20 avgust kun tarixi

👉 BAYRAMLAR:

🌏 Butunjahon chivinlar kuni.
🌏 Xalqaro tibbiy transportchilar kuni.
🌏 Butunjahon dangasalik kuni.
🌏 Virtual olamlar kuni

🔹 MILLIY BAYRAMLAR:

🇦🇷 Argentina ‐ Bolalar kuni.
🇺🇸 AQSh – Radio kuni.
🇮🇳 Hindiston – Qayta tiklanadigan energiya kuni.
🇹🇯 Tojikiston ‐ Ixtirochilar va novatorlar kuni.
🇷🇺 Rossiya ‐ Aviatsiya xodimlari kuni.
🇰🇿 Qozog‘iston ‐ Sport kuni.
🇷🇺 Rossiya, 🇧🇾 Belarus ‐ Harbiy havo kuchlari kuni.
🇹🇱 Sharqiy Timor – Milliy ozodlik Qurolli kuchlari kuni.
🇲🇦 Marokash – Qirol va xalq inqilobi kuni.
🇪🇪 Estoniya – Mustaqillikni tiklash kuni.
🇺🇿 O‘zbekiston – Tadbirkorlar kuni.
🇸🇳 Senegal – Mustaqillik kuni.
🇪🇸 Ispaniya – Respublika Mustaqilligi tiklangan kun.

👉 VOQEALAR:

  • 636 – Yarmuk jangida arablar Suriyani egalladilar.
  • 917 – Simeon I boshchiligidagi bolgar armiyasi Aheloy jangida Vizantiyaliklarni mag’lub etdi.
  • 1206 – Flandriya Genrix I Lotin imperiyasining taxtiga chiqdi.
  • 1619 – Gollandiya kemasi Amerikaga birinchi 20 ta afrikalik qora tanlilarni olib keldi, ular Jeymstaun aholisiga qullikka sotildi.
  • 1634 – Moskvada Vasiliy Burtsov tomonidan birinchi alifbo nashr etilgan.
  • 1704 – Shvedlarning Narva qal’asi hujum bilan bosib olindi.
  • 1741 – Birinchi rus dengiz sayyohi, kapitan-qo’mondon Vitus Bering tomonidan Alyaskaning kashf qilinishi.
  • 1857 – «Yomonlik gullari» mojarosi.
  • 1876 – Turkiyada armanlarning qirg’in qilinishi.
  • 1868 – AQShda Shimol va Janub o‘rtasidagi urushinng tugagani rasman e’lon qilindi.
  • 1897 – Ronald Ross bezgakning qo’zg’atuvchilarini kashf etdi.
  • 1912 – Tomas Edison fonograf va elektr batareyasiga patent oldi.
  • 1913 – Behbudiy “Oyna” jurnalini nashr eta boshladi.
  • 1918 – Antanta dalatlari – Latviya, Litva va Estoniyani tan olishdi.
  • 1940 – Lev Trotskiy Meksikada ogʻir yaralandi.
  • 1945 – SSSR Oliy Kengashi Rayosati BMT nizomini tasdiqladi.
  • 1960 – Senegal Mali bilan tuzilgan federal respublikadan chiqishini e’lon qildi.
  • 1968 – “Dunay” operatsiyasi boshlandi: Varshava shartnomasi davlatlari qo’shinlari Chexoslovakiyaga kirdi.
  • 1975 – “Viking” dasturi: NASA Viking-1ni Marsga uchirdi.
  • 1988 – Eron-Iroq urushi (1980-1988) tugadi.
  • 2002 – General Motors korporatsiyasi etti yuz mingta avtomobilni qaytarib olishni e’lon qildi. Xavfsizlik yostig’i bilan bog’liq muammolar 2000-yilda ishlab chiqarilgan Chevrolet va GMC pikaplari va mikroavtobuslarida aniqlangan.

👉 TAVALLUDLAR:

  • 1377 – Shohrux Mirzo (1447) – Amir Temurning toʻrtinchi oʻgʻli, Mirzo Ulugʻbekning otasi, temuriy hukmdor (1409-1447).
  • 1710 – Tomas Simpson (1761) – ingliz matematigi.
    1827 – Sharlz Teodor Anri de Koster (1879) – belgiyalik yozuvchi.
  • 1827 – Yosef Shtraus (1870) – avstriyalik bastakor va dirijyor.
  • 1833 – Benjamin Garrison (1901) – AQShning 23-prezidenti (1889-1893).
  • 1860 – Raymon Puankare (1934) – fransuz siyosatchisi, Fransiya prezidenti (1913-1920).
  • 1901 – Salvatore Kvazimodo (1968) – italyan shoiri, Nobel mukofoti sohibi (1959).
  • 1909 – Olga Rubsova (1994) – sovet shaxmatchisi, to’rtinchi jahon chempioni.
  • 1913 – Rojer Sperri (1994) – amerikalik neyrobiolog, Nobel mukofoti sohibi (1981).
  • 1941 – Slobodan Miloshevich (2006) – Serbiya (1991-1997) va Yugoslaviya (1997-2000) prezidenti.
  • 1944 – Rajiv Gandi (1991) – hind siyosatchisi, 1984-1989-yillarda Hindiston Bosh vaziri.
  • 1946 – Anvar Ilhomov – naqqosh, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi.
  • 1957 – Saymon Donaldson – angliyalik matematik.
    -1963 –  Samida Xolmatova – aktrisa.
  • 1974 – Eymi Lu Adams – amerikalik aktrisa va xonanda.
  • 1977 – Nilufar Rahmatova – xonanda, “Nihol” mukofoti sovrindori.
  • 1984 – Sitora Farmonova – oʻzbek kinoaktrisasi, qoʻshiqchisi va qiziqchi.
  • 1992 – Neslihan Atagül – turk aktrisasi. 
  • 1992 – Demi  Lovato – amerikalik aktrisa, xonanda va kiyimlar dizayneri.