? BAYRAMLAR:
?? BMT – Butunjahon meteorologiya kuni.
? MILLIY BAYRAMLAR:
?? Boliviya – Dengiz kuni.
?? Polsha, ?? Vengriya – Polsha-Vengriya do’stligi kuni.
?? Malayziya – Sulton Johor kuni.
?? AQSh – Milliy kuchukchalar kuni.
?? Angola – Janubiy Afrika ozodligi kuni.
?? Pokiston – Pokiston kuni.
? VOQEALAR:
- 625 – Arabistonda madinalik musulmonlar bilan makkalik quraysh mushrikilari o’rtasida Uhud jangi bo‘lib o‘tdi.
- 1324 – Rim papasi Ioann XXII Imperator Lyudovik Bavarskiyni cherkovdan xoli deb e’lon qildi.
- 1839 – «O.K.» iborasining tug’ilgan kuni. (hozir mashhur «ok»).
- 1841 – Londonda Rishard Bierd Yevropada birinchi fotoatelye ochdi.
- 1848 – Vengriya Avstriyadan mustaqil bo’lib chiqdi.
- 1876 – Pavel Yablochkov ixtiro qilgan «elektr o‘tkazgich» uchun patent oldi.
- 1891 – Birinchi marta futbol darvozasi to’ridan foydalanildi.
- 1900 – Arxeologlar Kritda afsonaviy Labirint – Minotavr saroyining qoldiqlarini topdilar.
- 1933 – Reyxstag Adolf Gitlerga diktatorlik vakolatlarini berdi.
- 1956 – Birinchi islom respublikasi – Pokiston e’lon qilindi.
- 1983 – Sovet ultrabinafshali kosmik teleskopi – “Astron” uchirildi.
- 1983 – AQSh Prezidenti Ronald Reygan Strategik mudofaa tashabbusi bilan chiqdi.
- 1998 – Rossiya Federatsiyasi hukumati raisi Viktor Chernomirdin iste’foga chiqdi.
- 2001 – Tinch okeanida Mir orbital stantsiyasi suvga cho‘ktirildi.
- 2004 – Gelibolu (Turkiya) yarimorolidagi tarixiy milliy parkda ikki ming askar ko’milgan haqiqiy qabriston topildi.
- 2019 – Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomrat To‘qayev poytaxt nomini Nur-Sultanga o‘zgartirish to‘g‘risidagi farmonga imzo chekdi.
-2021 – Suvaysh kanalida Ever Given konteyner kemasining halokati.
? TAVALLUDLAR:
- 1749 – Pyer-Simon Laplas (1827) – fransuz astronomi, matematigi va fizigi.
- 1826 – Lyudvig Minkus – avstriyalik bastakor, skripkachi va dirijyor
- 1881 – Shtaudinger German (1965) – nemis kimyogari, Nobel mukofoti sohibi (1953).
- 1881 – Roje Marten dyu Gar (1958) – fransuz yozuvchisi, dramaturg, Nobel mukofoti sohibi (1937).
- 1898 – Yuriy Skvorsov (1968) –
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan va texnika arbobi, geolog va geomorfolog olim. - 1900 – Erix Fromm (1980) – nemis-amerika faylasufi va sotsiologi, psixoanalitik.
- 1900 – Xassan Fathi – Misr me’mori.
- 1902 – Leonid Babushkin (1976) – geograf, agrometeorolog olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (I960).
- 1907 – Daniel Bovet (1992) – Italiya farmakologi, Nobel mukofoti sohibi (1957).
- 1908 – Anatoliy Lyapidevskiy – Sovet uchuvchisi, aviatsiyaning general-mayori, Sovet Ittifoqining birinchi Qahramoni
- 1910 – Akira Kurosava (1998) – yaponiyalik rejissyor, ssenariynavis, prodyuser.
- 1923 – Xassler Uitni (1989) – amerikalik matematik, Singularlik (oʻzgachalik) nazariyasi asoschilaridan biri.
- 1915 – Vasiliy Zaytsev (1991) – Stalingrad fronti 62-armiyasi mergani, Sovet Ittifoqi Qahramoni.
- 1941 – Mukambar Rahimova – aktrisa, rejissyor, Oʻzbekiston xalq artisti (2002).
- 1970 – Janni Infantino – Shveysariyalik sport va futbol mutaxassisi, 2016-yilning 26-fevralidan FIFAning 9-Prezidenti. Asl kasbi huquqshunoslik.
- 1977 – Maksim Marinin – rossiyalik figurali uchish ustasi (juftlik uchish), Olimpiya chempioni (2006), ikki karra jahon chempioni, 5 karra Yevropa chempioni.
- 1978 – Nikol Tom – amerikalik kino va teatr aktrisasi.
- 1983 – Ser Mo Farah – asli somalilik britaniyalik uzoq masofaga yuguruvchi, 4 karra Olimpiya chempioni.
- 1985 – Maryana Spivak – rossiyalik kino, teatr va dublyaj aktrisasi, rejissyor.
- 1988 – Jeyson Kenni – britaniyalik velosportchi, 7 karra Olimpiada chempioni
- 1995 – Ester Ledecka – chexiyalik snoubordchi va tog’ chang’isichi, ikki karra Olimpiya chempioni (2018).