22 oktabr kun tarixi

👉 BAYRAMLAR:

🌎 Xalqaro duduqlanishdan xabardorlik kuni.
🌎 Xalqaro erkaklar asab tizimini ayol zo’ravonligidan himoya qilish kuni.
🌏 CAPS LOCK tugmachasi kuni (Caps Lock Day).
🌏 Kserokopiya tug‘ilgan kun.

🔹 MILLIY BAYRAMLAR:

🇮🇩 Indoneziya – Milliy Santri kuni.
🇦🇺 Avstraliya – Vombat kuni.
🇺🇸 AQSh – Yong’oqlar bayrami.

👉 VOQEALAR:

  • 1721 – Rossiya imperiyaga aylandi (eski yil hisobida).
  • 1730 – Ladoga kanali ochildi.
  • 1797 – Jak Garneren havo sharidan parashyutda sakragan birinchi odam bo‘ldi.
  • 1842 – Gustav Faberje Sankt-Peterburgda zargarlik ustaxonasi ochdi.
  • 1883 – Nyu-Yorkda Metropoliten-opera teatri ochildi.
  • 1938 – Chester Karlson kserokopiya apparatini ixtiro qildi.
  • 1955 – Kamchatkadagi Bezimyanny vulqonining otilishi.
  • 1960 – Kassius Kley (keyinchalik Muhammad Ali) professional ringdagi birinchi jangida g’alaba qozondi.
  • 1962 – Karib inqirozi: John Kennedy Kuba blokadasini e’lon qildi.
  • 1964 – Fransuz faylasufi va yozuvchisi Jan-Pol Sartr Nobel mukofotidan voz kechdi.
  • 1966 – SSSR “Luna-12” sun’iy yo’ldoshini uchirdi.
  • 1975 – “Venera-9” sovet kosmik stantsiyasi Venera yuzasiga qo’ndi.
  • 1980 – Rim Papasi Galiley ustidan chiqarilgan 1633-yilgi hukmni bekor qildi.
  • 1990 – Qirg’izistonning suvereniteti to’g’risida qonun qabul qilindi.
  • 1992 – Latviya Respublikasi O‘zbekiston Respublikasining suverinetitetini tan oldi.
  • 1998 – O‘zbekiston Livan bilan o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatdi.
  • 2001 – Estrada san’atini rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etildi.
  • 2001 – tennis yulduzlari amerikalik Andre Agassi va germaniyalik Steffi Graffning to’yi bo‘ldi.
  • 2009 – Windows 7 ning rasmiy chiqarilishi.

👉 TAVALLUDLAR:

  • 1811 – List Ferens (1880) – venger kompozitori, pianinochi, dirjyor, pedagog, jamoat arbobi.
  • 1844 –  Sara Bernar (1923) – Fransuz teatr san’ati tarixidagi eng mashhur aktrisa.
  • 1887 – Marshak Samuel (1964) – rus shoiri, 20- asr rus bolalar adabiyoti asoschilaridan.
    – 1870 – Ivan Bunin (1953) – Rus yozuvchisi, Nobel mukofoti sohibi (1933).
  • 1881 – Klinton Jozef Devisson (1958) – amerikalik fizik, Nobel mukofoti sohibi (1937).
  • 1894 – Mey Lanfan – Xitoy operasi afsonasi.
  • 1903 – Jorj Uells Bidl (1989) – amerikalik genetik, Nobel mukofoti sohibi (1958).
  • 1917 – Joan Fontayn (2013) – amerikalik kinoaktrisa.
  • 1919 – Murodova Xanifa – xirurg, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1969).
  • 1919 – Doris Lessing (2013) – ingliz fantast yozuvchisi, Nobel mukofoti sohibasi (2007).
  • 1929 – Lev Yashin (1990) – Rossiya futboli tarixidagi eng yaxshi darvozabon, olimpiya (1956) va Yevropa chempioni (1960).
  • 1943 – Ketrin Denyov – eng go’zal fransuz aktrisasi.
  • 1949 – Arsen Venger – fransuz futbolchisi va murabbiy.
  • 1963 – Obid Asomov (2018) – qiziqchi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist.
  • 1971 – Ro’ziqul Berdiyev – oʻzbek futbolchisi, yarim himoyachi 2012-yilidan “ Nasaf ” futbol klubi bosh murabbiyi.
  • 1985 – Deontey Uaylder – amerikalik bokschi, WBC yo‘nalishida jahon chempioni (2015-yildan).
  • 2001 – Jo Yu-ri – janubiy koreyalik qoʻshiqchi va aktrisa.