24 noyabr kun tarixi

👉 BAYRAMLAR:

🌏 Evolyutsiya kuni
🌏 Xalqaro tizim muhandislari kuni.
🌏 Butunjahon morjlar kuni.

🔹 MILLIY BAYRAMLAR:

🇺🇸 AQSh – Milliy tinglash kuni.
🇹🇯 Tojikiston – Davlat bayrog’i kuni.
🇺🇸 AQSh – Amerika tubjoy merosi kuni.
🇷🇺 Rossiya – Morjlar kuni.
🇹🇷 Turkiya – O‘qituvchilar kuni.
🇵🇼 Palau – Oila kuni.
🇹🇨 Turks va Kaykos orollari – Milliy minnatdorchilik kuni.

👉 VOQEALAR:

  • 1512 – G‘ijduvon jangida shayboniy Ubaydullaxon Zahiriddin Muhammad Bobur boshchiligidagi safaviylar qo‘shinini mag‘lub etdi.
  • 1642 – Abbel Tasman «Tasmaniya orollari»ni ochdi.
  • 1817 – Sankt-Peterburgda graf A. Zavadovskiy va ofitser V. Sheremetev o’rtasida duel bo’lib o’tdi.
  • 1849 – Rim papasi Piy IX Gaitaga qochdi.
  • 1859 – Charlz Darvinning “Turlarning kelib chiqishi” asari sotuvga chiqdi.
  • 1874 – Amerikalik Jozef Gledid tikonli simga patent oldi.
  • 1896 – Turkiston general-gubernatori o‘lkada aholini ro‘yxatga olish haqida buyruq chiqardi.
  • 1905 – leytenant P. P. Shmidt boshchiligidagi Sevastopol qo’zg’oloni boshlandi.
  • 1918 – Serbiya va Chernogoriya bitta davlatga birlashdi.
  • 1921 – Afģonistonga qozikalon Bobooxun Salimov boshchiligida maxsus elchilik hay’ati jònatilgan.
  • 1927 – Moskva davlat operetta teatrining ochilishi.
  • 1937 – Leningradda sharqshunoslar otib tashlandi.
  • 1944 – Sovet qo’shinlarining Boltiqbo’yi hujumi tugadi.
  • 1961 – BMT – Atom qurolini tarqatmaslik toʻgʻrisida deklaratsiya qabul qilindi.
  • 1965 – Kongo Demokratik Respublikasini 32 yil boshqargan Jozef Dezayr Mobutu hokimiyatni egalladi.
  • 1966 – bortida 82 kishi bo‘lgan Bolgariyaga tegishli yo‘lovchi samolyoti bratislavada halokatga uchradi.
  • 1969 – AQSH va SSSR yadro qurolini tarqatmaslik haqidagi kelishuvni imzoladi.
  • 2000 – Temuriylar tarixi Davlat muzeyining majlislar zalida «Kamoliddin Behzod va sharq miniatyura san’ati» mavzuida Xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.
  • 2002 – Bryansklik Yan Nepomnyashiy shaxmat bo‘yicha yoshlar o‘rtasida jahon chempioni bo‘ldi.
  • 2012 – Bangladeshdagi kiyim fabrikasida chiqqan yong‘inda 112 kishi qurbon bo‘ldi.
  • 2015 – Rossiya harbiy-havo kuchlariga qarashli Su-24 samolyoti Turkiyaning Suriya bilan chegarasida Turkiya armiyasi tomonidan urib tushirildi.
  • 2017 – Misrning al-Arish shahrida bir jome’ masjidiga al-Qoida terrorchi a‘zolari tomonidan hujum uyushtirildi. Hujumda 305 kishi halok bo‘ldi va 100 dan ortiq kishi tan jarohati oldi.

👉 TAVALLUDLAR:

  • 1632 – Benedikt Spinoza (1677) – golland ratsionalist faylasufi, tabiatshunos
  • 1729 – Aleksandr Suvorov (1800) – rus qo’mondoni, Generalissimus.
  • 1784 – Zachari Teylor – AQShning 12-Prezidenti (1849-1850), Amerikaning yirik harbiy qo’mondoni.
  • 1815 – Greys Darling – Britaniya milliy qahramoni.
  • 1864 – Anri de Tuluz-Lotret (1901) – fransuz rassomi va grafigi.
  • 1880 – Ibn Saud Abd Al-Aziz (1953) – 1932-yildan Saudiya Arabistoni qiroli.
  • 1888 – Deyl Karnegi (1955) – amerikalik o’qituvchi, psixolog, yozuvchi.
  • 1908 – Garri Kemelman – amerikalik yozuvchi, istehzoli detektiv ustasi.
  • 1917 – Viktor Gubin – geofizik, O’zFA muxbir a’zosi (1962), fizika-matematika fanlari doktori (1958), professor.
  • 1925 – Rozalinda Laut (2013) – opera xonandasi (lirik-dramatik soprano) va pedagog, Oʻzbekiston xalq artisti (1973).
  • 1925 – Simon van der Meer (2011) – golland muhandisi, tezlatkichlar va elektron mikroskop boʻyicha mutaxassis, Nobel mukofoti sohibi (1984).
  • 1941 – Aleksandr Maslyakov – sovet va rus teleboshlovchisi, KVN rahbari va boshlovchisi.
  • 1942 – Sayram Isayeva – aktrisa, rejessyor, Tojikiston xalq artisti(1986).
    Kun tarixi kanalidan olindi
  • 1957 – Farhod Davletov – xonanda, O’zbekiston xalq hofizi (2001).
  • 1991 – Ruslan Nuriddinov – oʻzbekistonlik ogʻir atletikachi.
  • 1993 – Hande Erchel – turkiyalik aktrisa va model.