20-qism savol javoblar

Savol javoblar t.me/Eski_Savollar_Bazasi telegram kanalidan olingan.

1901. NASA astronaftlariga parvoz paytida kuzatuv natijalarini yozish uchun maxsus ruchka ishlab chiqarish kerak bo‘lgan va uni yaratishgan. Ya‘ni 0 chi gravitatsiyada ham yozadigan ruchka (oddiy ruchkalar fazoda ishlamaydi)
Bu ruchkalar esa NASA ga 1 mln dollorga tushdi.
Bu kabi muammoga Sovet ittifoqi ham duch kelgan.
Diqqat savol. Ruslar bu muammoni qanday hal qilishgan ?

Javob. Ruslar oddiy Qalamdan foydalanishgan. (qalam ham qabul)

1902. Janubiy Koreya va Xitoyda ismni qizil ruchka bilan yozish mumkin emas ekan. Faqatgina » Ular » ning ismlari qizil harflarda yozilar ekan.
Diqqat savol. Ular kimlar ?

Javob. O‘limga mahkum qilinganlar .

1903. Bir film qahramoni xotiniga 100 ta mashq bajarib, so’ng uxlashini aytadi. Oradan biroz vaqt o’tgach uxlashga yotayotgan erini ko’rgan xotini qanday qilib 100 ta mashqni bir pasda bajarganini so’raganida u shunchaki UNDAN foydalanganini aytadi.
Diqqat savol. UNI toping?

Javob. Ikkilik sanoq sistemasidan.
Izoh: ikkilikda 100 o‘nlikda 4 ga teng.

1904. Bir qal’a bor. Undagilar tashqariga chiqishga, tashqaridagilar ichkariga kirishga mushtoq.
Diqqat savol. Gap nima haqida ketmoqda ?

Javob: Uylanish

1905. 2010 – yil bu futbol klubi bir kompaniya bilan shartnomasini imzolagach o‘z logotipini o‘zgartiradi. Ya‘ni logotipdagi xoch o‘rniga faqat vertikal chiziq qoladi.
Huddi shu kabi muammoga yana bir klub ham duch keladi. Ular faqat logotipdagi xoch va tojni olib tashlaydi.
Diqqat savol. Bu klublar nomini ayting?

Javob. Barselona va Real Madrid klublari.
Bunga sabab ikkalasi ham arablar bilan shartnoma tuzadilar.

1906. Bir so‘z bilan qaroringiz o‘zgarishi mumkin. Bir tuyg‘u bilan hayotingiz o‘zgarishi mumkin. Bir » U » bilan esa o‘zingiz ham o‘zgarishingiz mumkin.
Konfutsiy.
Diqqat savol. U ni toping?

Javob: Inson

1907. Seni ko‘rganimda hayajonga to‘laman. Yuragim tez tez ura boshlaydi. Sening ovozing eng go‘zal qo‘shiqdanda yoqimlidir. Seni ushlaganimda yuzimga qor parchasi qo‘ngandek bo‘ladi. Sening iforing meni maftun qiladi va sen eng totli tamni qoldirasan. Sen mening barcha hislarimni uyg‘otasan. Mening muhabbatim » Uy » dan ham davomlidir. Haqiqiy muhabbat, haqiqiy tam va haqiqiy coca cola.
Diqqat savol. Uy o‘rnidagi so‘zni toping?

Javob. Buyuk ipak yo‘lidan ham davomlidir.

1908. Diogen : «Bola oddiylik bobida mendan ham o‘tib ketibdi » deb xaltasidagi U ni tashlab yuborgan ekan.
Diqqat savol. U ni toping?

Javob. Piyola( suv ichish uchun idish)
Diogen bolaning qo‘lda suv ichayotganini ko‘rib qoladi.

1909. Avstraliyada U ni tuzish,o‘qish va hatto unga ishonish taqiqlangan. Bu yerda U ning har qanday turi qora afsun deyiladi.
Diqqat savol. U ni toping.?

Javob. Munajjimlar bashorati edi

1910. Sizga ma‘lumki qadimda qo‘shinlarda o‘nboshi, yuzboshi va mingboshi degan unvonlar bo‘lgan. Yunon tilida o‘nboshi degan so‘z bor. U so‘z hozir ham bor.
Diqqat savol. Bu qaysi so‘z ?

Javob: Dekan

1911. Hozirgi kunda Germaniya Sirklarida «X» hayvonlardan foydalanishmoqda ekan. Bu esa o‘z o‘zidan sirk uchun juda katta foyda keltiradi, ya‘ni hayvonlarga oziq – ovqat mahsulotlari berilmaydi. Bu esa albatta insonlarni qiziqtirib qo‘ygan. Tomoshabinlar soni ham juda ko‘plab topilmoqda.
Diqqat savol. X o‘rnidagi so‘zni toping?

Javob. Golagrammoli hayvonlardan foydalanishayotgan ekan.

1912. Dunyoda eng yaxshi sotilyotgan narsalar: iPhone, Garri Potter kitobi va U ekan. Yordam tariqasida shuni ayta olamanki U ni ishlata olish ham bir san ‘at. U ni ishlatish bo‘yicha jahon rekordlari ham bor.
Diqqat savol. U ni toping?

Javob: Kubik rubik

1913. 1. 4 raqamini o‘rniga 3+ ishlatadigan davlat qaysi ?
2. Havosi bo‘yicha eng notoza shahar joylashgan davlat qaysi ?
3. Qaysi davlatda Google, Facebook, Skype va Twitterdan foydalana olmaysiz chunki ular taqiqlangan ?

Javob: 3x Xitoy

1914. Agarda haqiqiy ekspert bo‘lsangiz siz unda albatta taom yoki yegulukning mazanini U bilan ko‘rish tavsiya etiladi. Chunki U da hid,tam va maza yo‘q ekan. Shu sababli ham muzqaymoqni haqiqiy tamini bilish uchun ekspertlar U ndan foydalanishar ekan.
Diqqat savol. U ning o‘rnidagi so‘zni toping?

Javob: Oltin qoshiq

1915. X insonda qanchalik ko‘p bo‘lsa, insonda shunchalik kam terlash kuzatilar ekan.Bunga sabab X bor joyda teri bezlari umuman ishlamas ekan. Lekin X qanchalik ko‘p bo‘lsa inson shunchalik qo‘rqinchli va xunuk ko‘rina boshlaydi.
Diqqat savol. X ni toping?

Javob: Chandiq (shiram)

1916. Qadimgi Misrda xizmatkorlar tanasiga ataylabdan asal surtishgan ekan. Bunga sabab … … … .
Diqqat savol. Jumlani to‘ldiring?

Javob: xo‘jayinlarini chivin ( har xil hashoratlar ) bezovta qilmasligi uchun.

1917. X davrida hammani o‘ng qo‘l bilan yozishga majbur qilishgan ekan. X ning ramzi o‘roq va bolg‘a bo‘lgan.
Diqqat savol. X o‘rnidagi so‘zni toping?

Javob: SSSR davrida

1918. U O‘zbekistonda 4 xil, Germaniyada 3 xil, Fransiyada ham 3 xil. Ukrainada 2 xil va Liviyada 1 xil X dan tashkil topgan.
Diqqat savol. U va X ni toping?

Javob. U – bayroq, X esa bayroqdagi ranglar .

1919. Deyarli barcha mamlakatlarda U 3 ta qismda iborat, O‘zbekistonda ham.
Lekin Yaponiyada U 2 ta qismdan yasalar ekan. Bizning yurtda U ni yasash mushkul bo‘lib bormoqda, sababi shuki yaqin yillarda U nga ishlatiladigan maxsulot kam «kelmoqda».
Diqqat savol. Quyidagi so‘zlar orasida qanday bog‘liqliklar bor ?

Javob. Qorbobo
Izoh : Deyarli barcha mamlakatlarda qorbobo 3 ta dumaloq shakldan yasaladi. Yaponiyada esa 2 ta ekan.
Unga ishlatiladigan mahsulot esa qor edi.

1920. Uning barcha reklamasida soat bir xil vaqtda turar ekan. Ya‘ni 9 : 41 da
Bu albatta chiroyli ko‘rinish uchun emas. Buning ham asosiy sababi bor ya‘ni o‘sha paytda ilk namoyish qilingan.
Diqqat savol. U ning ilk nusxasini kim namoyish qilgan ?

Javob. Stiv Jobs ya‘ni Apple kompaniyasi asoschisi.

1921. Deyarli barcha jonzotlar ya‘ni barcha umrtqalilar erta tongda (ertalab) bu ishni qilishar ekan. Balkim bu ish miyani kislorod bilan to‘yintirishi uchundir. Faqatgina begemot va pavianda bu ish tahdid alomatidir. Bo‘rilarda esa bu ish kayfiyatning yaxshiligi belgisi ekan.
Diqqat savol. Bu ishni toping?

Javob. Esnash

1922. Nur borki soya bor deyishadi. Lekin faqatgina Unda soya yo‘q, to‘g‘rirog‘i U soya hosil qilmaydi. U insoniyat sivilizatsiyasi uchun juda katta hissa qo‘shgan. Uni deyarli har kuni ko‘ramiz.
Diqqat savol. Gap nima haqida ketmoqda ?

Javob: Olov

1923. Tigran Potsaryanning shunday gapi bor » X – bu shakli bo‘yicha o‘yin, mazmun bo‘yicha – san’at, o‘yinni o‘rganish bo‘yicha esa – fandir.
Diqqat savol. X ni toping?

Javob: Shaxmat

1924. Bu mashhur kompaniyaning noodatiy nomlanishi ikki mahalliy brend — Omadli va Oltin Yulduzlarning bosh harfini birlashtirishdan hosil bo‘lgan ekan. Bu kompaniya hozirgi kunda juda ham mashhur sanaladi.
Diqqat savol. Bu qaysi kompaniya ?

Javob: LG
Lucky va Goldstar

1925. X – bu shunday narsaki unda toq nomerda aql kuchi yordam beradi, juft nomerda esa qo‘l kuchi sizga yordam beradi. Bu X 1992 – yilda paydo bo‘lgan, lekin ommaga 2003 – yildan rasman taqdim etilgan. Yordam tariqasida shuni ayta olamanki bu X O‘zbekistonda unchalik ham rivojlanmagan.
Diqqat savol. X o‘rnidagi so‘zni toping?

Javob: Shaxboks
Izoh. Shaxboksda toq nomerli raundlarda shaxmat o‘ynaladi. Juft nomerli raundlarda esa boks tushishadi.

1926. Birinchi X qadimgi Misrda paydo bo‘lgan ekan. X erkak kishining mansabini bildirib turgan. Albatta eng yaxshi X fir’avnda bo‘lgan. Hozirgi kunda bu X deyarli ayollar qo‘liga o‘tgan. Bazan dam olish kunlarida erkaklar ham undan foydalanishadi (chet elda).
Diqqat savol. Gap nima haqida ketmoqda ?

Javob: Fartuk edi !
Izoh. Hozirgi kunda ayollar fartuk taqadi, Erkaklar esa yo‘q. Faqatgina dam olish kunlar chet elda erkaklar o‘z qo‘llari bilan oila a‘zolariga taom tayyorlab beradi va fartuk taqishadi.

1927. Rebus
1. Xalifa ismi.
2. Hayvon nomi.
3. Viloyat nomi.
Diqqat savol. 1 + 2 + 3 = ? (Buyuk inson)?

Javob: – Alisher Navoiy
1. Ali
2. Sher
3. Navoiy

1928. 1. «Tirik shoh» yashaydigan shahar ?
2. T53 – sayyora nomi ? (Kinoda).
3. 50 + 50
4. Tekislash, silliqlash ga sinonim ?
Diqqat savol. 1 + 2 + 3 + 4 = ? ( Mashhur gap)?

Javob – «Samarqand yer yuzining sayqali»
1. Samarqand
2. Yer
3. Yuz
4. Sayqallash

1929. Bir insonning 14 ta farzandi bor. Ularning eng yoshi kattasi eng kichigi. Eng yoshi esa eng kattasi. Yordam tariqasida shuni ayta olamanki, bu insonning faqatgina 7 ta farzandi O‘zbekistonda tug‘ilgan.
Diqqat savol. Qolgan 7 ta farzandi qayerda tug‘ilgan ?

Javob: Germaniyada edi.
Izoh. Gap O‘zbekiston so‘mi haqida ketmoqda edi. 1 so‘m eng birinchi chiqarilgan lekin qiymati eng kichik. 200 000 so‘m esa eng oxirgi chiqarilgan lekin qiymati eng kattasi.

1930. Bir ro‘yhat bo‘yicha :
1. Alisher Navoiy nomidagi davlat akademik Katta teatri,
2. Buxorodagi Chashmai Ayyub maqbarasi,
3. Alisher Navoiy sharafiga o‘rnatilgan haykal,
10. Go‘ri Amir maqbarasi,
25. «Shohi Zinda» tarixiy-me’moriy ansambli,
50. Registon tarixiy-me’moriy ansambli,
100. — Istiqlol san‘at saroyi …
Diqqat savol. Bu ro‘yhatda 500 – o‘rinda kim (nima ) turadi ?

Javob – Amir Temur haykali edi 500 so‘mlikdagi.
Izoh. Bu O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasi. Valyutalarga tushurilgan rasmlar edi.

1931. Odatda erkaklarni sochi kalta, ayollarniki esa uzun bo‘ladi. Lekin Afrikadagi bir qabilada ayollarni sochi kalta, erkaklarniki esa uzun ekan. Bunga sabab esa ular o‘zlarini X ga o‘xshatar ekan.
Diqqat savol. X o‘rnidagi so‘zni toping?

Javob. Sherga o‘xshatgan o‘zlarini.

1932. Bir yozuvchining aytishi-cha, X bu doim berkinib yuradigan, ho’l, yalang’och va ko’r hayvondir. O’tgan asrning o’rtalarida chiqqan bir asarda esa, X umuman berkinmagan.
Diqqat savol. X o‘rnidagi so‘zni toping?

Javob. Til edi
Qo‘shimcha. O‘tgan asrning o‘rtalaridagi asar esa Albert Eynshteyn tilini chiqarib tushgan mashhur rasmi edi.

1933. Bir aforizmda aytilishicha, kapitan ko’p narsani biladi, lekin ULAR kapitandan ham ko’proq narsani bilishadi. «Kirill va Mefodey» ensiklopediyasida ULAR bir-biri bilan hazillashishi va hatto kulishi mumkin deyilgan.
Diqqat savol. Ular o‘rnidagi so‘zni toping?

Javob. Kalamush

1934. Rebus
1. Hozirgi kunda o‘g‘il bola talabalar o‘rtasi bir ish urfga kirganining guvohi bo‘lishimiz mumkin. Bu ishni ular ancha yillardan buyon qilmagan bo‘lishsa kerak. Bu ishni qilishga uyda qolishi sabab bo‘lgandir balkim ? Ularni «yerdagi quyosh» deyish mumkin.
2. Alifbodagi harf.
3. Insonning yuragi odatda insonning tashqi bir a‘zosiga teng bo‘lar ekan.
Diqqat savol. 1 + 2 + 3 = savol javobi?

Javob. Kal a musht

1935. O‘zbekcha Alifboni hamma bilsa kerak. Unda harflar tartibi A.B.D.E … Ng. kabi bo‘ladi.
Lekin bir «Alifboda» Y.F.M.A … S.O.N.D. ko‘rinishida berilgan.
Diqqat savol. Bu qaysi «alifbo» ?

Javob. Alifbo nomi bu – Kalendar.
Izoh. Harflar bu oylar nomining bosh harflari. Yanvar, Fevral, … Dekabr

1936. Butun dunyoda har xil alifbolar bor. Buni hamma juda yaxshi bilsa kerak. Lekin ularning ayrimlari bir biridan biroz farq qiladi. Ammo bir «Alifbo» borki u menimcha hamma uchun tushunarli bo‘lsa kerak. Undagi birikmalarni ba‘zilar 7 ta deyishsa, yana ba‘zilar 8 ta deb o‘ylashadi. «Alifboda»gi birikmalar bosh harflari – D,R,M,F,S,L,S,D kabi.
Diqqat savol. Bu qaysi «alifbo» ?

Javob. Alifbo nomi bu – Notalar edi !
Izoh. Do. Re. Mi. Fa. Sol. Lya. Si. Do.

1937. O’tmishda shunday odat bo’lgan ekan. Bo’yni shamollab, qiyshayib qotib qolgan odam birorta bo’ynini g’ozdek tutib, kekkayib, ko’krak kerib yuradigan odamning orqasidan sekin asta borishi va 3 marta SHU ISHNI QILISHi kerak edi. Shunday qilsa bo’yni tuzalib qoladi, deb ishonganlar.
SHU ISHNI QILISH-?

Javob. Assalomu alaykum deyish.

1938. «Orzudagi jamoa» filmida fransiyalik to’qima futbolchi Maykl Bellokning yoshlar kamandasini shug’ullantirishi hamda ular bilan chempionatda g’alaba qozonishi tasvirlangan. Bir syujetda jamoa a»zolariga yangi formalar tarqatiladi: falonchi o’yinchiga shu raqam, boshqasiga boshqa raqam. Bellokning qiz bola jiyaniga esa SHU raqamdagi futbolka nasib qiladi.
Yaqinda bo’lib o’tgan matchlardan biridan keyin esa bir braziliyalik yulduz butun stadionda o’z raqamini ko’rib hayajondan yig’lab yuboradi.
Qaysi raqam?

Javob. 12
Izoh. Qizcha albatta futbol o’ynamas, jamoaga muhlislik qilardi.
Braziliyalik Marselo esa ChL finalidan so’ng butun stadion 12-chempionlik uchun ko’targan raqamlarni ko’rib «nima uchun butun stadion meni raqamimni ko’tarib oldi?» degan ekan.

1939. Hokisorlik va kamtarlik kamolotga eltuvchi sifatlardir.
Hammangizga ma’lumki, Alloh taolo Odamni yaratmoqchi bo’lganda, jamiki narsalar uni o’zidan yaratishni so’rab biri men ulug’man, men buyukman deb aytishadi. Tuproq esa o’z hokisorligi bilan ushbu sharafga munosib ko’riladi.
Keyinchalik bir hukmdorning barmoqlari ham ana shunday baxsga kirishadilar va oxir oqibat sharafli ishga jimjiloq barmoq musharraf bo’ladi.
Bu baxs nimani aniqlash paytida vujudga kelgandi?

Javob. Sulaymon a.s uzukni qaysi barmoqqa taqishini aniqlash paytida.

1940. Paxlavon Mahmuddan to’rtlik:
Taxti baqo uzra u ardog’liqdur
Bo’lsinki omon, yo’qsa dilim dog’liqdur
Baxt uzugin qoshida bo’lsin o’rni
«Baxt»ning «Taxt» bo’lishi «U» bilan bog’liqdur.
Diqqat savol. Uni ayting?

Javob. Nuqta.
Izoh. Arab imlosida nuqtaning o’rni katta ahamiyatga ega. Bu yerda aynan bitta nuqta haqida emas, nuqtaning o’rni haqida gap ketyapti. ب‎ (be) harfida nuqta pastda, ‎ت‎ (te) harfida esa nuqta tepada joylashadi.

1941. Rus hazil karikaturasida bir terma jamoa murabbiylar Rossiya terma jamoasi a’zolari bo»lgan aka uka Berezutskiylar, aka uka Kombarovlardan bezor bo»lganligi, ularning ta’zirini berib qo’yish uchun esa o’z termalariga ULARni jalb etmoqchi ekanligi tasvirlangan. Agar ULAR termada bo’lganida, nafaqat bu aka-ukalar, balki, dunyoning istalgan terma jamoasidagi aka ukalarning holiga voy bo’lardi. Diqqat savol. Yuqorida nazarda tutilgan terma jamoa va ULARni toping?
Javob. Ukraina va Klichkolar.

1942. Hind Maliki shunday degan: » u menda turgan payti men unga hukmronman, meni tark etdimi, endi hukmronlik unga ko’chdi.»
Bir sherda esa shunday deyiladi:
Har ikkisi o’qdir – biri sadoqda
Biri esa endi kamondan uchgan.
Diqqat savol. Yuqoridagi ta’riflarda nima haqida gap borganini ayting.

Javob. Aytilgan va aytilmagan so’z haqida.
Izoh. Hind Maliki fikricha aytilmagan so’zlar ustidan u hukmdor, xohlagan paytda aytadi yoki umuman aytmaydi. Aytgan so’zlari esa uning ustidan hukmronlik qiladi.
Sherda ham aytilgan so’z kamondan uchgan o’qqa, aytilmagani sadoqdagi o’qqa qiyoslangan.

1943. Bir odam o’z shogirdlariga shunday demoqda:
«Hammangiz yoshligingizdan ertaklar eshitib katta bo’lgansiz. Ammo katta bo’lganingiz sari ushbu ertaklardan yiroqlashib borasizlar. Ularga ishonmay qo’ya boshlaysizlar. Bugun esa sizlarda yana o’sha ertakka ishonish imkoniyati paydo bo’lmoqda. Boring. Ertakka ishoning.»
Yuqoridagi gaplarni kim aytmoqda?

Javob. Klaudio Ranieri.
Chempionlikka erishgan o’yini oldidan shogirdlarini shunday ruhlantirgan. Ularning g’alabasi hammaga yana ertaklar to’qima bo’lmasligini isbotladi

1944. Volfgan Amadeus Motsart, Lyuis Kerrol, Hans Kristian Anderson, Tesla, Tomas Edison. Yuqorida insoniyat tarixida yuksak muvaffaqiyatga erishgan odamlarning ba’zilarini sanab o’tdik. Ularning suratlarini ko»zdan kechirar ekanman, hech biri odamga tik qaray olmaganligiga guvoh bo’ldim. Shundan kelib chiqqan holda, aytingchi yuqoridagi odamlar bilan Gans ismli olimning qanday bog’liqligi bor?
Javob. Asperger sindromi. (Autizm)
Izoh. Ushbu sindromga uchragan odamlar odamni ko’ziga qarolmas ekan. Ushbu sindrom avstriyalik Gans Asperger sharafiga nomlangan

1945. Said Ahmad Aqshga sayohati xotiralari haqidagi hikoyadan savol.
Samalyotda S.Ahmadga bir vatandoshi styuardessa qizning so’zlarini tarjima qilib berib turadi. U yigitning o’zbek ekanini eshitgandan keyin esa ajablanib: «Nima seni oying zarchavaga boshqorong’u bo’lganmi» deydi.
Buning sababini ayting?

Javob. Uning sap-sarig’ligi.
Zarchavani rangi sariq ekan. Shunga bo»lsa kerak)

1946. Said Ahmadning aytishicha, Amerikaga kirib borganda U Said Ahmadni kutib olib egilib salom beradi hamda «Kelinlar qo’zg’oloni» reklamasini boshi uzra 200 marta aylantirganini ta’kidlaydi.
U-?

Javob: Ozodlik haykali

1947. Beayb yolg’iz Parvardigordir.
Hikoyatlarda aytishlaricha, Odam Ato jannatdan haydalgach 500 yil davomida bu ishni qilolmagan ekan.
Bilmasvoyning sarguzashtlari multfilmida ham oyliklar o’zga sayyoralik kelgindilardan qo’rqqani uchun bu ishni qilmagandi.
Qaysi ish haqida gap ketmoqda?

Javob. Osmonga qarash.
Izoh. Odam Ato qilgan aybi uchun Yaratgandan uyalganidan osmonga boqolmagan ekan. Bilmasvoy multfilmida esa oy aholisi raketa kelishi paytida ulardan qo’rqib osmonga qaramaslik haqida buyruq oladilar.

1948. «Menga 1795-yil qishida hayot berdilar. Ammo tez orada meni yo’qotmoqchi bo’ldilar. Bir omad bilan tirik qoldim. Keyin esa uning sevimli ayolini o’ldirib, qasos oldim. U mendan qasos olish uchun ortimdan sovuq tog’largacha kuzatib bordi. Sovuq men uchun qo’rqinchli emasdi. Ammo u sovuqda muzlab qoldi.»
Yuqoridagi sitatalar kimning tilidan aytilgan?

Javob. Frankenshteyn.
Izoh. Ushbu sitata «Men Frankenshteynman» filmi boshlanishidan olingandi.

1949. Xalqimizning qadim donishmandliklari bor gap. Mashxur shoir Sakkokiy shunday bayt bitgan:
Nedin bilur el meni ul oy oshiqidur teb,
Chun so’zlamadim hech dardim X qoshinda.
Xalqimiz ham hikmatlarda shuni maslaxat beradi.
X-?

Javob. Devor.
Izoh. Devorni oldida gapirma), «Devorniyam qulog’i bor» deydi dono xalqimiz)

1950. Savol : Eng janubda joylashgan poytaxt shaxar qaysi ?
Javob : Vellington , Y. Zelandiya poytaxti

1951. Ushbu filmning dastlabki qismlari chet el kanallaridan biriga 200 ming $ ga sotilgan ekan. Umumiy byudjeti atigi 10 mln so’m bo»lgan filmning keyingi qismlari qo’lga chiqib ketgan. Uning bunchalar kam budjetga egaligi sababi, ko’plab aktyorlar gonorardan, filmda foydalanilgan uy egalari esa buning uchun pul olishdan voz kechishgan ekan. Xurmat tufayli! Qaysi film?
Javob. Shaytanat.
Izoh. Aktyorlar ham,uy egalari ham kitobni shunchalar sevib o’qiganlaridan uni jonlantirish uchun borini berishga tayyor bo’lgan ekan. Haligacha unda o’ynagan aktyorlarni Asadbek, Kesak polvon, Mahmud, Jamshid, Elchin deb atab kelishlari ham bejiz emasda.

1952. Bernard Shou U haqida gapirar ekan, » 2000 – yilda U dunyo tibbiyot tavsiyanomalaridan joy oladi» degan ekan. Bu narsa bizga juda yaxshi tanish va balki oramizdan ba’zilar U bilan kunda bir necha bor «ko’rishishini» hisobga olgan holda uni ayting?
Javob. Namoz

1953. Har bir ishda hikmat mujassam…
Odam Ato va Momo havo yer yuzida topishgach yemish masalasida qiynalishadi. Shunda ularga bug’doy keltirilib non qilish o»rgatiladi. Shu jarayonda odam bug»doy unganini ko’rgach «Yeyaveraymi?»
Jabroil: «Avval o’rgin»
Odam a.s: «Endi yeyaveraymi?»
Jabroil: «Yanchgil»
Odam a.s: «Endi yesa bo’ladimi?»
Jabroil: «Sovurgil»
Odam a.s: «Yeyaveraymi?»
Jabroil: «Suv qo’shgil»
Odam a.s: «Endi yesam maylimi?»
Jabroil a.s: «Pishirgil.
Xullas non tayorlagunlaricha yarim kun o’tdi. Non tayyor bo’lgach Odam a.s:
«Endi yesam bo’laveradimi?»
Jabroil: «Yana biroz sabr qil».
Ushbu hikoyatda aytilishicha Odam a.sning sabr qilishi natijasida nima vujudga kelganini ayting ?

Javob. Ro’za tutish.
Izoh. Non yopguncha yarim kun o’tgani haqida aytilgandi. Shunda Jabroil aytadi: Kun 2 qismdan iborat edi. Biri o’tdi. Sabr qil, kun botsin. Bu kun ro’za tutgil.

1954. O’zbek seriallaridan birida qiz uyga qo’rqib ketgan holda kirib keladi. Onasi va opasini biroz xavotirga solgan holda hozirgina sevgan yigitini ko’rganini, uning qosh-ko’zlari, soch turmaklari haqida gapirib beradi. Faqat palto kiyib olgani qizni ajablantirgandi. Hayron bo’lgan holda qiz onasidan «oyi Ular ham sovqotar ekanda» deb so’raydi.
Boshqa bir o’zbek filmida esa Uni eshitganimizda aniq vaqt hayolga keladi.
U-?

Javob. Ruh.
Izoh. «Opa-singillar» serialida kichik singil aslida sevgan yigiti ruhini emas, uning egizagini ko’rgandi.
Ruh 5:13 filmi esingizda bo’lsa kerak

1955. Birinchi ustozim – u – derdi faxr bilan Rasul Hamzatov. – U hamma narsaga guvoh. Uni insoniy tilga tarjima qilolgan odamgina shoir. U eng mohir haykaltarosh, yetuk bastakor, iste’dodli rassom. Undan o’tadigan me’mor ham yo’q.
Rasul Hamzatov ta’rif bergan U-?

Javob: Tabiat

1956. U qanday dilbarki, tani siymin o’lub,
Badr yanglug’ surati siymosidir.
Xat bitib ikki yuzida sarbasar,
Ziynat afzoyi ruxi zebosidir.
Jussasi tirnoq yuzidek juda kichik,
Lek ulug’lar ishqining rasvosidir.
Vaslini xohlab jahon bozorida,
Olam ahli boshida savdosidir.
Ham faqiru ham g’aniy devonasi
Ham qariya, ham yigit shaydosidir.
Topsa har anda visolin nogahon,
E’tibor ichra ulus a’losidir.
Yuqoridagi chistonning javobi nima?

Javob. Tanga.
Ogahiyning shunday chistoni bor ekan.

1957. Topishmoq 1
O‘zi qator joylangan, 
Bir-biriga boylangan. 
Bir-birini kuzatar, 
Behisob nur uzatar

Javob: Elektr ustun tok

Topishmoq 2
Tashqari yoz, dim-olov, 
Uychamizda muz, qirov. 
Javob: muzlatkich

Topishmoq 3
Qo‘l bilan ekiladi, 

Ko‘z bilan teriladi, 
Og‘iz bilan o‘riladi
Javob: daftar yozuv

Topishmoq 4
Rangi har xil, 
Nomi bir xil. 

Javob: rangli qalam

Topishmoq 5
Tim qora kichkina xol, 
To‘xtatar yo‘lda darhol. 
Javob: Nuqta

Topishmoq 6
Shahari bor, odami yo‘q, 
Daryosi bor, suvi yo‘q. 
Javob: xarita

Topishmoq 7
Tilla yozuvli daftar, 
Ichida gavhar gaplar. 
Javob: Diplom

Topishmoq 8
Toyim bor, kishnamaydi, 
Yoz chog‘i ishlamaydi. 
Javob: Chana

Topishmoq 9
Qishda oq gul, 
Bahorda suv sochadi. 
Yel esganda, 

Tumtaraqay qochadi. 
Javob: Bulut

Topishmoq 10
«O» — desam, ochiladi, 
«B» — desam, berkiladi. 
Javob: lab

1958. Bu narsa inson organizmida joylashgan. U umr bo’yi ikki marta chiqadi. Ammo 3-marta chiqishi uchun esa pul kerak bo’ladi.
Diqqat savol
Bu insonning qaysi a’zosi?

Javob: Tish (1-marta sut tishi, 2-marta 6-7 yoshda chiqadigan, 3-martasi stomatolog qo’yadi pullik tish

1959.
1.Boylar bu narsani orzu qiladi
2.Qorovullar bu narsadan qo’rqadi
3.Otlar bu narsani bir yilda bir marta ko’radi
4. Sevishganlar bu narsasiz ham yashay oladi
Diqqat.
4 ta savolni ham javobi bitta. Bu nima?
Javob: Uyqu

1960. Janni Rodarining «Shahzoda Plombir» ertagida bir guruh mitti odamlar o’zga sayyoradan kelib bir kvartiradagi xolodilniklarni egallab oladi. Shu kvartirada yashovchi Janob Molteni «Qo’shaloq qutb» markali xolodilnikni kreditga olgan, ammo navbatdagi to’lovni to’lolmayotgandi.
Ertak oxirida Shahzoda Plombir ketayotgani uchun xolodilnikdan ajralishni o’ylab ma’yuslangan Molteniga Shahzoda mazkur xolodilnik Quyosh sistemasidagi eng yaxshisi ekani ta’kidlangan bayonot taqdim etadi hamda xotirjam bo’lishini, sababi kampaniya endi undan nafaqat bu to’lov, balki keyingi to’lovlarni ham olmasligini aytadi.
«Qo’shaloq qutb» to’lovlarni talab qilmasligiga sabab bo’lgan omilni fransuzchadan kelib chiqqan so’z bilan ayting?

Javob. Reklama
Izoh. Bunday ajoyib reklama bayonoti tufayli kompaniya daromadi oshishi tayin edi!

1961. Afsungar serialining oxirrog’ida bir ajoyib sahna mavjud. Unda sehrgar Merlin qirol Arturni jarohatlangan paytida yonida turadi hamda hazillashib «sizni necha bora qutqarganimni sanaganimda allaqachon Unda bo’lardim deydi.
U-?

Javob. Rekordlar kitobi

1962. O’tgan asrda Sharqshunoslik Intstituti direktorlaridan biri og’ir xastalikka duchor bo’ladi. Shifokorlar umid yo’qligini bildirishadi. Shundan keyin u Kompartiya Markaziy qo’mitasiga murojaat qilib, bir monarxik davlat bilan madaniy aloqalarni yo’lga qo’yish uchun uni ilmiy komandirovkaga jo’natishlarini so’raydi.
Uning asl maqsadi nima edi?

Javob. Hajga borish.
Izoh. O’limidan oldin haj amalini bajarish uchun shunday bahona qilgandi.

1963. X asos solinishi negizida bir rohibni o’pka saratoniga duchor bo’lishi bilan bisotidagi 400 ta kitobni o’zi yashab turgan shaxardagi maktabga sovg’a qilib yuborilishi yotadi 1838-yilda olamdan o’tadi,oradan 1 yil o’tgach esa bu maktabga rohibning nomi beriladi. siz menga rohibni hamda ushbu maktab hozrda qanday nom bilan atalishini yozib bering ?
Javob : Jon Garvard . Garvard universiteti

1964. 1.O‘rta bo‘y
2.Ranglari oq-qizil, yuzlari bug‘doyrang
3.Oldinga moyil bo‘lib yurardi
4. Ikki yelkalari orasi keng
5.Kaft va qadamlari to‘la, go‘shtli.
6. Boshlari katta, yuzlari dumaloqroq, ko‘zlari qora
7. Suyaklarining qo‘shilgan yeri yo‘g‘on.
8. Kipriklari uzun. Tana a’zolari bir-biriga mutanosib, xushbichim
9. Siynadan kindikkacha uzun va ingichka mo‘y.
10. Badanlari tuksiz.
11. Biror tarafga burilsalar, gavdalari bilan burilardi
12. Peshonalari keng.
13. Qoshlari qo‘shilmagan, egik
14. Burunlari baland, qirrali.
15. Soqollari qalin
16. Tishlari mayda, yaltiroq, oldingi tishlari bir-biridan alohida ko‘rinar
17. Qorin va siynalari tekis hamda barobar.
18. Ko‘kraklari keng.
19. Bilaklari uzun.
20. Ikki yelkalari o‘rtasida …. … bor.
Nuqtalar o’rnini 2 so’z bilan to’ldiring?

Javob: Payg’ambarlik muxri
Yuqorida tariflar Payg’ambarimiz Muhammad.s.a.v ning ulamolar yozib qoldirga taxminiy ko’rinishiga ta’rif edi

1965. «2018 yilda O’zbekiston Respublikasi hududida Denazavrcha dunyoga keldi» deb xabar beradi daryo.uz sayti. Mazkur Denazavrning dunyoga kelishida yurtimiz vakillari bilan bir qatorda chet el vakillarining ham xizmatlari katta bo’ldi.
Mazkur Denazavr qayerda dunyoga keldi?

Javob. Dena fabrikasida.
Izoh. Gap «Dena» ichimliklar zavodi tomonidan yosh bolalar uchun ishlab chiqarila boshlagan «Denazavrik» ichimligi haqida edi. Bejizga Denazavr deyilmagan)

1966. 1851-yilgi Xalqaro ko’rgazmada U unchalik ham insonparvar bo’lmagan ko’rinishda taqdim etilgan. O’shanda Uning tarkibida katapultani, sovuq suvli vannani ko’rishimiz mumkin edi.
U-?

Javob: Budulnik

1967. Ikki karra Nobel mukofotini qo’lga kiritgan Mari Kerri nima sababdan mashhur nufuzli Fransuz akademiyasiga qabul qilinmagan?
Javob: ayol bo’lganligi uchun

1968. Dunyoda rivojlanish darajasiga ko’ra «katta sakkizlik» davlatlari ajratilgan. Ularga AQSH, Kanada,Yaponiya, Italiya, Germaniya,B.Britaniya, Rossiya kiradi. 8-davlatni toping?
Javob: Fransiya

1969. Qisqa_savollar

  1. Djuzeppe Meassa qaysi davlat futbolchisi?
    Javob- Italiya

2.Qadimgi Dunyoning yetti mo’jizalaridan uchinchisini ayting.
Javob: Olimpiyadagi Zevs haykali

  1. O’tkirbek Haydarov qaysi sport turi bo’yicha olimpiada sovrindori?
    Javob: Boks
  2. Rim raqamlari bo’yicha «M» qaysi sonni ifodalaydi?
    Javob.1000
  3. 353-470 – yillarda O’zbekiston hududida hukmronlik qilgan sulola?
    Javob: Xiyoniylar
  4. Haridor bilan sotuvchi o’rtasidagi oldi-sotdi jarayonini bashqaruvchi dallol nima deb ataladi?
    Javob: Broker
  5. Kuna qaysi davlat pul birligi?
    Javob: Xorvatiya
  6. Togo davlatining poytaxti?
    Javob: Lome
  7. Respublikamizda 2007-yil qanday nomlangan?
    Javob: Ijtimoiy himoya yili
  8. Zarbdor tumani Respublikamizning qaysi viloyatiga tegishli?
    Javob: Jizzax
  9. Arabcha «bilmoq» deb ayting.
    Javob: Ma’rifat
  10. «Amir Temur» ordeni qachon ta’sis etilgan?
    Javob: 26-aprel 1996-yil
  11. «Hind hisobi bo’yicha kitob» asari muallifi?
    Javob: Al-Xorazmiy

15.1. «Chol va dengiz»-Ernest Xemenguey

  1. «Alkimyogar»-Paulo Koelyo
  2. «Real Madrid»-Ispaniya
    Ushbu keltirilgan ro’yxatdagi o’zaro bog’liqlikni topgan bo’lsangiz, menga ushbu ro’yxatni davom ettiruvchi davlatni yozib bering.
    Javob:Chili

16.Goolgle kompanyisi har yil kompaniya atrofidagi otlarni òrdirish uchun  kamida 200 ta x buyurtma berishar ekan .
Diqqat savol X?

Javob:Echki

17.«Samoalik Tayson» deb qaysi bokschini aytishadi ?
Javob: Devid Tua

  1. Islom dini qaysi ikki asosiy yo’nalishdan iborat?
    Javob:Sunniylik va shiyalik

19.Brandenburg darvozasi qaysi shaharda joylashgan ?
Javob:Berlin

1970. #Qisqa_savollar

  1. Dunyodagi maydoniga ko’ra eng katta dengiz qaysi ?
    Javob Fillippin
  2. «Dovud» haykali muallifi kim ?
    Javob Mikelanjelo
  3. Koinotga ko’tarilgan birinchi ayol kim ?
    Javob. Valentina Treshkova
  4. «Insonni Qidiryapman » deya kunduz kuni ham sham yoqib ko’tarib yurgan qadimgi yunon faylasufi kim ?
    Javob Diogen
  5. Ayollarning eng baland ovozi nima deb ataladi ?
    Javob Soprano
  6. Eng katta astroid qaysi ?
    Javob Serera
  7. Dunyoning yetti mo’jizasidan biri Zeva haykalini kim yasagan ?
    Javob Fidiy
  8. Buyuk Amir Temurning onasini ismi nima edi ?
    Javob Takinaxotun
  9. Eng birinchi diktorning (ayol kishi ) ismi familyasi ?
    Javob. Ursula Patschke
  10. O’rgimchaklarni o’rganuvchi fan ?
    Javob. Araxnologiya
  11. Dunyodagi eng tez ilon qaysi ?
    Javob qora manba
  12. O’zbekistonda 1997 – yil qanday atalgan edi ?
    Javob. Inson manfaatlari yili
  13. Dunyodagi eng balandda joylashgan ko’l ?
    Javob Titikaka
  14. «Gunohdan nafratlangan – Gunohkordan emas » iborasi kimga tegishli ?
    Javob L. TOLSTOY

1971. «Argumenti i fakti» gazetasida bir cherepitsa ishlab chiqaruvchi firma reklamasi chiqqan. Ushbu reklamada cherepitsalar surati bilan birgalikda bir mult qaxramonning ham rasmi bor. Qaysi qaxramon?
Javob: Karslon

1972. Uolt Disney tomonidan Disneylend ochilgan kuni ochilish marosimiga taklif etilgan 30 000 ga yaqin mehmonlar marosimda ishtirok etisha olmagan ekan. Diqqat savol. Bunga sabab bo’lgan omil hozir ham ko’pchilikni noqulay ahvolga solishini bilgan holda o’sha omilni ayting?
Javob. Soxta biletlar

1973. Uning «ko’pi zarar» deyishlariga qaramay, Buyuk Britaniya professori uning qanchalar dori-darmonga boyligini, hattoki inson organizmida rak to’qimalarini oldini olishini isbotlab berdi.
Demak uning hususiyatlari: yoshartiradi, ko’z nurining hiralashishida foyda beradi, qon aylanishini yaxshilaydi va anemiyada yordam beradi.
Endi savol: bu ta’riflarlar egasini topgan bo’lsangiz, uni jon-dilidan sevuvchi «qahramon»ni toping?

Javob: Karlson
Izoh: gap murabbo haqida edi. Qulupnoylik murabbo – yoshartirishi, chernikaligi – ko’z nurida, nokligi – qon aylanishida, o’rikdan tayyorlangani esa – anemiyada foyda berishi fanda isbotlangan

1974. Doro I ning turli xotinlaridan 10 lab og’il farzandlari bo’lgan. Shox o’z valiahdi etib Kserks ismli farzandini tayinlaydi. Ammo Kserks uning to’ng’ich farzandi emasdi. Diqqat savol. Nega aynan Kserksni valiahd bo’lgan?
Javob: taxtga o’tirgandan keyin tug’ilgan 1-o’g’il

1975. Ayollar bilan ehtiyot bo’lib muomala qiling. Xudo ularni qovurg’adan yasagan. To’g’rilashga harakat qilsangiz sinadi o’z holiga qo’ysangiz nima boladi?
Javob : Yanayam qiyshayadi

1976. Tuproq qancha uzoq tursa, shunchalik mustahkamlanib, pishib, rangi ham tiniqlashib borarkan. Suyak esa aksincha, borgan sari xunuklashib, qorayib ketarkan. Mazkur fikr muallifi fikrini asoslash uchun nimani dalil qilib keltirganini ayting?
Javob. Ayol va erkakning qarishini.
Izoh. Odam Ato tuproqdan, Momo Havo esa qovurg’adan yaratilgani esingizdadir!

1977. -Yillar o’tib o’zgaramiz…!
-Men sizni qanday taniyman?, dedi u,
-Odamlar orasida eng X o’zim bo’laman!, deya jilmayib qo’ydim…
X- ?

Javob: G’amgin

1978. X-soyabonguldoshlar oilasiga mansub. 60dan ortiq turi mavjud. Insoniyaga 2ming yildan beri ma»lum yegulik. SSSR davri bir harbiy toifaning asosiy yeguligi.
Shuningdek X o’z vaqtida Puaroga hamkasblik qilgan.
. X-?

Javob. Sabzi.
Sabzi Sovet davlati snayperlarining asosiy yeguligi bo’lgan ekan. Chippiloniodagi izquvar – sabzi edi.

1979. Mustaqillikning yuz yilligi sharafiga Fransiyada bunyod etilgan bu haykal 1931-yili Kordovada tog’iga keltirib joylashtirilgan,2007-yili esa dunyoning yangi yetti mo’jizasi qatoriga kiritilgan?
Javob: Iso haykali

1980. Hozirgi kunda ushbu narsadan foydalanmaydigan odamni uchratsh qiyin
U narsadan erkaklarga nisbatan ayollar ko’proq foydalanishadi
Statistikaga ko’ra u narsaning eng qimmati 1 mln dollar bo’lib u 2909 ta qimmat baho toshlar bilan bezatilgan
Diqqat savol uni toping?

Javob: Atir

1981. Sa’diy ijodidan she’riy parcha:
Oqillar yonida yurmak ham hikmat
Maslahat berganda so’zga qil himmat.
Ikki narsa hech aqlga sig’mas:
Kerak paytda X, keraksizda Y.
Diqqat savol. X va Y -?

Javob. X-sukut, Y-suhbat.

1982. Misr firavnlarida uning kuchini mavqeyini belgilaydigan bir qancha predmetlar bo‘lgan. Ulardan biri Firavnning donoligini bildirgan. Qizig‘i Firavn o‘lgach undan xotini bemalol foydalanishi mumkin bo‘lgan. Aytingchi bu nima?
Javob : Yopishtiriladigan Soqol

1983. Jessi Kartrayt maishiy texnikada ko‘plab foydali texnologiyalarni o‘ylab topgan, biroq ular orasida eng ahamiyatlisi Ushbu narsa bolib u oshxona buyumi
Diqqat savol Jessini mashxur qilgan kashfiyotni toping??

Javob: Mikroto’lqinli pech

1984. Har qanday erkakni harakatlantiruvchi kuch – bu U. Usiz hatto Napoleon ham oddiy ahmoq bo’lib qolardi
U-?

Javob: ayol

1985. Qisqa_savollar

  1. Koreys tiliga «Poytaxt» so’zini tarjima qiling.
    Javob Seul
  2. Bu poytaxt 2 ta shahar qo’shilishidan tashkil topgan. Uning nomi ana shu 2 ta shahar nomi qo’shilgandan so’ng paydo bo’lgan. Bu qaysi shahar?
    Javob. Budapesht
  3. Yevropa Ittifoqiga kirib keladigan qalbaki maxsulotlarning foiz ko’rsatkichi bo’yicha
    1-o’rin:  Sigaret maxsulotlari
    2-o’rin:  Kiyim-kechak
    Xo’sh 3-o’rinda qaysi maxsulot turadi?

    Javob qalbaki disklar
  4. Keks, Donut, muzlagan yogurt, zanjabilli shirinkulcha, KitKat, Chupa-chups.
    Quyidagilarni nima o’zida jamlagan?

    Javob Android versiyalari
  5. Unga 42 kun, 16 soat, 40 daqiqa va 35 sekund sarflandi. U bir frazani puchga chiqardi.
    Uni ayting yoki frazani?
    Javob «Dunyo bo’ylab 80 kun»

1986. Lotinchada bir mamlakatning manosi «Janubiy yer» degani.U davlatning xaqiqatdan ancha Janub tomonda joylashgan.
Bu qaysi katta davlat?

Javob: Avstraliya

1987. XX asr o’rtalarida Germaniyada Bir tadbirkor aholidan ishlatilgan mashina shinalarni sotib olishni boshlidi bu inson Kim edi?
Javob. Adolf Dasler

1988. Betxoven umrining oxirida kal boʻlib qolgach musiqa yaratishda baribir davom eta vergan.U xassasining bir uchini royalga tekkizib ikkinchi uchini tishlari bilan tishlab undan chiqayotgan musiqaning xis etib turgan.Koʻr kar soqovlar maktabida antiqa voqiya guvox bolgan maktab oʻquvchilari Yangi yil bazmida saxnani toʻldirib oyinga tushishar edi.Xayron qolarli joyi barcha xuddi musiqani toʻliq eshityotganday qoʻshiq uslubiga mos xarakat qilishar edi.Ularga bir yaratilgan qulaylik musiqani xis qilib turganliklari yordam berar edi.
Savol:Nimani hisobiga musiqani xis qilib turganlar?

Javob :Zirillashi orqali
Izoh: Ovoz kuchaytirgich moslamalari sahna ortiga oʻrnatilgan ular keyin pol zirillashi ehtimolida ular keyin oʻyinga tushishar edi.

1989. U oʻlim emas.U bir uchidan koʻriniyotgan tortilgan arqon.Ikkinchisi dor ustida Langar choʻpsiz xatto qoʻllarini ham ochmasdan tik ketayotgan darboz.Uchinchisi dor ustidan oʻtmay pastga engashib qarayotgan darboz.Tagʻin bittasi xar kuni kiyimini almashtiruvchi olifta shoirni Xotini kirlarni qurutmoq uchun yoygan usta dor.
Savol:Nimalarga bu ta’rif berilgan?

Javob: Tinish belgilari

1990. Qisqa_savollar

  1. Bir-birini hech qachon kesib o’tmaydigan to’g’ri chiziqlar qanday ataladi?
    Javob: Parallel To’g’ri chiziqlar
  2. Fillip oroli qaysi davlat tarkibiga kiradi?
    Javob: Avstraliya
  3. 2001-yil iyun oyidan UZDAEWOO avto korxonasi qaysi rusumdagi avtomobillarni ishlab chiqara boshlagan?
    Javob: Matiz
  4. Islom oylarining qamariy taqvimida «muxarram» yilning qaysi oyiga to’g’ri keladi?
    Javob: Yanvar
  5. 64,8 mg (milligramm) ga teng xalqaro og’irlik o’lchovini ayting.
    Javob: Gran
  6. Hozirda biz foydalanayotgan kalendar asoschisi?
    Javob: Grigoriy
  7. «Sho’rtan» futbol klubi qaysi tumanga tegishli?
    Javob: G’uzor
  8. Lotinchada «boshlang’ich raqam» deb ayting.
    Javob: Era (Milod javobi qabul emas. «Milod – tug’ilish»)
  9. Qadimda yunonlar «Yaksart» deb nomlagan daryoni ayting.
    Javob: Sirdaryo
  10. BMT ning sanoatni rivojlantirish bo’yicha tashkilotini ayting.
    Javob: UNIDO
  11. Nakfa qaysi davlat pul birligi?
    Javob: Eritreya
  12. Soʻzlovchining nutqi qaratilgan shaxs yoki shaxs deb tasavvur qilingan predmet hodisani bildiradigan so’z yoki soʻz birikmasi nima deb ataladi?
    Javob: Undalma
  13. General-mayor pagonida nechta Katta yulduz bo’ladi?
    Javob: 1 ta
  14. Qumqo’rg’on tumani Respublikamizning qaysi viloyat hududida joylashgan?
    Javob: Surxondaryo
  15. «Plimutrok» qaysi hayvon zoti?
    Javob: Tovuq
  16. Tennisda match yakunlanganini anglatuvchi hakam ishlatadigan «uch termin» ni ayting.
    Javob: Gem! Set! Match!
  17. «Yo’q qilish, vayron etish» ma’nosini beruvchi kimyoviy elementni ayting.
    Javob: Ftor
  18. Qulupnay o’simliklarning qaysi oilasiga mansub?
    Javob: Ra’noguldoshlar
  19. Turizm sohasining boshqa davlatlarga sayohatlar, ya’ni chiqishlar soni bo’yicha birinchi o’rinda turuvchi davlat?
    Javob: Germaniya
  20. «Sariq devni minib» asari muallifi?
    Javob: Xudoyberdi To’xtaboyev

1991. Umar Xayyomning ruboiysini tinglang:
Dunyoning tilagi, samari ham u,
Aql ko‘zin qorasi-javhari ham u.
To‘garak jaxonni uzuk deb bilsak,
Shaksiz uning ko‘z-gavhari ham u.
Umar Xayyom u deganda nimani nazarda tutgan?

Javob. Biz

1992. Avreliy Avgustin u haqda: «Agar mendan odamlar uning nima ekanligini so‘ramagunlaricha men uni biladiganga o‘xshayman, biroq u nima ekanligini boshqalarga chuqurroq tushuntirmoqchi bo‘lsam, uni hargiz bilolmasligimni his etaman» degan. U nima haqida shunday?
Javob: vaqt

1993. Bu mayda toshlar buyrak shaklida bo‘lganligidan qadimda o‘sha toshlar buyrakni davolash xususiyatiga ega deb ishonganlar. Bu holat toshning nomida o‘z ifodasini topgan. Ushbu tosh qanday ataladi?
Javob. Nefrit

1994. Moskvaning «Progress» nashriyotida 1966 yilda chiqqan kitobda 3 ta Rim imperatori, 10 ta AQSh prezidenti va ko‘plab boshqa mashxur insonlarning ism-shariflarini ko‘rish mumkin. Ushbu kitobning siyosat va davlat boshqaruviga hech qanday aloqasi yo‘q, bu entsiklopedik ma’lumotlar kitobi ham emas, o‘ylab ko‘ringchi, bu qanday kitob bo‘lishi mumkin?
Javob: Aforizmlar to’plami

1995. Bu sintetik tolani Polshada elana, Angliyada terilen, AQShda dakron, Yaponiyada tetoron, Germaniyada diolen va Frantsiyada tergal deb nomlashadi. U bizda qanday nomlanadi?
Javob: lavsan

1996. Xoratsiy Safrin shunday degan: «Ayol bilan tanishish uchun  bir necha daqiqa yetarli, uni yaxshi bilish uchun yillar kerak, haqiqiy va to‘liq bilish uchun……». Nima qilish kerak?
Javob: U bilan ajralish kerak

1997. Bu «hovli»ning dastlabkisi Frantsiya qiroli Genrix VIII farmoniga asosan 1529 yilda Parijda bunyod etilgan. Toshkentda bunday «hovli» ilk bor 1903 yilda qurilgan. Hozirgi kunda O’zbekistonda 530 ta bunday «hovli» bor. Shu hovlilarning eng kattasini ayting?
Javob. Yunusobod» tennis korti (ing.court – hovli).

1998. Tok tezligining nimaga qiyoslanadi?
Javob: Yorugʻlik tezligi bilan.

1999. 1858-yilgi saylovlarda Avraam Linkoln g’alaba qozona olmaydi. Uning biografi yangi yilda yoqqan qorni Linkolnning hayotida U deb ataydi. Biz ham sizga 2017-yildagi barcha dilxiraliklarni unutib 2018-yilni U bilan boshlashingiz tilakdoshimiz.
Uni 2ta so’z bilan ayting?

Javob. Bo’sh qog’oz. (Toza qog’oz)
Yoqqan oppoq qor Linkolnni siyosiy kurashlaridagi yangi bitiklar u.n oppoq bo’m-bo’sh qog’ozga qiyoslanadi. Biz ham 2018-yilni yangi sahifalar bilan bezatishiz tilakdoshimiz.

2000. Kavkaz masalini eshiting.
Bir yosh yigit o’z xotinini nojo’ya ayb ishi uchun jazolamoqchi bo’ladi. Buning uchun esa bozorga borib ayoli uchun judayam ko’plab zeb-ziynatlar va pardoz anjomlari sotib oladi. Ularni xotiniga beradi. Keyin esa shunday bir ish qoladiki, bu xotini u.n qattiq jazo bo’ladi. U nima qilgan?

Javob. Ko’zguni olib qo’yadi.
Yigit ayollarni yaxshi bilardi. U xotini o»zini yangi narsalar bilan ko’ra olmasligi qanday jazo ekanini yaxshi bilgan ekan.