27 oktabr kun tarixi

👉 BAYRAMLAR:

🇺🇳 Butunjahon audiovizual meros kuni.
🌏 Butunjahon kasbiy terapiya kuni.
🌏 Butunjahon Lemur kuni.

🔹 MILLIY BAYRAMLAR:

🇮🇩 Indoneziya – Milliy elektr energiyasi kuni.
🇺🇸 AQSh – Nevada kuni.
🇦🇲 Armaniston – Parlamentdagi terroristik hujum qurbonlarini xotirlash kuni.
🇸🇰 Slovakiya – Chernov fojiasi kuni.
🇺🇦 Ukraina – Ukraina yozuvi va tili kuni.
🇬🇧 Buyuk Britaniya – Milliy qora mushuklar kuni.
🇦🇺 Avstraliya – Oʻqituvchilar kuni.
🇻🇨 Sent-Vinsent va Grenadin orollari – Mustaqillik kuni.
🇬🇷 Gretsiya – Davlat bayrog’i kuni.
🇩🇿 Jazoir – Daraxt ekish kuni.

👉 VOQEALAR:

  • 1449 – Mirzo Ulug’bek fojiali halok bo’ldi.
  • 1492 – Хristofor Kolumb birinchi bor Kubaga qadam qo‘ydi.
  • 1806 – Napoleon Bonapart qo’mondonligidagi Fransiya qo’shini Berlinni ishg’ol qildi.
  • 1841- Xiva honi Olloqulixon Niyozboy boshchiligida 16 kishidan iborat o’z elchilarini Rossiyaga jo‘natdi.
  • 1870 – Fransiya-Prussiya urushi paytida Mets qamali fransuzlarning to’liq taslim bo’lishi bilan yakunlandi.
  • 1870 – Dunyoga mashhur sayyoh Mikluxo-Maklay dengiz bo’ylab aylanma sayohatga chiqdi.
  • 1883 -Tikanli sim ishlab chiqarish uchun patentga talabnoma berilgan kun.
  • 1901 – Parijdagi do’konni o‘margan jinoyatchilar ilk bora voqea joyidan qochish uchun mashinadan foydalanishdi.
  • 1904 – Nyu-York metrosining birinchi liniyasi ochildi.
  • 1916 – «Variety» jurnali birinchi marta «jaz» so’zini ishlatgan.
  • 1925 – Fred Uoller suv chang‘ilarini patentladi.
  • 1938 – “Dyupon” firmasi neylon yaratilganligini e’lon qildi.
  • 1958 – buyuk shoir Boris Pasternak sobiq Sovet Ittifoqi Yozuvchilar uyushmasidan chiqarildi. 
  • 1971 – Kongo respublikasi Zair deb atala boshlandi.
     – 1978 – Misr prezidenti Anvar Sadat va Isroil bosh vaziri Menahem Begin Nobel tinchlik mukofoti bilan taqdirlandi.
     – 1982 – Xitoy Xalq Respublikasi hukumati mamlakatda aholi soni 1 mlrddan oshganligini rasman e’lon qildi.
  • 1991 – Turkmaniston Sovet Ittifoqidan ajralib, o’z mustaqilligini e’lon qildi. Mamlakatda o’tkazilgan prezidentlik saylovlarida Saparmurot Turkmanboshi davlatning birinchi prezidenti etib saylandi.
  • 1999 – Armaniston parlamentidagi qirg’in.
  • 2006 – Qarshi shahrining 2700 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosim bo’lib o’tdi.
  • 2008 – Shveytsariya: Lozannada mamlakatdagi birinchi metro liniyasi ochildi.
  • 2017 – Kataloniya Ispaniyadan mustaqilligini e’lon qildi.

    👉 TAVALLUDLAR:
  • 1698 – Gabriyel Jak Anj (1782) – fransuz me’mori, 18-asr klassizm asoschilaridan biri. 
  • 1728 – Jeyms Kuk – Mashhur ingliz dengizchi-sayyohi.
  • 1782 – Paganini Nikkolo (1840) – italyan sozandasi (skripka, gitara) va kompozitor.
  • 1811 – Isaak Merrit Zinger (1875) – amerikalik ixtirochi, mashhur tikuv mashinasini yaratgan.
  • 1844 – Klas Arnoldson (1916) – shved jurnalisti – Nobel Tinchlik mukofoti sovrindori (1908).
  • 1855 – Ivan Michurin (1935) – selektsioner.
  • 1858 – Teodor Ruzvelt (1919) – AQShning 26-prezidenti (1901-1909), Nobel Tinchlik mukofoti sovrindori (1906).
  • 1900 – Lidiya Ruslanova (1973) – taniqli rus qo’shiqchisi.
  • 1906 – Andrey Kononov (1986) – turkiyshunos, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1979), akademik (1974).
  • 1922 – Abdullayev Maxdi – O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1982).
  • 1944 – Nikolay Karachensov – aktyor.
  • 1960 – Ortiqali Qozoqov – Taniqli o’zbek rassomi.
  • 1978 – Vanessa-Mey Vanakorn Nikolson – Skripkachi va bastakor.
  • 1981 – Enni Dalman – finlandiyalik model.