20 oktabr kun tarixi

👉 BAYRAMLAR:

🇺🇳 Butunjahon statistika kuni.
🌏 Butunjahon aviadispetcherlar bayrami.
🌏 Xalqaro oshpazlar kuni.
🌏 Xalqaro osteoporozga qarshi kurash kuni.

🔹 MILLIY BAYRAMLAR:

🇺🇸 AQSh – Yoshlarga ishonch bildirish kuni.
🇰🇪 Keniya – Qahramonlar kuni.
🇷🇸 Serbiya – Belgrad ozod qilingan kun.
🇦🇿 Ozarbayjon – Energetiklar kuni.
🇻🇳 Vyetnam – Vetnam ayollari kuni.
🇷🇺 Rossiya – Harbiy aloqachilar kuni.
🇨🇿 Chexiya – Daraxt ekish kuni.
🇬🇹 Gvatemala – Inqilob kuni.
🇺🇦 Ukraina – Ko’krak bezi saratoniga qarshi kurash kuni.

👉 VOQEALAR:

  • 1517 – Portugal zodagoni Fernand Magellan Ispaniya tojiga xizmat qilish uchun Sevilya shahriga keldi.
  • 1737 – „San-Karlo“ opera teatri ochildi.
  • 1774 – Amerika Qit’a Kongressi Buyuk Britaniya bilan savdoga iqtisodiy embargo qo’ydi.
  • 1794 – Pragaga hujum.
  • 1818 – Angliya va Amerika Kanada va AQSH o‘rtasida 49-parallel kenglikni chegara sifatida o‘rnatishdi.
  • 1822 – Angliyada «Sunday Times» ning birinchi soni nashr etildi.
  • 1827 – Navarino dengiz jangi bo’lib o’tdi.
  • 1923 – Tadbirkor Leo Dekker mustaqil Lotaringiya respublikasini e’lon qildi.
  • 1943 – Toshkentdagi Hazrati imom majmuasida Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston musulmonlari diniy boshqarmasi ochildi va Eshon Boboxon ibn Abdulmajidxon idora raisi etib saylandi.
  • 1944 – Sovet armiyasi va yugoslav partizanlari Yugoslaviya poytaxti Belgradni ozod qilishdi.
  • 1945 – Fransiyada birinchi marta ayollarga ovoz berish huquqi berildi.
  • 1953 – 33 yoshli Rey Bredberi AQShda mashhur “Farengeyt 451°” kitobini nashr etdi.
  • 1958 – Tailandda harbiy to’ntarish.
  • 1959 – AN-24 yo’lovchi samolyotining birinchi parvozi.
  • 1963 – Fransiya yer osti yadro sinovlarini o’tkazdi.
  • 1965 – Indoneziyada kommunistlarning ommaviy hibsga olinishi boshlandi.
  • 1970 – SSSRda Sportlotoning birinchi tiraji o‘tkazildi.
  • 1973 – Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II dunyodagi eng go’zal binolardan biri bo’lgan Sidney opera teatrini ochdi.
  • 1979 – Tehronda talabalar AQSH elchixonasiga hujum qilishdi va 66 kishini garovga olishdi.
  • 1993 – Gollandiya hukumati marixuana va gashishni chet ellik sayyohlarga sotishni taqiqlash to’g’risida qaror qabul qildi.
  • 1997 – Xiva shahrining 2500 yillik yubileyiga bag’ishlangan tantanali marosim oʻtkazildi.
  • 2008 – AQShda prezidentlik saylovida demokrat Barak Obama gʻalaba qozondi.

👉 TAVALLUDLAR:

  • 1616 – Tomas Bartolin (1680) – daniyalik anatom, inson limfa tizimini ochgan.
  • 1864 – Branislav Nushich (1938) – Serbiyalik yozuvchi va dramaturg.
  • 1890 – Jelly Roll Morton (1941) – amerikalik pianist va bastakor, jazning asoschilaridan.
  • 1891 – Jeyms Chadvik (1974) – ingliz fizigi, Nobel mukofoti sohibi (1935).
  • 1917 – Mahmudjon Gʻafurov (2000) – xonanda (tenor), aktyor, Oʻzbekiston xalq artisti (1950).
  • 1917 – Shalomaev Aron (2004) – yozuvchi, dramaturg, pedagog.
  • 1919 – Mustay Karim – (2005) – boshqird yozuvchisi, Boshqirdiston xalq shoiri (1963).
  • 1926 – Yoqubov Odil – O’zbekiston xalq yozuvchisi (1985).
  • 1942 – Kristiana Nuslayn – Folhard – nemis biologi, Nobel mukofoti sohibi (1995).
  • 1943 – Abduraim Homidov – usta dehqon, Oʻzbekiston Qahramoni (2004).
  • 1946 – Elfrida Yelinek – Avstriyalik yozuvchi, Nobel mukofoti sohibi (2004).
  • 1951 – Klaudio Raneri – taniqli italiyalik futbol murabbiyi.
  • 1956 – Denni Boyl – Britaniyalik kinorejissyor, «Oskar» mukofoti sohibi.
  • 1956 – Yevgeniy Sklyarevskiy – oʻzbekistonlik taniqli jurnalist va bloger.
  • 1958 – Viggo Mortensen – amerikalik aktyor, yozuvchi, fotograf va rassom. 
  • 1961 – Yan Rash – uelslik futbolchi, Britaniya futboli tarixidagi eng yaxshi to’purarlardan biri.
  • 1973 – Dmitriy Alenichev – rossiyalik futbolchi, 2003-yilgi UEFA kubogi va 2004-yilgi Chempionlar Ligasi g’olibi.
  • 1988 – Ma Long – xitoylik stol tennisi o‘yinchisi, uch karra Olimpiya chempioni.