi ChL finalini so’nggi 3 daqiqada yutib olgandi.
169. X-dastlab Xitoyda 7-9 asrlarda yetishtirilgan. Xning eng ko’p tarqalgan turi sherbosh, vual dum, kometa, diakin. Shuningdek X-o’zbek xalq ertaklaridan biri. «Qalandar va Samandar», «Suhrob bilan Muzrob», «Sohibjon va Ahmadjon» kabi ertaklarda bosh qahramonning yaqin yo’ldoshi. Shuningdek, karaslarning eng kenja turi X deb ataladi. Diqqat savol. Xni 2 so’z bilan ayting.
Javob. Oltin baliq.
170. Marketingda «X uchun nutq» degan tushuncha mavjud bo’lib, bu loyiha konsepsiyasi haqidagi qisqacha nutqni anglatadi hamda uzog’i bilan 30-40 sekund davom etishi va ko’pi bilan 100-150 so’zdan iborat bo’lishi kerak.
O’tgan asrning 60-yillarida «Deportiva la Korunya» jamoasi bir necha marta segundaga tushib primeroga qaytib chiqavergani uchun mutahassislar klub tarixidagi bu vaqtni «Xdagi davr» deb atashadi. Diqqat savol. X-?
Javob. Lift.
171. Diqqat ro’yxatni eshiting.
-Duxi Chanelle N5;
-Zajigalka Zippo Solid Brass;
-Emmenatal pishlog’i;
-Lui Vuitton Alma sumkalari;
-Roleks Oyster Perpetual soatlari;
-50 yevrolik banknotalar.
Mazkur ro’yxatdagi mahsulotlar eng, eng, eng degan ro’yxatga aynan SHUNDAY yo’nalishda kirganlar. Diqqat savol. Qanday?
Javob. Eng ko’p sohtalashtiriladigan.
Yuqoridagi ro’yxatdagi brend nomlaridafi ba’zi xatoliklar ham bejiz emasdi. Ular aynan shu tarzda sohtalashtiriladi.
172. X-Nijniy Novgorodda bo’lib o’tadigan xalqaro dizayn festivali nomi.
X-Krasnoyar metropolitenidagi rejalashtirilayotgan stansiyalardan biri.
X-jargonda «uchrashuv».
Va nihoyat X-o’tgan asrning o’rtalarida yerga qaytganlardan biri.
Diqqat savol. X-?
Javob. Strelka.
173. Xiva tarixiy va turistik shahar bo’ib unda ko’plab qadimiy binolarni ko’rishimiz mumkin. Binolarning bugungi kungacha asl holida saqlanib qolishiga sabab esa o’sha davrdagi quruvchilar ma’lum masofada (g’isht qatorida) gishtlarning orasiga «X» dan to’qilgan qatlam qo’yib ketishgan. Savol: «X» nima?
Javob: qamish.
Izox: qamishdan doroshkaga o’xshatib to’qib chiqishgan va uni g’ishtlarning orasigi to’shashgan u esa devorni namdan himoya qilgan.
174. G’arblik yovvoyi tabiat shaydolari shaharlardagi daraxtlarda maxsus qushlarga ovqat solinadigan supachalar yasashdi. Do’konlarda esa qushlar uchun ozuqalar sotiladi. Kanadaning » Oliver Brothers» firmasi tarkibiga qalampir qo’shilgan maxsus ozuqa ishlab chiqaradi. Bundan ikkita amaliy maqsad ko’zlangan.
Birinchidan: Qalampir qushlar uchun judayam foydali.
Ikkinchisini siz ayting.
Javob: Olmaxonlar yeb ketmasligi uchun.
175. Kirobo nomli robot inson bilan suhbat qura oladi. Xatto insonni kuldirishi ham mumkin. Ushbu robot asosan insonga bu ishni qilishga yo’l qo’ymaslik maqsadida yaratilgan. Keng tarqalgan versiyalardan biriga ko’ra bu ishni Viktor qilgan. Diqqat savol: Bu ishni qaysi ikkita so’z bilan almashtirdim?
Javob: Rulda uxlash.
Izox: Viktor Tsoy ham rulda uxlab qolish oqibatida vafot etgan deyishadi.
176. Oskar Uayldning aytishicha » Erkak kishida uning yo’qligi, hamda ayol kishida uning mavjudligi ular o’rtasidagi romanga zarar keltiradi».Bu yerda ishqiy roman nazarda tutilayotganini hisobga olgan holda Uni ikkita so’z bilan ayting.
Javob: Yumor xissi
177. Tbilisi shahrining KVN jamoasi bir KVN uchrashuvida o‘zlarining chiqishlarini bir ashula bilan tugatishadi. Bu ashula bitta so‘zdan iborat bo‘lib bir necha bora takrorlanardi. Rossiya telekanallaridagi bir ko‘rsatuv nomi ham ushbu so‘z bilan boshlanadi. Savol qaysi so‘z bilan?
Javob: Poka.
Izox: Poka vse doma!
178. «100ta buyuk ixtiro» nomli ko’rsatuvda Uni musiqa notalariga qiyoslaydilar. Bir hazilga ko’ra Uning ixtirochisi budilniklardan nafratlanarkan. Diqqat savol. U-?
Javob. Davriy jadval.
179. Bir mashxur chet el romanida C nomli bo’lim mavjud. Ammo undan oldingi bo’lim B yoki A deb nomlanmagan. Diqqat savol. Shundan kelib chiqqan holda C bo»limidan oldingi bo’lim qamday nomlanganini toping.
Javob. XCIX yoki IC
Izoh. Ma’lumki C-rim raqamlarida 100ni anglatadi. Tabiiyki undan oldingi bo’lib 99 deb nomlanadi.
180. 2014-yil chiqqan bir karikaturada Angela Merkel, Fransua Olland, Vladimir Putin hamda Fedor Poroshenko kabi davlat rahbarlari X asrda Yevropani titratgan bosqinchilar qiyofasida tasvirlangandi. Ular qo’llarida qalqon va qilich tutgancha «Biz qaytdik» deyotgandi go’yo. Diqqat savol. Mazkur karikatura qaysi voqea munosabati bilan chiqarilgan?
Javob. Normann 4 ligining tuzilishi.
181. Bir olimdan so’rashibdi:
-Ustingizdan kulganlarda qanday qilib chidab turasiz.
Olim esa javob beribdi:
-Nima qibdi axir bu «u ishni qilishlaridan» yaxshiroqku.
Diqqat savol. Qanday ish?
Javob. Ustimda yig’lashlaridan
182. Omadli omadsiz. Yaqingacha Leanardo di Kaprioni shunday atashardi. Nihoyat u maqsadiga erishdi. Yoki 2008-yildan muvaffaqiyatli yurishini boshlagan Ispaniya terma jamoasi ham shu paytgacha omadli omadsiz deb atalardi. Mashxur fizioximik olim bo’lgan Luis Gilbert Nyutonni ham biz shundaylar sirasiga kiritishimiz mumkin. Diqqat savol. Aynan 30 soni bilan bog’liq uning omadli omadsizligini aytib bering.
Javob. Uning nomzodi 30 marta Nobel mukofotiga qo’yilgan. Ammo hech qachon u bu mukofotni yutolmagan.
183. Bir kuni bir odam ulug’ donishmandlardan birining oldiga kelib savol berdi:
-Xurmatli janob, aytingchi, odamzodning qancha aybi bor ekan?
U donishmand javob berdi:
-Odamzotning ayblari shunchalar ko’pki, ularni sanab sanog’iga yetolmaysiz. Ammo insonda bir xislat borki, u inson bolasining barcha ayblarini yopib turadi.
Diqqat savol. Donishmand aytgan o’sha xislat qaysi?
Javob. Tilni tiyish.
184. Yapon xalqi ajoyib odatlariga ega. Buni bilasiz. Xattoki yapon futbolchilari ham bunday odatlarga rioya qiladi. Yapon futbolchisi Shinji Kagava ham o’z xalqining odatiga xilof ish qilmasdi. U ham har kuni ertalab Manchester Yunayted klubi bazasiga yetib kelgach, jamoadoshlarining ko’z o’ngida «bu ishni qilganligi»ni bir necha marta ko’rishgan. Yaponiyada har bir ishchi har kuni ertalab «bu ishni qilishi» haqida qonun bo’lmasa-da, lekin bu ularning odatiga aylanib ulgurgan. Fiqqat savol. Shinji Kagava har kuni ertalab nima qilgan-?
Javob. Manchester Yunayted madhiyasini kuylagan.
Yaponlar har kuni ishga kelgach o’zlari ishlayotgan ishxona madhiyasini kuylashlari shart.
Glory glory Manchester United❤️
185. Yurak huruji yuz beradigan joylar haqida o’tkazilgan tadqiqotlarga ko’ra, «BUNDAY JOYLAR»da bugungi kungacha butun dunyoda 250ga yaqin yurak huruji tutish holatlari aniqlangan. Agar ularga ularni «BOSHQA JOYDA»ko’rib turganlarni ham qo’shsak, bu sonlar yana bir necha yuz kishiga ortsa kerak. Diqqat savol. «BUNDAY JOYLAR» hamda «BOSHQA JOYDAN» o’rnidagi 2 so’zni toping.
Javob. Stadion va televizor.
186. AQSH, boshqa sport turlarini bilmadimku, lekin basketbol bo’yicha N1. MBAda o’ynaydigan basketbolchilar o’zlarini boshqa basketbolchilardan, MBA esa o’zini boshqa assotsatsialardan bir bosh ustun deb hisoblaydi. Balki shuning uchun ham MBAda ushbu standart 6,7 ni tashkil etadi, garchi xalqaro standart 6,25 bo’lsada. Diqqat savol. Ushbu standart nimani belgilaydi.
Javob. 3 ochkolik hududni.
Shu orqali ular o’zlarining ustunligini yana bir bor ta’kidlaydilar. Sonlarni yonida esa metr o’lchov birligi edi.
187. Uchta bo’lsa u ham uchta
Ikkita bo’lsa u ham ikkita
Lekin agar bitta bo’lsa umuman yo’q. Diqqat savol. U nima?
Javob: tanlash imkoni
Izoh: agar ikkitadan birini tanlash imkoni bo’lsa bu tanlov agar bu bitta narsa bo’lsa noiloj boshqa variant yo’qligi.
188. Bir bolakay ustoziga bir narsadan norozi ekanligini bayon qildi. Ustozi esa unga tasalli berib dedi:
-Nima, shu ish yomon bo’lgan deb o’ylaysanmi. Ikki kishi edilar, endi milliardlarcha bo’lishadi. Agar shu ishlar bo’lmaganda hamon yolg’iz yuraverardilar.
Diqqat savol. O’sha o’quvchi nimadan norozi bo’lganini aytib bering.
Javob. Odam Ato va Momo Havoning ta’qiqlangan mevani yeb jannatdan haydalganidan.
189. Bir o’ta bilimdon lekin uncha mashxur bo’lmagan odamdan so’radilar:
-Sizdagi bilimning 1/10 ega bo’lmaganlar sizdan bir necha barobar ko’proq tanildi. Buning boisi nimada?
U kishi javob berdi:
-Men «shu» uchun o’qidim, ular «shuni» uchun!!!
Diqqat savol. «shu» va «shuni» o»rnidagi ikki so’zni ayting.
Javob. Bilmoq va bilinmoq.
190. Aytishlaricha, 2-jahon urushi paytlarida uning tashqi qiyofasi haqida yolg’on ma’lumotlar tarqatilar ekan. Masalan, uning bo’yi baland, sochlari qora kabi. Diqqat savol. U-?
Javob. Yuriy Levitan.
191. Zamondoshlari uni qachonlardir dam olganini ko’rmagandilar va shu sababli uni «dam olmas» deb atashardi. Uning familiyasi o’qilsa, huddi shunday ma’no beruvchi jumlani eshitish mumkin. Diqqat savol. U kim?
Javob. Jorj Everest.
Izoh. Familiyasi ever rest deb eshitiladi. Bu esa o’z o’zidan yuqoridagi ma’noni anglatadi.
192. G’alati spektakl deb nomlangan ushbu karikaturada ko’rib turganingizdek chap tomondagi odam bo’yi kichikkina odamchaga qarab norozi oxangda baqirmoqda:
-Sen …….., nimaga sen o’smayapsan. Barcha do»stlaring katta bo’lib bo’ldi!!!
Diqqat savol. Ana shu kichik bo’yli odamning ismini toping. (Rasmdagi bo’yi kattalarning ismi-yonilg’i(fuel), non(bread) va go’sht(meat).
Javob. Maosh
193. Qisqa savol. Davriy jadvalni nomlang
Javob: Alkogollar davriy jadvali
194. Tailandda u yerda fillar, Yaponiyada qisqichbaqalar, AQSHda ayiqlar, Kanadada kiyiklar, Malayziyada esa xatto talonchi o’g’rilarni ko’rishimiz mumkin. Diqqat savol. Qayerda?
Javob. Yo’l belgilarida.
195. Robert Kiyosaki aytadi: Omadsiz, baxtsiz, bechora va kasal kishilargina BU SO’Zdan tez tez foydalanib turadigan kishilardir. Boshqa bir frazaga ko’ra BU SO’Z har doim xatolarsiz yangi «yaralish»ni anglatarkan. Diqqat savol. BU SO’Z-?
Javob: Ertaga
196. Bu qahramon bir umr unga tegishli bo’lgan narsani qidirib kelarkan. Hatto Vashington Irvingning bir asarida ham bu qahramon o’zining ahvoliga boshqalarni solarkanu ammo hech ham o’ziga mosini topolmasdi. Diqqat savol. O’sha qahramonni ayting.
Javob. Boshsiz chavandoz.
197. Fyoder Shalyapin ikki marta BU ISHNI qiladi. Birinchisi 1915 yilda ammo muxlislari uning ovozidan bahra ololmadilar, shundan keyin ashulachi anchagacha bu ishni qilgisi kelmadi faqatgina ikkinchisi 1935 yilda mashxur bo’ldi. Bu ishni qilish so’z qanday so’z bilan almashtirilgan?
Javob. kinoda o’ynash
Izoh: birinchi marta ovozsiz kinoda keyin ovozli kinoda rol ijro etgan ashulachi haqida
198. Tarixdan ma’lumki, m.avv 3-asrda qadimgi Misrda pochta xizmati yo’lga qo»yilgandi. Agar masofa yaqin bo’lsa, bibliofor, masofa uzoq bo’lsa, kamelit degan xizmatchidan foydalanishgan. Diqqat savol. Bu ikki xizmatchilarni farqini aytib bering.
Javob. Biri piyoda, ikkinchisi tuyada manziliga yetkazilgan.
199. O’tgan asr o’rtalarida JARda ushbu jonzodlarni ov qilish ommaviy tus oladi. Bunga sabab olmos konlarida ishlovchilar olmoslarni o’g’irlab chiqishda ulardan foydalanardilar. Ularning bunday ishlari ommaga ma’lum bo’lgach odamlar ularni ommaviy qira boshlaydi. Albatta hamma boylik ilinjida. Diqqat savol. Qanday jonzod?
Javob. Kabutar
Izoh. Kondagilar o’rgatilgan kabutarlarning oyog’iga olmos bog’lab uchirib yuborardi.
200. 1878-yilda Stokgolmga ketayotgan kuryer poyezdi ro’paradan kelayotgan yuk poyezdi bilan to’qnashib ketib xalokatga uchraydi. Fojea butun davlatni larzaga soladi. Tirik qolgan mashinist esa voqeani izohlab berolmaydi hamda hech qanday qoidani buzmaganligi aytadi. Bu voqeani eda tergov sohasi mutaxassislari emas, aksincha fiziolok ochib berishga muvaffaq bo’ladi. Diqqat savol. Fojeaning sababi nima edi?
Javob. Mashinist daltonik edi. Shu sababli svetofordagi ranglarni farqlay olmagan.