25 sentabr kun tarixi

👉 BAYRAMLAR:

🌏 Butunjahon farmatsevtlar kuni.
🌏 Butunjahon orzular kuni.
🌍 Xalqaro ataksiyadan xabardorlik kuni.

🔹 MILLIY BAYRAMLAR:

🇺🇸 AQSh – Milliy komikslar kuni.
🇳🇿 Yangi Zelandiya ‐ Dominion kuni.
🇫🇷 Fransiya – Milliy Xarka simpatiyasi kuni.
🇺🇸 AQSh ‐ Milliy tadqiqot ma’muri kuni.
🇳🇷 Nauru ‐ Hammer DeRoburt kuni.
🇳🇷 Nauru – Yoshlar kuni.
🇲🇿 Mozambik – Inqilob kuni (Qurolli Kuchlar kuni).

25-Sentabrdagi Voqealar:

  • 1066 – Stemford Brij jangi:
    Vikinglar Angliyadan quvildi.
  • 1396 – Nikopol jangi, salib yurishlaridagi oxirgi jang.
  • 1493 – Xristofor Kolumb Amerikaga ikkinchi sayohatiga yoʻl oldi.
  • 1513 – Vaako de Balboa Tinch okeaniga chiqdi.
  • 1555 – Muqaddas Rim imperiyasining lyuteran va katolik fuqarolari o’rtasida Ausburg diniy tinchlik sulhi tuzildi.
  • 1632 – Yakutsk shahriga asos solindi.
  • 1789 – AQSh Kongressi konstitutsiyaga 12 ta o’zgartirish kiritishni taklif qildi, hozir u «Huquqlar to’g’risidagi bill» deb nomlanadi.
  • 1854 – Qrim urushining boshlanishi.
  • 1888 – Sloan Skverda London Qirollik saroyi teatri ochildi.
  • 1912 – Birinchi Bolqon urushining boshlanishi. Chernogoriya Turkiyaga qarshi urush e’lon qildi.
  • 1922 – RKP(b) Markaziy Qo‘mitasi Tashkiliy byurosi­ning qarori bilan «qo‘pol xatolari uchun» Turkiston kommunistik partiyasi Markaziy Qo‘mitasi kotibi N.To‘raqulov, Turkiston Avtonom Respublikasi Xalq Komissarlari Kengashi raisi Q. Otaboyev va TASSR Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi raisi A. Rahimboyev egallab turgan lavozimlaridan ozod qilindi.
  • 1926 – Genri Ford 8 soatlik 5 kunlik ish haftasini e’lon qildi.
  • 1932 – Toshkent o‘rta maxsus militsiya maktabi tashkil etildi, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi.
  • 1943 – Smolensk nemis qo’shinlaridan ozod qilindi.
    -1956 – transatlantika telefon kabeli (TAT-1) ishga tushdi.
  • 1991 – O’zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati tashkil etildi. 2018-yildan O’zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati.
  • 1995 – Vashingtonda Iordan G’arbiy Sohilda Falastin avtonomiyasini tuzish to’g’risida bitim imzolandi.
  • 1997 – O‘zbekiston Respublikasi bilan Islandiya Respublikasi o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatildi.
  • 2002 – Irkutsk viloyatining Mamsko-Chuy tumanidagi Mama va Vitimskiy qishloqlari hududiga Vitim bolidi tushdi.

👉 TAVALLUDLAR:

  • 1599 – Borromini, asli Kastelli Franchesko (1667) – italyan me’mori.
  • 1866 – Tomas Xant Morgan (1945) – amerikalik biolog, genetik, Nobel mukofoti sovrindori (1933).
  • 1881 – Lu Sin (1936) – xitoy yozuvchisi, zamonaviy xitoy adabiyotining asoschisi.
  • 1897 – Uillyam Folkner (1962) – amerikalik yozuvchi, Nobel mukofoti laureati (1949).
  • 1902 – Sergey Borodin (1974) – rus yozuvchisi, Oʻzbekiston xalq yozuvchisi (1973). 
  • 1903 – Abul Aʼla Maududi (1979) – Pokistonlik musulmon faylasufi, huquqshunos, tarixchi, jurnalist va olim.
  • 1906 – Shostakovich Dmitriy (1975) – rus kompozitori, pianinochi, pedagog, jamoat arbobi, 20-asr musiqa klassigi. 
    Kun tarixi kanalidan olindi
  • 1911 – Yusuf Sultonov (1991) – adabiyotshunos, O’zbekiston Fanlar Akademiyasi muxbir a’zosi.
  • 1935 – Asqarov Ahmadali – arxeolog-tarixchi olim, O’zbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi (1987).
  • 1942 – Nuraliyev O’rinboy – aktyor, xonanda, rejessyor. O’zbekiston xalq artisti (1991).
  • 1944 – Maykl Duglas – amerikalik aktyor, prodyuser.
  • 1969 – Ketrin Zeta-Jons – ingliz va amerika aktrisasi, Oskar, BAFTA va boshqa mukofotlar sohibasi.
  • 1984 – Farruh Soipov – Aktyor.
  • 1999 – Dinara Ravshanbekova – badiiy gimnastika boʻyicha oʻzbek sportchisi, xalqaro toifadagi Oʻzbekiston sport ustasi.
  • 2003 – Isabella May Ramsey – ingliz aktrisasi.