? BAYRAMLAR
?? Butunjahon televideniye kuni.
? Butunjahon baliqchilik kuni.
? Butunjahon salomlashish kuni.
? MILLIY BAYRAMLAR:
?? Kanada – Milliy qizil qo’lqoplar kuni.
?? Indoneziya – Milliy baliq kuni.
?? Ukraina – Qadr va erkinlik kuni.
?? Rossiya – Buxgalter kuni.
?? Polsha – Ijtimoiy ishchilar kuni.
?? Ukraina – Havo hujum kuchlari kuni.
?? Gretsiya – Qurolli kuchlar kuni.
?? Bangladesh – Qurolli Kuchlar kuni.
?? Rossiya – Soliq organlari xodimlari kuni.
?? AQSh – Milliy tadbirkorlar kuni.
?? Venesuela – Talabalar kuni.
? VOQEALAR:
- 1009 – Vyetnamda Li sulolasi hukmronligi boshlandi.
- 1386 – Amir Temur qo‘shinlari Gruziya poytaxti Tbilisi shahrini egalladi.
- 1404 – Ispaniya elchisi Rui Gonzales de Klavixo Samarqanddan jo‘nab ketdi.
- 1620 – Plimut koloniyasiga asos solindi.
- 1783 – Parijda havo sharining ilk parvozi amalga oshirildi.
- 1806 – Napoleon Angliyaga «qit‘a qamali» e’lon qildi.
- 1875 – Po‘latxon qo‘zg‘oloni: Mullo Qo‘shay shtabs-kapitan Ionov va unter ofitser Danilovni asirga oldi.
- 1877 – Tomas Edison fonografni ixtiro qildi.
- 1879 – Tomas Edison ixtiro qilgan ilk cho‘g‘lanma lampochka sinovdan muvaffaqiyatli o‘tdi.
- 1916 – Egeya dengizida «Britanik» kemasi cho’kib ketgan.
- 1917 – Turkiston o‘lkasi Sho‘rosining 15-21-noyabrda bo‘lib o‘tgan III qurultoyi Turkiston xalq komissarlari kengashini tuzdi.
- 1918 – Estoniya bayrog‘i qabul qilindi.
- 1920 – Irlandiya poytaxti Dublinda «Qonli yakshanba» nomini olgan qirg‘in bo‘lib o‘tdi;
- 1942 – Nemislarning Paulus qo‘modonligidagi 6-armiyasi Stalingrad yaqinida qurshab olindi.
- 1945 – Gvatemala BMTga aʼzo boʻldi.
- 1969 – Internetning dunyoga kelishi: Kaliforniya universiteti va Stenford tadqiqotlar instituti o‘rtasida ilk ARPANET tarmog‘i ishga tushirildi.
- 1995 Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati Assambleyasi tashkil topdi.
- 2002 – Bolgariya, Estoniya, Latviya, Litva, Ruminiya, Slovakiya va Sloveniya NATO tarkibiga taklif qilindi.
-2007 – Turkiyaning Antaliya shahrida futbol bo‘yicha nogiron-amputantlar o‘rtasida o‘tgan jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi chempion bo‘ldi. - 2013 – Ukrainada prezident Viktor Yanukovichga qarshi ilk ommaviy namoyishlar bo‘lib o‘tdi.
- 2014 – Shveytsariya prezidenti Dide Burkxalter O‘zbekistonga tashrif buyurdi.
- 2017 – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Mard o‘g‘lon» davlat mukofotini ta‘sis etish to‘g‘risida” gi qarori qabul qilindi.
- 2017 – Zimbabve prezidenti Robert Mugabe hokimiyatdan chetlatildi.
? TAVALLUDLAR:
- 1694 – Volter (Mariya Fransua ARUE) (1778) – fransuz yozuvchisi va faylasufi.
- 1835 – Genrietta Grin (1916) – amerikalik milliarder moliyachi, o’z davrining eng boy ayoli.
- 1910 – Izzat Sulton – o‘zbek dramaturgi, adabiyotshunos olim.
- 1929 – Muxtor Musaboyev – haykaltarosh, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1976).
Kun tarixi kanalidan olindi - 1945 – Goldi Xoun – amerikalik kinoaktrisa, film produseri va qoʻshiqchi.
- 1948 – Asrol Muxtorov – ganchkor usta, naqqosh, Oʻzbekiston xalq ustasi (1999).
- 1948 – Mishal Sulaymon – Livanning 16-prezidenti.
- 1965 – Byork – Islandiyalik qo’shiqchi.
- 1972 – Devid Tua – Yangi Zelandiyalik og’ir vazn toifasidagi bokschi.
- 1979 – Vinchenso Yakvinta – italiyalik futbolchi, jahon chempioni (2006).
- 1985 – Xesus Navas – ispaniyalik futbolchi, jahon chempioni (2010).