3-qism savol javoblar

Savol javoblar t.me/Eski_Savollar_Bazasi telegram kanalidan olingan.

201. Bir kompyuter o’yinlari haqidagi filmda Packman, Mario, hamda Crazy Jacklar Donkey Kongga qarshi kurashadilar. Film davomida Donkey Kongning bolg’achasidan 5-marta bahramand bo’lgan Mario asabiylashib ketadi hamda alami kelib «o’sha mashxur frazani» aytadi. Bu fraza aytilgan paytda uning egasi o’zining o’ta manmanligini ifodalagandi. Diqqat savol. O’sha frazani yozib bering.
Javob. Why always me?

202. Mazkur rasmda 6ta belgi yashirilgan. Sizlardan o’sha 6ta belgini so’ramayman. Ushbu sotsial reklama orqali nima deyishmoqchi ekanini mantiqan toping.

Javob. Mashinada tezlikni oshirish o’limga olib kelishi. 100da yurma yuzga kir kabi ma’nodagi javoblar qabul.

203. Hozirgi kunda transfer olamida bo’layotgan yangiliklarni ko’rib turarkan bir futbol muhlisi «u nihoyat uyg’ondi» deb aytib o’tadi. Diqqat savol. Butun dunyoga uni uyg’otmaslikni maslaxat bergan mashxur kim edi?
Javob. Napoleon Banopart.
Gap Xitoy klublari haqida ketayotgandi. Xitoyni uyg’otmang deb xitob qilgan inson esa N.Banopart edi.

204. «Ayol xuddi X kabidir. Quvsang qochadi. Qochsang quvadi.
Bir hazilda esa shunday deyiladi:
-Lola seing xo’jayining qanaqa odan?
-U shunchalar omadsizki, hatto X ham undan nafratlanadi.

Diqqat savol. X-?
Javob. Soya.

205. Donishmandlar «U»ni qal’aga qiyoslaydilar: Tashqaridagilar unga kirish uchun, ichkaridagilar esa chiqish uchun kurashadilar.
Shaxsan men Uni hali zabt etmaganman. Diqqat savol. U-?

Javob. Uylanish.
Nikoh deb javob berganlarning e’tirozlari qabul qilinmaydi)

206. Rasmdagi berkitib qo’yilgan so’zlarni tiklang?

Javob. LiOn va LiOff

207. Bir bolalarga ta’lim berish qarorgohida arqon tortish bellashuvi ALFA deb atalarkan. Komanda qatnashchilar soni 6 tadan bo’lishi kerak huddi ruslardagi kabi. Alfa qanday so’z bn almashtirilgan?Javob. Sholg’om.
Izoh. Sholg’om tortish haqidagi ertak esingizdadir!

208. Chingizxon imperiyasi davrida «buyuk yasa» deb ataluvchi qonunlar to‘plami mavjud edi. Bu qonunga ko‘ra ko‘pgina og‘ir jinoyatlar uchun o‘lim jazosi belgilangan. Oddiy jinoyatlarga esa jarimalar belgilangan. Ushbu qonunda yana bir jazo turi bo‘lganki bu jazo keyinchalik Rossiya imperiyasi davrida ham keng qo‘llanilgan. Yana shuni ta’kidlash mumkinki bu jazo bir hudud bilan bog‘liq. Savol ushbu jazo turini toping?
Javob: Sibirga surgun qilish.

209. Toshkent shahrini ma’nosi bilasiz tosh shahri degan ma’noni bildiradi. Toshkent qadimda har xil nomlar bilan atalgan. Masalan Choch, Shosh, Binkat, Tarkan va hakozo. Xitoy manbalarida keltirilishicha Toshkent Shi deb atalgan. Savol Shu so‘zini qadimgi xitoy tilidan o‘zbek tiliga tarjima qiling?
Javob: Tosh

210. Bu so‘z falsafada kategoriya hisoblanib unga quyidagicha ta’rif berilgan. Makon va zamonda narsa va hodisalarning o‘zgarishi. Toshkent viloyatidagi bir aholi punkti ham shu so‘z nomi bilan ataladi. Savol ushbu aholi punkti nomini yozib bering!
Javob: harakat

211. Biz biladigan ikkitadan tashqari Jemchujina, Mushka, Pchelka, Julka, Chernushka, Zvyozdochkalar ham bor edi. Biroq biz ko‘proq u ikkalasini bilamiz. Savol har ikkalasin nomini yozib bering.
Javob: Belka va Strelka.
Izoh kosmosga uchirilgan kuchuklar.

212. Odatda xasadgo‘ylar birovga biror narsa beriladigan bo‘lsa buni ko‘ra olishmaydi. Lekin sumkani ichida turgan narsa birovga berilsa xasadgo‘ylar bundan juda xursand bo‘lishadi. Bu narsa ispaniyada Tarxeta Roxa deb ataladi. Bir o‘zbek ham serbiyalik bir insonga sumka ichida turgan qo‘shtirnoq ichidagi sovg‘ani tuxfa etgan. 2006 yili Ilizonda ismli shaxs 1972 yili Jazoirda tug‘ilgan shaxsni, kallasini ishlatgani uchun ushbu narsa bilan siylagan. Savol sumkani ichida nima bor?
Javob: qizil kartochka

213. Mazkur rasmda mashxur bir o’yinga hazil tariqasida analog sifatida taklif etilgan o’yinning rasmini ko’rishimiz mumkin. Diqqat savol. Aynan qaysi o’yin haqida gap ketmoqda?

Javob. Morskoy boy (dengiz jangi)
Izoh. Mazkur o’yin rechnoy boy(daryo jangi) sifatida taklif etilgan.

214. Olimpiadada davlat nomlari qisqartirib yozilishi sir emas. Masalan, O’zbekiston Uzb, AQSh USA kabi. Diqqat savol. 1908-1912-yilgi Olimpiada o’yinlarida qaysi davlat ANZ qisqartmasi orqali ifodalangan?
Javob. Avstraliya va Yangi Zelandiya.
Izoh. Bu davlatlar o’sha yili Olimpiadada birgalikda qatnashgan.

215. Yevro-2004 chorak finalida Angliya va Portugaliya jamoalari o’rtasida qizg’in baxs bo’lib o»tadi. G’olib penaltilar seriyasida aniqlanadi. Bu seriya haqidagi maqolada «Portugallar ochiq qo’l bilan g’alaba qozondilar» deyiladi. Diqqat savol. Buning boisi nima?
Javob. So’nggi penaltini darvozabon qo’lqoplarini yechgan holda qaytargandi.

216. Bir yozuvchining ta’kidlashicha, bu joyda qadimda botqoqlik bo’lgan va ob xavosi judayam nosog’lom. Shuning uchun ushbu joyda joylashgan shaxar nomini u joyning ustidan masxaralash sifatida qabul qilish mumkin. Diqqat savol. Shaxarni ayting.
Javob. Buenos Ayres
Izoh. Buenos Ayres «havo yaxshi» degani.
Buenos Ayresda buenos ayres

217. Rostov Donidagi mazkur musiqali teatr yerli aholi o’rtasida norasmiy ravishda «shunday» ataladi. Huddi «shunday» ataluvchi joyda bo’lib o’tgan voqealar haqida 1953-yildan boshlab bir qancha asar yozilgan. Diqqat savol. «Shunday» so»zi o’rnidagi so»zni toping.
Javob. Royal.
Binoning ko’rinishi royalni eslatadi. Kazino Royalda esa Agent 007ga oid ko’plab voqealar bo’ladi.

218. Ichiga bir biriga nisbatan 60° burchak ostida joylashtirilgan 3ta ko’zgu plastilinkalari mavjud bo’lgan ushbu turdagi trubkalarni 1817-yil ingliz fizigi kashf etgan. Ushbu moslamadan me’morchilik, naqqoshlik, to’qimachilikda foydalansa bo’ladi. Diqqat savol. Yuqorida nima ta’riflangan?
Javob. Kaleydaskop

219. Uning paydo bo’lishiga odamning xo’jalik faoliyatini yuritish ehtiyoji sabab bo’lgan. Ushbu «qarz daftari»dan foydalanish qadimdan mavjud bo’lgan. XVI asr oxirlariga kelib esa matematik Luiji Lulio sharofati bilan isloh qilingan. Ammo u islohotni biz umuman boshqa odam bilan bog’laymiz. Diqqat savol. Qaysi odam?
Javob. Grigoriy XIII
Gap kalendar haqida ketmoqda.

220. Chap qanotdagi binoga yuring, bino eshigi aylana shaklda. Birinchi qavatda qabulxona, anketada …. Va ikkinchi qavatga zinadan ko’tariling nihoyat birinchi o’ng eshikka kirasiz.
Diqqat savol. Bo’shliqni to’ldiring
Javob. Bo’shliqni to’ldiring.
Izoh. Anketalarda odatda nimadir so’rab katakchalar qoldiriladi va sizdan shu bo’sh katakchalarni to’ldirish talab qilinadi.

221. Hozirda «unga» qiziqish yanada rivojlanib bormoqda. Bugungi kunga kelib «u» pantomima, sport va akrobatika elementlari bilan boyib bormoqda. «U» XV-XVI asr italiyada paydo bo’lgan. Diqqat savol. U-?
Javob. Balet.

222. Bu gapni Italiyalik marafonchi Dorando Pietri haqida, u marraga bir necha metr qolganda sillasi quriganlik va ochlikdan yiqilganini ko’rishganda aytishgan. Biz ham bugun bir qancha jamoaga shu 4 so’zdan iborat gapni aytmoqchimiz. Diqqat savol. Qaysi gap?
Javob. Muhimi g’alaba emas, ishtirok.

223. Unga bo’lgab qiziqish qadimdan mavjud bo’lgan. Ammo o’rta asrlarda imtiyozli tabaqalarning yuzaga kelishi va ularning avlodlarini rasmiylashtirish zarurati uning ahamiyatini oshirib yuboradi. Bu esa o’z keyinchalik u haqida yirik-yirik asarlarning yozilishiga ham sabab bo’ladi. Bunday asarlardan ikkita mashxurini Xiva xonlaridan biri yozgan. Diqqat savol. Uni ayting
Javob. Shajara.
Izoh. Abulg’oziy Bahodirxonning «Shajarayi turk» va «Shajarayi Tarokima» asarlari mavjud. Imtiyozli tabaqalar esa shajaraga qarab belgilanardi.

224. Ushbu mahsulot yetishtirish uchun Nikaragua 627 ming ga, Kuba 1100 ming ga, Xitoy 1048 ming ga maydon ajratgan. (1999-yilgi ma’lumot) Yevropada esa faqat Ispaniyada o’stiriladi. O’zbekiston xududida 1936-yil Denovda yetishtirila boshlagan. Diqqat savol. Qaysi o’simlik haqida gap ketmoqda?
Javob. Shakarqamish

225. Hindistonning Tata Motors kampaniyasi 2015-yilda ishlab chiqargan mahsulotlari orqali yaxshigina daromadga ega chiqishmi rejalashtirgan edilar. Har qanday qulayliklarga ega bo’lmasin yangi chiqarilgan markadagi mashinalar xaridorlarni cho’chitardi. Shundan keyin kompaniya a’zolari mashina nomini o’zgartirishga qaror qiladilar. Diqqat savol. Bunga nima sabab bo’lgan?
Javob. Zika virusi.
Kampaniya yangi markani «Zika» deb nomlagandi. Yangi virus esa uning haridorgirligiga katta zarba beradi.

226. Alparslan Yegit mast holda jamoat tartibini buzganligi uchun Anqara sudi tomonidan antiqa tarzda jazolanadi. U har kuni 2 soat davomida «BU ISHNI QILISHGA» majbur etiladi. Bir mashxur insonning fikricha esa «BU ISHNI QILISH» o’zing qolib boshqa odamning kallasi bilan fikrlash ekan. Diqqat savol. «BU ISHNI QILISH»-?
Javob. Kitob o’qish

227. Dastlabki Xlar qadimgi Rimda paydo bo’lgan. Xitoyda esa dastlabkisi «Di bao» nomini olgan va VII asrdan beri chiqariladi. Xning shunday nom olishi italiyaga borib taqaladi. Yurtimizda esa dastlabki mehnatkash xalqning ongini o’stirishda, qorong’u kunlarni yoritishda, xalq orasida fikr tarqatishda qurol sifatida paydo bo’lgan. Diqqat savol. X-?
Javob. Gazeta

228. AQSH milliy xavfsizlik agentligi qoshida shifr yechuvchilar jamiyati bor bo’lib, har yili yangi yil kiradigan kuni ular bayram dasturxoniga 4ta bir xil elementni marmelad idishchasiga solgan xolda qo’yadilar. Ular bu 4 predmetni juda xurmat qiladilar. Bu qurol jamiyatning ramziy belgisi hisoblanadi. Diqqat savol. Qanday qurol?
Javob. Qalam.
Izoh: qalam shifrlarni yechishdagi asosiy quroldir.

229. AQSh chegara xizmati ikki xodimi boshi uchun Meksika narkobaronlari 30ming AQSH dollaridan mukofot vada qiladi. Rokki va Barko ismli bu ikki serjant ularning juda ko’plab jinoyatlarini fosh qilar, hamda ishlarini muntazam zararga burardi. Ammo bularni o’ldirish ularga nasib qilmadi. Tez orada ular ovqatdan zaharlanib vafot etishadi. Yana bir qiziq tarafi ular umuman maosh olmay ishlashardi. Savol. Nima uchun?
Javob. Ular itlar edi. Bu savol uchun jamoalardan uzr so’rayman. Xohlashsa boshqa savolga almashtiramiz.

230. Bu voqea Qohirada sodir bo’lgan. Bu shaharda yashovchi erkak xotini bilan yashirincha ajrashadi. Ammo u bilan yashab yiraveradi. Vaqt o»tib esa xotin bilan janjallar yuzaga keladi. Navbatdagi janjaldan so’ng xotin uni sudga beradi. Er esa sudga ajrashganlik haqidagi hujjatni ko’rsatadi. Tekshiruvga ko’ra hujjat haqiqiy. Lekim sud uni baribir jazolaydi. Diqqat savol. Nima uchun?
Aniq javob. Zino uchun.
Misr qonumchiligida zino uchun qatiy jazolar belgilangan.

231. Xalqimizning asrlar davomida yaratgan o’lan va laparlari, maqol va matallari, ertak va dostonlari bilan faxrlansak arzidi. Ana shu o’lmas merosimizni bugungi kunga qadar yetib kelishiga Ularning o’rni beqiyosdir. Manbalarda aytilishicha U «ziyo ulashuvchi» ma’nolarini bildiradi. Prezidentimiz ularni biyron tillar deb e’tirof etgan. Diqqat savol. Ular-?
Javob. Baxshi.

232. Bu jonivorlar yovuzlik, ham jismonan ham manan tubanlik timsoli bo’lishgan. Shu tufayli qadimda ushbu qurol Xitoy va Xindistonda kuch qudrat va hokimiyat ramzi hisoblangan. Diqqat savol. U qurol-?
Javob. Pashsha o’ldirgich. Jonivorlar tabiiyki pashshalar edi. Tubanlikla qarshi kurash vositasi esa pashsha o’ldirgich

233. XX asrning 20-yillari ikkinchi yarmida Tibetlik amaldorlar yangi armiyani shakllantirish uchun qanday qilib mablag’ topish haqida o’ylab qoladilar. Shunda ularning hayoliga ajoyib bir boj turini joriy qiladilar. Ishbu bojga ko’ra har bir odam jami ikki lyan boj to’lashi kerak edi. Bu kulgili boj turini aytish orqali men sizlarga lag’mon ilmoqchi emasman. Shunchaki, shu bojning nimaga solinganini so’ramoqchiman.
Javob. Odamlarning quloqlariga.
Izoh. Jami ikki lyan demak har biriga bir lyandan 2talik narsaga. Lag’mon ilish esa bejizga emasdi.

234. Ushbu kasbning nufuzi XIX asrning 2-yarmidan ayniqsa oshib ketadi. Jamiyatning iqtisodiy rivojlanishi, fuqarolik jamiyatining o’rni yuksalishi natijasida ushbu soha vakillarining o’rni ancha mustahkamlanadi.
Germaniyaning Nyurnberg shahridagi bir muzeyda esa ushbu soha vakillaridan birining mumiyolangan qo’li saqlanadi. Diqqat savol. Ushbu qo’l sohaning boshqa vakillarini nima qilmaslikdan ogohlantirib turishini ayting.

Javob. Sohta hujjatlarni imzolamaslik. Izoh. Soha huquqshunoslik edi. Nyurnbergda sohta hujjatlarni imzolagan notariuslarning qo’li kesib tashlangan.

235. Fridrix Maklaren degan insonning kutubxonasi bo’lib, u yerda qimmatbaho kitoblar saqlanar edi. Kutubxonada yosh jiyani Sheyla ishlardi. Bir kuni Sheyla ertalab kutubxonaga kelib qarasa bir qancha kitoblar kutubxonada sochilib yotibdi. Joyga yetib kelgan izquvar Sheylaga jinoyatni sodir etganlarni bilishini, ushbu jinoyatni ochishda unga keksa va yolg’iz yashovchi o’g’ri Barton yordam berishi mumkinligini aytadi. Sheyla Bartonning yoniga boradi. Barton esa unga ikkita «vaxshiy qotillar»ni yordamga beradi. Shu tariqa kutubxonada qaytib o’g’irlik sodir etilmaydi. Diqqat savol. O’g’rilar-?Javob. O’g’rilar sichqonlar edi.
Izoh. Keksa o’g’ri yolg’iz yashardi va mushuk boqardi. Qizga mushuklardan sovg’a qilgach, sichqonlar kutubxonada yo’qolib ketadi.

236. Yevropadagi yirik bankirlaridan biri Gutenbergning ixtirosidan unumli foydalanib katta daromad olishni ko’zlaydi. Bir necha ming nusxada Injilni bosib chiqargan bu odamni esa oldinda baxtsizlik kutib turardi. Gutenberg unga biroz sabr qilishni tavsiya etadi. Ammo u bir necha ming nusxa kitobni sotuvga chiqarib yuboradi. Tez orada bundan unumli foydalangan raqiblari uning bo’yniga katta ayb qo’yadi. Natijada u qochib ketishga majbur bo’ladi. Diqqat savol. Bankirni raqiblari nimada ayblaydi?Javob. Sehr-joduda.
Izoh. O’rta asrlarda sehr-joduga qarshi ayovsiz kurash olib borilgan. Gutenbergni ixtirosi qabul qilishga jamiyat hali tayyor emasdi. Shu tufayli birgina inson tomonidan shuncha nusxada kitob ko’chirilishi mumkinmas deb xisoblashadi va uni jodugarlikda ayblaydilar.

237. Ularning uchrashuvi haqidagi hazillardan birini eshiting.
-Salom janob siz Sol bilan uchrashishga tayyormisiz?
-Sol? Ajoyib ism. Faqat 13-bo’lmasa bo’lgani.
Diqqat savol. Mazkur vaziyatda kimlarning uchrashuvi parodiya qilingan?

Javob. Robinzon va Jumavoy.
Izoh. Sol-5nota. Bu esa Juma kuniga ishora edi. 13-juma haqida esa bilsangiz kerak.

238. Yana mashxur sarkardalarning dono tadbirlariga qaytsak. Mashxur sarkardalardan biri katta yurishlar paytida kechalari navkarlarining uxlab qolishini oldini olish uchun bir tadbir o’ylab topadi. Natijada, navkarlar kechasi umuman uxlamas hamda tonggacha sergak turarkan. Diqqat savol. Mashxur sarkardaning tadbiri qanday bo’lgan?
Javob. U navkarlarni qurolsiz mavbatchilikka qo’ygan. Natijada qurolsiz navkar dushman hujumidan xavfsirab uxlamagan.

239. Rossiyaning «Vremya» ko’rsatuvida Xitoy milliy orkestri haqidagi bir syujet namoyish etiladi. Ushbu orkestrning eng yosh qatnashchisi-74 yosh, eng qariyasi esa 102 yoshda edi. Mazkur syujetning nomi bir mashxur filmning nomidan atigi bitta so’zga farqlanardi. Rus tilida esa bu farq bir harfni tashkil etardi. Diqqat savol. Mazkur syujetning nomini istasangiz o’zbekcha istasangiz ruscha aytib bering.
Javob. Jazda faqat bobolar.
(В джазе только дедушки)

240. Plutarxning bayon qilishicha, Afinada Solon paytida «BU ISHNI QILISH» qonun bilan man e’tilgan ekan. «BU ISHNI QILISH»ni ta’qiqlash, garchi demokratiya tamoyillariga zid bo’lsa-da, bizning jamiyatimizda ham imkon qadar «BU ISHNI QILISH»dan qochadilar. Bir paytlar yoshi ulug’ bir amakidan»Nega Amir Temurning vaxshiy qirg’inlari haqida darsliklarimizda aytilmagan» deb so’raganimda «Chunki, «BU ISHNI QILISH» biz o’zbeklarga to’g’ri kelmaydida» deb javob bergandi. Diqqat savol. BU ISHNI QILISH-?
Javob. O’lgan odam haqida yomon gapirish.

241. Bir tilshunos olimning fikricha, uni rus Orfeyi deb atash mumkin ekan. Sababi, uning sexrli qobiliyati uning raqiblarini gipnozlashga yordam berarkan.
Boshqa bir hazilda esa u futbol o’yinining paydo bo’lishiga ulkan xissasini qo’shgani aytiladi. Diqqat savol. U-?

Javob. Bo’g’irsoq.
Izoh. Uning qo’shig’i raqivlarni gipnozlab qo’yadi deb o’ylagan tilshunos. Bo’g’irsoq hazilda, dadasidan rosa tepki yeganligi uchun shaxmatrang (to’pga o’shash) bo’lib qolganini va shu tariqa futbol paydo bo’lganini aytadi.

242. Tarixda o’tgan qonxo’r hukmdorlardan biri ozchilik qo’shini bilan ham katta qo’shinlarni ko’p marta yengardi. Hukmdor biror joyga qo’shin yubordsa, o’z qarorgohiga tez-tez chopar yuborishlarini buyurardi.
Bu esa jangning natijasi yaxshilanishiga olib kelardi. Odatiga ko’ra, u noxush xabar keltirgan choparni kallasini olar, yaxshi xabar keltirganini esa siylardi. Diqqat savol. Mazkur jarayonda choparlar bilan bog’liq vaziyat qanday qilib jang sifatiga ijobiy ta’sir qilardi?

Javob. U chopar sifatida qo’shin sarkardasi o’g’lini yoki yaqinlarini tayinlardi. Shu sababli qo’shin boshlig’i yaxshiroq natija uchun tirishardi.

243. Bir mashxur satirikning bir qancha aforizmlarida «Ahmoqda X uning boshida joylashgan bo’larkan» deb aytadi. X-egasiga onasining ehtiyotsizligi natijasida zarar keltirgandi. Diqqat savol. Xni 2ta so’z bilan ayting.
Javob. Axilles tovoni.
Izoh. Axilni onasi Stiks daryosiga botirib olayotgan paytda tovonidan ushlab turgandi. Natijada, uning tovoniga suv tegmaydi. Mangu hayot taqdim etuvchi bu daryo suvi tegmagach, Axilning joni tovonida joylashib qoladi.

244. Yemoqning qusmog’i bor.
Karikaturada DOLGARUKIYning 13512 tomdan iborat kasallik tarixini ko’rishimiz mumkin. Biz DOLGARUKIY bilan qaysi personajni almashtirganimizni ayting.

Javob. O’lmas Kashshey.
Uzoq yashagan odam ko’p kasallanadi.

245. Madagaskar multfilmi esingizdadir. Muzlik eriyotgani va kemagina ularning hayotini saqlab qolishini eshitgan jonvorlar hammasi kemaga oshiqadi. Bu voqeafa bag’ishlangan karikaturada mashxur to’fon voqeasi eslangan holda «Bu yer xuddi Nuh kemasiga o’xshaydi. Ishqilib yo’lboshchimiz Nuh bo’lsinda» deyiladi. Qahramonlardan biri esa pessimistik ohangda «Agar yo’lboshchi «U» bo’lsachi» deydi».
«Unda tamom. Hammamizni qismatimiz o’lim ekan» deydi boshqa biri. Diqqat savol. U-?

Javob. Haron.
Yana kim odamlarni o’lim saltanati tomon eltishi mumkin deb o’ylaysiz.

246. Bir dizayn ko’rgazmasida tomoshabinlar bo’m bo’sh podiumni ko’radilar. Dizayner buni o’zining yangi ko’rinishdagi Xlarni namoyish etgani bilan izohlaydi.
X-bir adabiy personajniy yaqin do’sti va hamrohi. Personajning do’stiga qovunlar mamlakatida ham rosa asqotadi.
Petr Chex Chelsida o’ynab yurgan paytida bir o’yinda juda ko’p seyvlar ishlatgandan keyin o’zbek matbuotida e’lon qilingan maqola ham X deb ataladi. Diqqat savol. Xni ikki so’z bilan ayting.

Javob. Sehrli qalpoqcha.
Izoh. Dizayner bu ko’rgazmada sehrli qalpoqlarni namoyish etdim, ular ko’rinmaslik xususiyatiga ega deydi. Sehrli qalpoq-Hoshimjonning yaqin hamrohi. Uning do’sti Akrom haqidagi «Shirin qovunlar mamlakati» asarida ham sehrli qalpoqcha obrazi mavjud. Petr Chexning shlemi esa shunday nomga sazovor bo’ladi.

247. Yana bir hazil karikatura.
Sumerki filmidagi Bella va Eduardning tanishuvi. Bella:
-Men sening kimligingni bilaman. Sen oppoqsan, tez yugurasan va odamlarning qonini ichishni yaxshi ko’rasan.
Eduard hayrat bilan:
-Xo’sh, kim ekanman.
Bella:
-…….
Diqqat savol. Savolning hazil ekanligini inobatga olib Bellaning javobini aniq ayting.

Javob. Luis Suarez.

248. Mazkur rasmni ikki so’z bilan shunday nomlangki, hech qanday yordamlarga hojat qolmasin.

Javob. Do’stimga qo’ng’iroq.

249. Rossiyaning karikatura.ru saytidagi karikaturalardan birida Real Madrid futbolchisi Rafael Varanning Lester futbolchilarini chempionlar ligasining keyingi bosqichga chiqqani bilan tabriklayotgani tasvirlangan. Diqqat savol. O’sha karikaturada qanday personajlar tasvirlanganini aniq ayting.
Javob. Qarg’a va tulki.
Izoh. Varane so’zi ruscha «ворон»so’ziga yaqin talaffuz qilinadi. Lester jamoasi laqabi esa tulkilar hisoblanadi. Karikaturada tulki o’ng qo’li bilan Varanning uzatgan qo’lini ushlagan holda chaq qo’lini aylantirib o’tgan holda CHLkubogini Varandan yashirincha olib qo’yayotgani tasvirlangandi.

250. Mashxur faylasuf Suqrotni o’limga hukm qildilar. Olomon teng ikkiga bo’lingan. Yarmi yig’lamoqda, yarmi kulmoqda. Suqrotga so’nggi so’zni berdilar:
-Menga X uchun sizlarga Y uchun bu yerni tashlab ketish fursati yetdi.
Diqqat savol. X va Y o’rnidagi ikki so’zni ayting.

Javob. O’lish va yashash.
Biz ham sizlar bilan hozircha hayrlashib qolamiz. Turnir davomida va umuman kimnidir hafa qilgan bo’lsam uzr. Egilgan boshni qilich kesmas. Sizlar bilan kamida 6 oydan keyin yana bir ajoyib turnirda uchrashamiz (nasib qilib kanal ishlab tursa) deb qolaman. Omon bo’lilar.

251. Olimlarning aniqlashlaricha bunday kunlarda insonda jinoyatga moyillik xissi ancha yuqori bo’larkan. Bunday paytda odamda jig’ibiyronlik, asabiylik xolatlari kuzatilar ekan. Bunday kunlar ko’pchilikka juda yoqadi. O’zbek qo’shiqchilari ham bunday kunlar haqida ko’plab qo’shiqlar aytishgan. Diqqat savol. Qanday kunlar?
Javob. To’lin oy

252. Bir rus zamonaviy hazil maqolini eshiting. «Yuzta do’sting bo’lmasin ….. ….. bo’lsin». Diqqat savol. Maqolni to’ldirib bering.
Javob. 100 $ (dollar). Yuz rublin bo’lmasin demaslikni sababini tushungandirsizlar)

253. Bizda, masalan istalgan odam yetarli yoshda bankka borib bu ishni qilishi mumkin. Ammo Igor Sergeyev Xitoyda «bu ishni qilish»ga ancha qiynaldi. Savol. Bu ishni qilish-?
Javob. Hisob ochish.
Izoh. Birinchi holatda bankda hisob (raqam) ochish nazarda tutildi. Igor Sergeyev Xitoyda gollari hisobini ocholmay ancha sarson bo’ldi.

254. Uni qoraqalpoq xalqi jirov, ozarbayjonlar oshiq, deb ataydilar. Xorazmda esa ularni xalfa deb atashadi.
O’zbek xalqi uni nima deb ataydi?

Javob: O’zbeklar baxshi deyishadi.
Lekin O’zbekistonning Xorazm viloyatida xalfa deyiladi.

255. Mihail Bulgakovning «Usta va Margarita» asari qahramoni Ivan Nikolayevich shifokor huzuriga borgach, u bilan borgan odamdan:
«Suvarak, kalamush, shaytonvachchalarni yoki mishiqi itlarni tutish bilan shug’ullanmasmidi?» deb so’raydi.
U qanday shifokor huzuriga borgan?

Javob. Ruhiy kasalliklar shifokoriga. (Jinnixonaga)

256. Rasmdagi aka-uka Frank va Robert de Burlardir. Ularni jamoadoshlari ko’pincha adashtirib qo’yishgan. Faqat bir holat bundan istisno, ya’ni kechki uchrashuvlar, ziyofatlarda ularni osongina ajratishgan.
Diqqat savol: Nima uchun kechki uchrashuvlarda ularni oson ajratib olganlar?

Javob: Chet elda ziyofatlarga, kechki uchrashuvlarga hamma o’z ayoli bilan boradi. Aka-ukalarni kechki ziyofatlarda yonidagi rafiqasiga qarab ajratishgan.

257. Daniya Topilmalar idorasida qo’lqoplarni 750 turi, soyabonlarni 200dan ortiq turi, ko’zoynaklarni 300turi, turli xil kitoblar, sumka, hamyonlar, telefon, shapka, pidjak, qimmatbaxo taqinchoqlar, idishlar, oyoq kiyimlaru kanselyariya mollari va boshqa ko’plab buyumlar bor ekan eng qizig’i ularni egalari 3 yilgacha olib ketmagach ushbu idorada muzey tashkil etilibdi.
Muzey nomini esa siz taxmin qilib ko’ringchi?

JAVOB: GOOGLE

258. Angliya chempionatida yangi yil arafasida «Boxing Day» o’yinlari bo’ladi ya’ni 1hafta ichida 3-4ta o’yin o’tkazishga to’g’ri keladi. Boshqa chempionatlardan farqi yangi yil kuni ham o’yinlar bo’ladi. Hakam Howard Webning aytishicha yangi yil o’yinidagi o’yinlardan birida bazi futbolchilar undan bir narsani iltimos qilishgan. Diqqat savol undan nimani iltimos qilishganini 2so’zda ayting!
Javob: qizil kartochka
Izoh: yangi yil kuni dam olish uchun qizil kartochka bo’lsa. Keyingi o’yinni ham o’tkazib yuboradi

259. Yoshligimizdan bizga har bir ishni o’ng qo’lda qilish kerakligi uqtirib kelingan. Chap qo’lda esa biror bir ish qilsa yomon bo’ladi deb o’rgatishgan.
Shunday ish borki, u ishni chap qo’lda qilsa nafaqat yomon bo’ladi, balki qattiq qonunbuzarlik hisoblanadi. Eng qiziq tomoni, bu faqat bizda emas, barcha davlatda shunday. Bu qaysi ish?

Javob: harbiy chest berish.
Izoh: dunyodagi barcha davlatlarda harbiy chest o’ng qo’lda beriladi

260. Sakura xiyobonida- baxor
Oy osmonida- tun
Ko’rshapalak inida- naxor
Bo’ri kavagida kun
Qarshingizda rus tarjimoni Burel Lyubovni Yapon she’riyatidan tarjima qilingan she’ri.
(O’zbek tiliga ma’no o’zgarmagan holda tarjima qilindi)
Ushbu she’rni siz bir abbrevaturada nomlang.

Javob: Nima qayerda qachon. CHKG

261. «Fikr.uz sayti haqida o’z mulohaza va takliflaringizni bir haftalik TOZALOV davomida ko’rib chiqamiz va ulardan ma’qullarini saqlab amalda joriy qilamiz»
Ushbu e’lon Fikr.uz sayti administratorlari tomonidan saytga kiritildi. Bir xaftalik ushbu TOZALOV kunini ular sayt nomiga qofiyadosh, lotin tilidan kirib kelgan bir so’z bilan almashtirdilar. Ushbu xaftalik nomini biz ham shartli TOZALOV so’ziga almashtirdik. Xaftalikka berilgan nomni esa siz toping.

JAVOB: Filtr.uz
Tozalov bu savolga yordam so’zi edi.

262. «12-stul» romanida Ostap Bender Ryazan vakzaliga kelib vakzal tepasidagi X ga qarab sherigiga shunday deydi: Bu yer qizlarga va‘da beradigan (uchrashuvga chaqirish) joy ekan. Kech qolsang ham,gap eshitmaysan deydi. Diqqat savol X ni 2 so’zda ayting!
Javob: To’xtagan soat

263. Yevro-2016
Rossiyaning Uelsga qarshi o’yinida Rossiyaliklar to’pni raqib maydoniga olib o’tishga qiynalishadi, ammo ularga futboldagi bir qoida oro kirib bu ishni ham uddalashadi. Savol hazilligini inobatga olib buni qanday uddalashganini ayting?

Javob. Ikkinchi bo’limda maydonlarni almashtirish qoidasi

264. Rossiyalik futbolchilar Yevro-2016 ga o’zlari bn turli xil buyumlar va barcha futbolchilar X ini olib ketishadi.Turnirdan so’ng Hazilkash muhlislar fikricha ular X ini emas Y ini olib ketishsa natija boshqacharoq bo’lishi mumkinligini aytishadi.
Savol X va Y ni ayting!

Javob. X-xotin Y-qaynona

265. Futbolchi Zlatan Ibragimovichning orzular jamoasini bilasizmi? Unda bilib qo’ying uning orzular jamoasidan 5nafar futbol yulduzi o’rin olgan bular: Ronaldo (Braziliyalik) Messi, Zidan, Ronaldinyo va yana bir mashxur futbol yulduzi. Savol 5chi futbolchini ayting!
Javob: Zlatan Ibragimovich
Axir bu egoist va gapga chechan Ibraning fikri undan boshqa yana kimdan bunaqa fikrlar chiqardi)))

266. Xo’jalik dazmoli xaqida bir necha savollar tuzilganiga qaramay uni tarixi qiziq va noananaviy, xamisha biror yangilik bilan yo’limizdan chiqaveradi. Yaqindagina ixtiro qilingan yangi turini afzalliklaridan biri u sizni buyumlaringizni siz majburlamaguncha kuydirmaydi. Xurmatli bilimdonlar siz ushbu dazmolni rus millati vakillari qanday nomlashganini ikki so’zda ayting.
JAVOB: ВАНЬКА-ВСТАНЬКА. Yani yotkizib qo’ysa ham turib oladigan o’yinchoq nomi bilan.

267. Yaqinda chiqqan hazilga ko’ra Manchester Siti klubi o’z muhlislarini ko’paytirish uchun keyingi mavsumda bu ishni amalga oshirar ekan. Yana bir hazilga ko’ra endi har bir Manchester Siti muhlislari bu fanni boshqalarga qaraganda ko’proq o’rganishadi. Savol hazilga ko’ra keyingi mavsumda M Siti Klubi muhlislari qaysi fanni yaxshi o’rganishadi?
Javob: Geografiya
Keyingi mavsumda klub formasida dunyo xaritasi bo’ladi

268. Viloyat gazetasini xazil ruknida O’zbek milliy udumlarini sanab o’tilgan, asosiy urg’u albatta to’ylarimizga qaratilgan bo’lib, xajviya nomi «Bir boshga bir X» deb nomlanadi.
X haqidagi Ozarbayjon maqolini tinglang: Bir bosh, bir oyoqda onasiga do’q urar.
Savolda berkitilgan X ni toping.

JAVOB: Kapgir.
Onasi qozon.

269. Avvaliga bu so’z Angliyaga kirib kelgan vaqtda » o’z uyini almashtirgan ayol» ma’nosida tarjima qilingan. Keyinchalik ham u o’z ma’nosini yo’qotmadi va aynan hozirda ham shu ma’noda qo’llanib kelinadi. 1835-yildan keyin bu palindrom so’z bir mashxurga omad keltirdi, uni asl ismini unutib shu nom bilan atay boshladilar. Ushbu palindrom so’zni toping?
Javob: Madam.
Mashxur: Madam Tyusso

270. Ingliz Yozuvchilardan birining fikricha bu dunyoda haqiqiy insonlar juda kam, hayvonlar esa son sanoqsiz. Diqqat savol yozuvchi olamimizni nimaga o’xshatganini ikki so’zda ayting!
Javob: NUH KEMASI

271. Hazil savollar turkumidan:
Xotin erini telefonini tekshirayotib uyerda, YANGI QUSHCHA, QO’SHNI QUSHCHA, ESKI QUSHCHA, TEPA QAVATDAGI QUSHCHA, SUPERMARKETDAGI QUSHCHA , ISHDAHI QUSHCHA deb saqlangan raqamlarga ko’zi tushadi va birdan o’zini raqamini ular orasida uchratadi, eri xotinini raqamini qanday nomda saqlaganini siz ikki so’z bilan ayting.

Javob: ANGRY BIRD

272. Mashxur Yefim Bogolyubov o’ziga xos rekordchi hisoblanadi. Unda bu holat 2 soat davom etgan. Albatta bu 2 soat unga foyda bermagan. Sizlarda bu holat ancha kam: taxminan 1/40 ga teng va o‘ylaymizki, bu holat sizga albatta foyda beradi. Savol U 2 soat mobaynida nima qilgan?
Javob: O’ylagan
Bogolyubov shaxmatchi 1ta yurishni shuncha vaqt o’ylagan.

273. Bu uyga men faqat uhlash uchun kirardim uyqu vaqtida qo’y ham sanaganimni aytib o’tishim kerak shu qisqa vaqt mobaynida hamma do’stlarimdan ayrilar, keyin esa telbalarcha xar tomon yugurardim. Qaytganimda uyim tarsakilar qurshovida qolardi. Hammasi ajoyib edi. Xurmatli bilimdonlar sizda ham shunday «uy» bo’lganiga hech shubxa yo’q, endi savol bu uyni xamma provinsyada xar xil aytishlarini xisobga olgan xolda siz uni nomini topib ko’ringchi?
Javob: Berkinmachoq

274. Uni ilk namunalari xaqida M. Qoshg’ariy asarlarida uchratish mumkin. XI asrda O’rta Osiyoda polimer molekulalarni kuchsizlantirishda keng qo’llanilgan. Xitoyda esa yassi tovoqdan bu maqsadda foydalanganlar. Xozirgi kunda uni sartaroshlikda, santexnika sohalarida ham uchratamiz. Bu nima?
Javob: DAZMOL

275. Dostoyevskiyning asarlaridan birida inson qamoqxonada ham o’zini baxtli his qila olishi aytiladi. Buni qarangki mashxur Nelson Mandelaning eslashicha u qamoqxonada baxtli yashagan ekan. U qamoqxonadagi eng og’ir yumush axlatxonada ishlashni o’zi xoxlagan va axlatxona u uchun eng sevimli joy bo’lgan. Diqqat savol nega axlatxona Mandela uchun eng sevimli joy bo’lgan?
Javob: U axlatxonada axlat ichidan gazetalar o’qishga imkon topardi. Qamoqxonada faqat axlatxonadagina gazeta o’qish imkoni bo’lgani uchun u yillar davomida axlat tozalab va ilm olishga muvaffaq bo’lganini aytadi.

276. Argentinalik taniqli futbolchi Pablo Osvaldo 30yoshida futbolchilik faoliyatini yasab Musiqa bilan shug’ullanishga qaror qiladi. Bu kutilmagan qaror barchani ajablantiradi axir Xitoy klublariga o’tib millonlab pul ishlasa bo’lardi bu yoshda. Gazetalarda esa Osvaldoni mashxur asar personajiga yoyinki mashxur rassomga o’xshatishadi. Diqqat savol xoxlang Personajni xoxlang rassomni ayting!
Javob: Personaj Charlz Striklend rassom esa Striklendning prototipi Gogen. Striklend ham barcha ishni tashlab san’atga o’tib ketardi.

277. Basyo ijodida xokkularda unga «bolalikdagi konfetlar» Sagyo ijodida tankalarda esa unga «billur qoziq» , «yakkashox» deya ta’rif berib o’tiladi. Ta’riflarda keltirilgan nima ekanini toping?
Javob: muz sumalaklar.

278. 1874-yilda Robert ismli Parijda yashayotgan Ingliz o’g’lining tug’ilishi uchun xomilador xotini bilan Angliyaga qaytib borishni o’ylayotgandi. O’sha paytlari Fransiyada tug’ilgan o’g’il bolalar Fransiya fuqarosi hisoblanib urush sharoitida Fransiya qo’shinlariga jalb etilardi. Tug’ruq kuni yetib kelgan ayolini tabiiyki Fransiyadan Angliyaga olib ketish qiyin edi bola tug’iladi. Ammo Fransiyadan tashqariga chiqmay turib tug’ilgan bolaga Buyuk Britanita pasportini olib beradi. Kelajakda bu bolakay mashxur insonga aylanadi. Savol: Bolaga Buyuk Britaniya pasporti qanday qilib qonuniy ravishda berilganini ayting?
Javob: bola Fransiyadagi Britaniya elchixonasida tug’iladi.
Qonunga ko’ra, Elchixona Britaniya hududi hisoblanadi. Bu bola kelajakda mashxur yozuvchi bo’lib yetishadi. Uilyam Somerset Moem shu tariqa dunyoga keladi.

279. Nomi bir tabiat xodisasini ko’rsatayotganini ifodalaydigan ushbu » mittivoy» ko’p qo’shiqlarga mavzu bo’lgan. Xatto yorga yetmoq istagida ham u bor. Uni nimaligini toping?
Javob: DO’LANA

280. Kanadadagi ba’zi bir magazinlar tashqarisida elektron tablo orqali ob-havo ma’lumotlari yoziladi. Albatta bu tablodagi graduslar orqali mijozlar magazin ichkarisidagi bir «yangilik»ni bilishi mumkin. Savol ob-havo ma’lumotlari orqali mijozlar nimani bilishi mumkin?
Javob: Chegirmalar xaqida.

281. Hujumchisi Gonsalo Iguain ashaddiy raqib Yuventusga o’tganidan so’ng Napoli muhlislari Iguainni masxara qiluvchi hazillar shuningdek axlat qutilarga Iguain rasmi yopishtirilib chiqiladi. Hattoki Iguain jarohat olsa bir kafe xo’jayini narxlarni keskin tushirib yuborishga so’z bergan. Muhlislar Iguainni unutib yubormasligi uchun Neopolliklarga bir korxona o’z mahsulotlarini uning rasmi bilan chiqaryapti. Hozirda ko’plab Neopolliklar kundalik hayotda Iguaindan o’ziga xos o’ch olishyapti desak mubolog’a bo’lmaydi. Savol korxona nima ishlab chiqaradi?
Javob: Hojatxona qog’ozi

282. Xarob ko’nglimdan
«Merosxo’r»ning ovozi
Keladi unsiz.
Kyoray ijodidan tarjima qilingan ushbu xokkuda biz «merosxo’r» so’zini qaysi boshqa bir so’z bilan almashtirganimizni siz toping.

Javob: Boyo’g’li.
Xarobalarda boyo’g’li bo’lishiga xokkuda urg’u berilgan.

283. Ular o’zi uchta, uchtasi amalga kirmay so’zdayoq katta kuch. Ularga ta’rif bersam, birinchisi deyarli hammani uy ustaxonasida mavjud «yirtqich», ikkinchisini esa yoddan bilmaydiganlar kam bo’lsa kerak, uchinchisi jazo turlaridan biridir. Ushbu uchlik yahshilik va yomonlikka xizmat qilgan «mashxur ibora» . Berilgan ta’riflardan kelib chiqib ularni tartib bilan ayting.
Javob: Arra, Karra, Darra.
Izoh: 7- jin kinofilmi.

284. Ingliz tilini o’rganish uchun interactive usullarni turli xillari mavjud. Ulardan biri bilan tanishing. 1-O’quvchi bir so’z aytadi, 2- O’quvchi shu so’z ichidagi mavjud xarflardan boshqa so’z yasaydi. Masalan: crocodile-code.
Ushbu o’yinni nomini ba’zan shaxar ko’chalarida uchratishimizni xisobga olsak, uni qishloqlarda deyarli ko’rmaymiz. Ushbu nomni hoh ingliz hoh o’zbek tilidagi ikki so’z bn ayting.

Javob: SECOND HAND
Ikkinchi qo’lga o’tib ketishi nazarda tutilyapti. So’z butunlay o’zgaradi. Va so’zni egasi ham. Huddi kiyimlar kabi egasi o’zgarsa, u ham second hand kiyimi deyiladi.

285. Sovet davri. Yaxudiylar Israelga ko’chishni boshladi. Bojxonada yaxudiyni yukini tekshirayotgan xodim Leninni xaykalini ko’rsatib Bu nima dedi?
-Bu nima emas kim deng, dohiymiz u. U bizga katta yahshiliklar qilgan kommunizm yo’lini ko’rsatgan. Xotirasini abadiylashtirish uchun olib ketyapman deb javob berdi.
Bojxona xodimi unga O’tavering dedi.
Ikkinchi postda yana undan bu nima deyishdi.
-Bu nima emas kim deng. Bu iblis Lenin xammaga zulm qilgan. Uni basharasiga tuflab yurish uchun olib ketyapman deydi. Bojxona xodimi: O’tavering.
Yahudiy uyiga kelgach, jiyanu Lenin xaykalini ko’rsatib, amaki bu KIM? deydi.
-E ahmoq bu kim emas bu nima! Bu X.
Xurmatli bilimdonlar yahudiyning uddaburon xarakatlaridan kelib chiqib aytingchi X o’rnida qanday so’z berkitildi?

Javob: Oltin. Uni bojxonaga boj to’lamay olib o’tgan edi.

286. Bir maqolada yozilishicha, Osiyodagi bir davlatda toshbaqa va quyon o‘rtasida poyga uyushtirildi.
Avvaliga quyon ancha oldinlab ketadi, ammo shovqindan qo‘rqib, to‘xtab qoladi. Quyonni egasi harakatlanishga chorlayotgan bir vaqtda toshbaqa astalik bilan finishga yetib keldi.
Ushbu maqola nomi ” U haq bo‘lgan ekan». U kim?

Javob: Ezop.

287. Odil Ahmedov Xitoyning Shanxay Spig klubiga o’tganidan so’ng ko’plab insonlar hayron qolgani rost. Odilning o’zi kuchli beshlik chempionatlarining biriga o’tishini bot-bot takrorlayotgandi. Albatta ko’plab muhlislar uni Angliyada yoki Ispaniyada ko’rishni istagandi. Odilning Xitoyga o’tishi ortga tashlangan qadam emasligini championat asia sayti mashxur asardagi Robinzon Kruzo aytgan deyarli aforizmga aylangan so’zlariga o’xshash gapi bn maqola chiqaradi. Asarda Robinzon ham Odilga o’xshash xolatga tushadi, va oxiri o’z istagan ishni boshqacha usulda qilishga qaror qilib ushbu gapni aytadi. Diqqat savol Robinzon Kruzoning mashxur so’zlarini ayting!
Javob: Kema suvga bormasa suvni kemaga olib kelish kerak.
Odil ham kuchli beshlik jamoalariga o’tmagan bo’lsa ham o’sha chempionatidagi mashxur futbolchilar o’zlari Shanxay Klubiga kelishdi. (Odil bn Xalk Konka va Oskar kabi mashxur futbolchilar birga o’ynashadi).

288. Biz uni » poliglot» sifatida ham bilamiz. Ozarbayjon bir topishmog’ida u bir qush nomi bilan bir qatorda keladi. Yapon jumboqlarida esa bumerang bilan bir safda uchratamiz. Yana shunisi ma’lumki u baribir g’olib bo’ladi. Uni nimaligini o’zbek tilidagi ikki so’zda ayting.
Javob: Aks-sado.
Izoh: Aytishlaricha u hamma tilda gapira oladigan poliglot;
Ozarbayjon topishmog’ida to’tilar aks-sado qushi deydilar;
Aks sado bilan tortishish befoyda oxirgi so’zni baribir u aytadi.

289. Vest Xem va Xall Siti o’rtasidagi o’yinda muhlislar Uni eng yaxshi o’yinchi deb topishadi. U himoyada bir qator vaziyatlarda jamoasini qutqara oldi. Modomiki u eng yaxshi o’yinchi bo’lgan ekan uning maydondagi eng bo’yi baland futbolchi deb e’tirof etishga haqlimiz. Savol Uning eng yaqin «sherik»larini ayting!
Javob: Darvoza ustunlari!
Eng yaxshi o’yinchi deb darvoza to’sini topilgan edi

290. Karikaturalardan birida qumsoat tasvirlangan uni pastki qismiga to’kilayotgan qum zarralari umr daqiqalarimiz kabi. Va bu qismda tuynuk bo’lib, qum zarralarini ULAR birma bir tashib ketayotgani tasvirlangan. Siz menga ularni «ayni damda» eng ommabopini ayting.
Javob: Telegram messenger tarmog’i.

291. Yapon falsafasida uni insonning quroli sifatida ko’rsatishadi. Quroldan shunday foydalanginki bu qurol bilan yaqinlaringni jaroxatlama, rahbaringga esa ko’rsatma, begonalarga tushuntirma, uni murakkablashtirma, faqat o’zinggagina ko’zgu qil deydilar.
Biz uni asosan og’zaki nutqimizda rus tiliga grek tilidan kirgan va tilimizga o’rnashib ketgan so’zda foydalanamiz. Uni toping.

Javob: XARAKTER

292. Hazilga ko’ra Xorazmdagi to’ylarda Xorazm lazgisi vaqtida ular galstukga aylanishini ko’rish mumkin ekan. Diqqat kutilmagan savol Uning eng mashxurini kimda ko’rganmiz?
Javob: Albert Einstein
Izoh: Til.

293. Bir bog’ga borganimda, bir atirgul navi haqida qiziqdim, bu nav juda go’zal ammo negadir hidsiz edi. Shunda bog’bon bu atirgul navi o‘tgan asrning boshlarida G‘arbiy Yevropada tug’ilgan bir ayol nomi bilan atalishini aytdi.
Savol: qaysi ayol?

Javob: Yeva Braun(Gitlerni xotini)
uning farzandi bo’lmagan, gul ham hidsiz.

294. Twitterdagi twitlardan: bu ish uddalansa ijrochilar ko’kka ko’tarilishini, aksincha bo’lsa ijrochilar nafratga uchralishi aytiladi. Bu ish amalga oshishi yoki oshmay qolishi bir briga qarama-qarshi so’zlar bilan baho beriladi. Bir davlat arbobining fikricha, bu ishni daxolar tayyorlaydi, fanatiklar amalga oshiradi, mevasini esa muttahamlar yeb ketadi. Savol bu qanday ishligini ayting!
Javob: Xukumatni qo’lga olish.
Bu ish amalga oshsa, revalyutsiya amalga oshmay qolsa, esa davlat to’ntarilishi deb baholanadi

295. Yapon xokku ustasi Kyoray ijodidagi bir she’rni umumiy so’zlari ichida, » sut bilan to’ldirilgan ikki kosa, ikki xasi cho’pi, ikki oyoq jim, ikki qo’l esa qo’zg’alon qilmoqda» deb bir xarakatga ta’rif beradi.
Sizlar quyida keltirilgan signal so’zlardan foydalanib aytingchi, she’r qaxramoni nima bilan band?
Yordam sifatida shuni aytish mumkinki, bu «jarayon»da tananing beldan yuqori qismi faol ishtirok etadi.

Javob: BARABAN CHALISH.

296. Savol: Bu dunyoda o’lib bo’lmaydi asari personajlaridan birining gaplari: Qayta quruvchilar – X! Demokratlar – X! Qayta quruvchilar, demokratlar qayoqqa ketayapti, nega ketayapti o’zi ham bilmaydi!!! deya bir personajni eslab o’tgan. X bu personaj bo’lsa X ni toping!
Javob: Boshsiz chavandoz

297. Savolda o’zgarishlar bor:
Bu «qo’ng’iroqdek» portlovchi «kichik bomba» haqida gapiradigan bo’lsak u «qizil turkum»ga mansub. Agarda uni 180 gradus vertikal tarzda o’girsak boshqa bir portlaganda «qo’ng’iroqdek» ovoz chiqarmaydigan «kichik bomba» hosil bo’ladi. Agarda Qo’ng’iroqdek potlovchi «kichik bomba»ni gorizontal tarzda 180 gradusga bursak u holda yana bir «kichik bomba» hosil bo’ladi va u ham qo’ng’iroqdek ovozda portlaydi, bu «kichik bomba» qizil cho’qqining uchida portlay oladi xolos. Ushbu 3-bombani ham vertikaliga 180 gradusga burganda yana bir bomba hosil bo’ladi va u «qizil cho’qqining tubidagina» portlaydi. Savol 4 tala «kichik bomba»ni ham ayting!

Javob: Portlovchi undoshlar B, P, D, Q.

298. Bu mashhur antik davr mifologiyasi qahramonlari haqida chiqqan maqolada, BIRINCHining ismi IKKINCHINING taqdirini o’zida ifodalagan ekan deb aytiladi. Aslida ular boshqa boshqa asar qahramonlaridir. Savol BIRINCHI va IKKINCHIni ayting.
Yordam tariqasida shuni aytish mumkinki, inson tana a‘zosining aloqasi bor

Javob: EDIP va AXIL Izoh: Edip so’zining ma`nosi Teshik tovon degani

299. Tarqatma material:
Sizga «bir predmet», «vafodor», «yigitning qanoti», «yeb to’ymas», «va bir yirtqich» taqdim qilinadi. Siz ushbularni birlashtirgan insonni ayting.

Javob: Shum bola
izoh predmet-pichoq, vafodor it, yigitning qanoti ot, yirtqich bo’riboyvachcha)

300. Uni kelib chiqishi haqida aniq bir to‘xtam yo‘q. Ba‘zi taxminlarni ko‘rib chiqamiz:
-ingliz hukmdori sabab paydo bo‘lgan
-AQSh prezidentlaridan birining «hammasi to‘g‘ri» so‘zini xato yozishi oqibatida
-urush davrlarida birorta ham qurbon bo‘lmagan kunlarini raportga qayd etish natijasida
Bu taxminlarni qay biri haqiqat ekanini bilmadimu, lekin u dan deyarli hammamiz foydalanamiz. Chunki, u o‘ta ommalashgan.
U nima ekanligini ayting

Javob: OK
Izoh: Ba‘zi taxminlarga ko‘ra, Oliver Kromvelni installari OKga asos qilib olingan deyiladi
All correct- xammasi to’g’ri so’z birikmasini buzib yozilgan shakli.
Urush davrlarida qurbon berilmagan kunlari raportga «0 killed» deb yozib qo‘yilgan.