? BAYRAMLAR:
? Butunjahon snoubord kuni (World Snowboard Day).
? MillIY BAYRAMLAR:
?? Sudan – Bolalar kuni.
?? Misr – G‘alaba (Port-Saidning ozod qilinish) kuni.
?? Shvetsiya – Qirolicha Silviyaning tug’ilgan kuni.
?? Meksika – Rediska kuni.
?? Hindiston – Fermerlar kuni.
? VOQEALAR:
- 484 – Gunerixning o’limidan so’ng Guntamund vandallar qiroliga aylandi.
- 558 – Xlotar I Frank qirolligini o‘z qo‘l ostida birlashtirishni yakunladi.
- 962 – Halab qamali.
- 1558 – Ingliz sayyohi, savdo agenti va diplomati Antoniy Jenkinson Buxoroga keldi.
- 1672 – Italyan astronomi Jovanni Kassini Saturnning navbatdagi yo‘ldoshi – Reyani kashf qildi.
- 1876 – Usmonlilar imperiyasining birinchi konstitutsiyasi qabul qilindi.
- 1888 – Vincent van Gog o’z qulog’ini kesdi.
- 1900 – Rejinald Fessenden dunyodagi birinchi ovozli eshittirishni amalga oshirdi.
- 1904 – Vilnyusda litva tilidagi birinchi gazeta – «Vilnyaus Jinios» nashr etildi.
- 1913 – AQShda bir nechta yirik banklardan Federal zahira tizimi tashkil etildi.
- 1938 – London muzeyiga Latimeriya balig’i olib kelindi.
- 1953 – SSSRda L. P. Beriya, V. N. Merkulov, B. Z. Kobulov, S. A. Goglidze, P. Ya. Meshik, V. G. Dekanozov va L. E. Vlodzimirskiy otib tashlandi.
- 1947 – Amerikada tranzistorning rasmiy taqdimoti o’tkazildi. Shu kun tranzistor ixtiro etilgan kun hisoblandi.
- 1972 – Managua zilzilasi.
- 1979 – Afg’oniston urushi: Sovet qo’shinlari Kobulni egallashdi.
- 1990 – Sloveniyaning Yugoslaviyadan ajralib chiqishi to‘g‘risidagi referendum. Qatnashganlarning 95%i rozilik bildirishgan.
- 1991 – Shveytsariya Konfederatsiyasi O’zbekiston Respublikasi suverenitetini tan oldi.
- 1993 – Xalqaro Bobur jamg’armasi tashkil etildi.
- 1994 – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Respublika muzeylar faoliyatini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaror qabul qildi.
- 1994 – Moldova Respublikasi tarkibidagi Gagauziya (Gagauz-Yeri) avtonom hududiy birligi to’g’risidagi qaror rasman e’lon qilindi.
- 2007 – Nepalda monarxiya tugatildi.
- 2007 – Islom Karimov 7 yil muddatga uchinchi marta Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi.
- 2008 – Gvineyadagi harbiy to’ntarish.
- 2009 – Nijniy Tagildagi «Yestyuninskaya» konida portlash sodir bo’ldi, 9 kishi halok bo’ldi.
? TAVALLUDLAR:
- 1722 – Aksel Kronstedt (1765) – nikelni kashf etgan shved kimyogari va mineralogi.
- 1777 – Aleksandr I (1825) – Rossiya imperatori (1801-1825).
- 1790 – Jan-Fransua Shampolyon (1832) – fransuz tarixchi sharqshunosi va lingvisti, misrshunoslik asoschisi.
- 1799 – Karl Bryullov (1852) – Mashhur rus rassomi.
- 1810 – Karl Rixard Lepsius (1884) – nemis arxeologi va misrshunosi.
- 1881 – Xuan Ramon Ximenes – Ispan shoiri, Nobel mukofoti sohibi (1956).
- 1908 – Ziyovuddinxon ibn Eshon Boboxon (1982) – muftiy, din va jamoat arbobi.
- 1911 – Niels Kaj Jerne (1994) – ingliz immunologi, Nobel mukofoti sohibi (1984).
- 1918 – Gelmut Shmidt (2015) – nemis siyosatchisi, GFR ning 5-federal kansleri (1974-1982).
- 1920 – Asqad Muxtor (1997) – Atoqli shoir va yozuvchi.
- 1931 – Lev Durov (2015) – teatr va kino aktyori, SSSR xalq artisti.
- 1933 – Akixito – Yaponiyaning 125-imperatori (1989-2019).
- 1943 – Najimatdin Ansatboyev – qoraqalpoq aktyori va rejissyori, Oʻzbekiston xalq artisti (1974).
- 1953 – Mariya Romanova – Rossiya imperatorlik uyining rahbari.
- 1976 – Sevarа Nazarxonova – xonanda, “Nihol” mukofoti sohibasi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist (2002).
- 1976 – Yuliya Chepalova – rossiyalik chang’ichi, uch karra Olimpiya chempioni, ikki karra jahon chempioni.
-1978 – Samandar Hamroqulov – oʻzbek pop qoʻshiqchisi, aktyor, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist. - 1989 – Yulduz Rajabova ‐ oʻzbek hamda turk film va teatr aktrisasi.
- 1997 – Mateya Yelich – xorvatiyalik taekvondochi, Olimpiada chempioni (2020).
- 1999 – Dmitriy Kozlovskiy – rossiyalik figurali uchuvchi, Yevropa chempioni, Jahon chempionati sovrindori.